Rassom Tuzga maktub: Chiroqchi hokimi har bir mahallaga o‘z odamini oqsoqol qilmoqchi
Assalomu alaykum Tuz og‘a, sizga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan murojaat qilyapmiz.
Hech kimga sir emas, uch-to‘rt kundan keyin mahalla raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tadi, lekin haligacha nomzodlar ro‘yxati osib qo‘yilmagan.
Eng achinarlisi yoki kulgilisi, xalqning o‘zi ko‘rsatgan nomzodlarni Chiroqchi tumani yangi hokimi Nodir Erkaev rad etmoqda.
U hokim har bir mahallaga, o‘z odamini oqsoqol qilmoqchi, axir begona joydan kelgan oqsoqol, shu aholining dardini qaerdan biladi?
Xalqning dardini kim eshitadi? Bu hokim Nodir Erkaev, xalq uchun ishlaydimi yoki xalqni o‘ziga qul qilmoqchimi?
Unda Sh. Mirziyoevni minbarda turib «rahbarlar – xalq xizmachisi», degan gaplari quruq safsatami? Xalqning Mirziyoevga bo‘lgan ishonchi kundan kunga so‘nib bormoqda!
Hurmatli Tuz og‘a, xalq dardini kanalingizda e'lon qilsangiz, zero g‘o‘ddayganlarga shu xabar yetib borsa, rahmat!