Xorazm mirshablari sohibjamollarni qamadi
I – bu ikkiyuzlamachilik. X – bu Xorazm. MM – bu mansabdorlar/mentlar. P – bu pedofiliya. UR – Uchinchi Renessans.
Voqea Xorazmda, zardushtiylik bayrami keng nishonlanayotgan vaqtda sodir bo‘ldi. Shunchaki zamon va makon shu kuni bir-biriga to‘g‘ri keldi. O‘zlarining yopiq bazmlari uchun jodugarlar kiyimida otashparastlar pishirig‘ini pishirishgani uchun qizlarni sud qilishdi va jazolashdi.
Yupun kiyingan yosh bolalarni o‘z oldilarida raqs tushishga majburlagan amaldorlarga (hokim, mahalla oqsoqollari) esa tegishmadi. Maksimum, bog‘chadagi xolalarga hayfsan berishadi.
Mening nazarimda, bu po‘stin va quloqchin kiygan erkaklar bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatlari uchun jazolanishi kerak edi. O‘z mansab vakolatlarini suiiste'mol qilishgani uchun ham. Biroq bunday bo‘lmadi. Maktabgacha ta'lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoeva bir narsa demaydimi bu yuzadan?
Farida Sharif,
feysbuk sahifasidan olindi
Rassom Elsevar