Catira
17 dekabr 2021

Pivo quchoqlagan mo‘ylovdor

Rassom Tuz pivo quchoqlagan ayol karikaturasini chizib tarmoqqa qo‘ydi. “Rasmga izoh yozing. Eng yaxshi izohlar «Eltuz»da nashr etiladi”. Javoblar kuttirmadi. Dastlabki javoblardanoq rasmda Oliy Majlis deputati Maqsuda Vorisovaning tarmoqda yoyinlagan fikrlariga ishora bor edi.

«Ayollarda pivadan testosteron avj oladi va piva mo‘ylovi chiqadi”, deya izoh qoldirgan edi prezidentlikka sobiq nomzod Maqsuda Vorisova.

Javoblar quyidagi tartibda bo‘ldi.

Farid Usmonov: Davlat juni bilan o‘z juningizni aralashtirmang.

Shuhrat Ubay:
Tuz og‘a, ha endi buning oldiga nosvoyni ham qo‘ying-da, keyin mo‘ylab qani?

G‘ayrat Omon:
Xotinlar pivo no‘sh aylasa, mo‘ylabi sabza urib, eriga uchtaloq bo‘larmish, xabba!

Saidali Ahtamov:
Dio Ra, uzr, xayolimga birinchi bo‘lib siz keldingiz!

Behzod Imomov:
Mӯylovinga mӯylovim.

Sherzod Ikromov:
Ayollar, pivo ichmang, aks holda TVda bijir-bijir bo‘lasiz)

Kamol Xalilov:
Emchakka bijir-bijir qo‘yish kerak)

Nodira Qodirova:
—sochlaringizni pivaga chaying, yaltiroq va jilvakor tarovatga ega bӯlasiz;
—piva ichgan insonning yuz rangi tiniq bӯladi;
—hozir farmsanoatning ӯtmagan dorisini tavsiya etishsa, ilgari teri kuygan yoki jarohatlangan insonlarga piva ichishni tavsiya etishardi;
—ishtahasi yӯq, ozib ketgan bolalarga «pivnoy drojja» tavsiya etishgan;
—pivaga gӯshtni marinovka qilib, sӯng pishiring, «poristы» yumshoq bӯladi;
—pivaga xamir qoring, yumshoqqina mayin kulcha bӯladi;
—gaz, chiroq yӯq xonadonlarda piva ichilsa, kayfiyat tushib ketmasligiga yordam beradi;
– piva dunyodagi eng tabiiy ichimlik, shuning uchun nemislar aqli va boy ekandek;
– axir Ibn Sino hazratlari aytganlar-ku, hamma narsada me'yor bӯlsin deb;
– deputatlarning kӯzi qachon aniq muammolarni kӯrishadi.

Fara Mirzaev:
Pivo o‘lgur kayfida
Kattagina yeb qo‘ydim,
Ichuvdim erkak bo‘ldim
Sizlar ichmang, deb qo‘ydim.
Paxmelda nimalarni valdiramas bu til
Oldingiday tinchgina
nosga qo‘yaman ko‘ngil.

Akbar Umrzoqov:
Alisher Qodirov, Jahongir Ortiqxo‘jaev va Maqsuda Vorisova pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rahbarlari bariga tushishdi.
Jahongir Ortiqxo‘jaev peshtaxta oldiga kelib dedi:

  • Har qanday o‘zbekistonlik nima bilan faxrlanishini va Toshkent ramzi nima ekanini menga bering! ..
    Unga bir stakan OCARD suvi beriladi Alisher Qodirov barmenga dedi:
  • Va menga Buxoroning marvaridini bering, uning quyoshi kabi yorqin va ayollari kabi nozik! ..
    Barmen unga “Buxara» vinosini beradi,
    Maqsuda Vorisova esa barmenga yaqinlashadi. Hamma uning nima deyishini kutgancha qotib qoldi?
  • Menga pivo bering.
    Hamma hayratdan shovqin ko‘tarib, hayratlanadi.
    Barmen: Maqsuda opa, siz pivo ichsangiz, mo‘ylab chiqmaydimi?

Mohammad Noor:
Piva quchoqlagan diva.

Sharq Ona:
Pivo bilan obod uying, bo‘lsa gar vayrona ham.
Pivosiz chiqmas mo‘yloving, bo‘lsa gar o‘rmona ham.

Barno Sultanova:
Ketdim, endiyam pivo ichmasam bo‘lmaydi.

Lolaxonim Asomzoda:
Otinoyining aytganini qilinglar, qilganini qilmanglar!!!

Muhabbat Nazar:
Mo‘ylovdan arqon yasab, halinchak uchish zavqlimi yoki pivoning kayfida yashashmi?
(O‘yga tushib qolgan bechoragina).

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 iyun 2021
«Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov Alter Ego nashriga intervyu berdi.
6 avgust 2019
O‘zbekiston prezidenti keyingi 17 yil mobaynida ilk bor ta'tilga chiqdi. Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoevning 5 avgustdan qisqa muddatli ...
21 aprel 2022
“Eltuz”ga Toshkentdagi o‘nlab korxonani birlashtirgan “O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi” jamg‘armasi ishchi-xizmatchilari bosh direktor, o‘monlik Muhammad al-Lavatiy (Mohamed Al Lawati ) ...
12 yanvar 2023
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markazqo‘mining sobiq birinchi kotibi, SSSR Oliy Coveti Millatlar kengashi sobiq raisi taniqli o‘zbek-sovet siyosiy arbobi, diplomat, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...