Catira
3 dekabr 2023

Rassom Tuz: Eltuzga elak tutma!

Eltuzning kriminal yangiliklar berayotganiga qarshi «maqola» nashr qilishibdi. Grammatik xatolarga liq to‘la anonim maqola! Hali Salim qamoqqa olinishidan oldin yozilgani bilinib turibdi.

Anonim avtor «Eltuz»ni krimnal dunyo, xususan o‘g‘ri Baxtiyga «mexr qo‘yganlik»da ayblashga urinadi.

Bu o‘ta absurd ayblov.

Eltuzning oxirgi juma va'zi va undan oldingi yuzlab maqolayu videolavhalarda «ko‘chaga mehr qo‘ygan avom» tragediyasi tanqid, hajv qilinadi.

Eltuz ilm taraqqiyot rivojlangan 21 asrda bizga sovetlardan ilashgan «ko‘cha» va jinoiy «ponyatka»larning mavjud bo‘lishini qoloqlikning eng tuban shakli deb hisoblaydi.

Eltuzga qarshi chiqarilgan ikkinchi ayblov «Davlat ichidagi dunyoviylik tarafdorlari bo‘lgan «daxriy» mulozimlar» bilan Eltuz hamkorlik qiladi degan absurd gap.

2023 yili qabul qilingan konstitutsiyada O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekani va yagona mafkura yo‘qligi aniq yozib qo‘yilgan.

Maqolani yozgan tug‘ma ovsarlarning konstituttsiyani o‘qish darajasida yetarli savodi yo‘qligi ayon.

Ikkinchidan, har bir jurnalist davlat ichida o‘z axborot manbasi bo‘lishini istaydi. Bu dunyo tajribasi.

Endi so‘nggi uch kunda Eltuzning «kraym nyus» ga aylangani bu Toshkentdagi hibsga olishlar ko‘lami, miqyosi va chastotasi ko‘paygani bilan bog‘liq.

Qozondagi cho‘michga chiqmoqda.

O‘nta mashhur o‘g‘ri qamoqqa olinsa, o‘nta maqola yozyapmiz.

Minbarsizga minbar berish va axborot makonidagi oq dog‘ni to‘ldirish boshidan vazifamiz edi.

Bundan tashqari, Eltuz ilk ochilgan kundan boshlab (Karimov davrida ochilgan) O‘zbekiston siyosiy kayfiyati haqida ma'lumot berishni o‘z missiyasi deb bilgan.

«Ko‘cha» haqidagi xabarlarimizdan bezovta bo‘layotganlarga aytadigan gapim shu.

«Mafiya bo‘lgan joyda davlat yo‘qqa chiqadi» Eltuz esa davlatchi shuuriga ega oydin o‘laroq ota bobolardan meros davlatning bir suri o‘g‘ri qo‘lida xomtalash bo‘lishini istamaydi.

Davlatchilikning sobit tarafdorimiz.

Eltuzni tashkil qilgan jurnalistlar hali SSSR bor paytida maydonga chiqib O‘zbekiston mustaqilligini talab qilganini bilmaganlar bo‘lsa eslatib qo‘yamiz.

Kriminal avtoritet Salim Abduvalievning Toshkentdagi uyi rus bosqnchiligini qo‘llaydigan Rossiya bomontining dam olish bazasi va rezidentsiyasiga aylangani o‘g‘rilarning mustaqillik va davlat dushmani ekanligidan ochiq dalolat.

Eltuz kriminal dunyo va bratvani Gruziyaga rahbar bo‘lgan paytida Saakashivili qanday tozalagan bo‘lsa O‘zbekistonda ham shunday tozalash tarafdori.

Zotan bu gapni biz 8 yildan beri aytib kelamiz.

Dersu Uzala hqidagi 4 kun oldingi maqola messedjini endi tushundingiz deb o‘ylyman.

Chao pompidu. Kurva kokain. Avuf vi der zeyn!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
9 aprel 2023
Junaidxonning Rossiya bilan ushbu kelishuvi Xiva xonligining Taxta qal'asida imzolangani uchun “Taxta shartnomasi” deya tarixga kirgan. Bitim Sovet hukumati Xiva ...
16 iyun 2017
Mardikorlar kasaba uyushmasini tashkil qilishga uringan faol Nuraddin Jumaniyozovning 2016 yilning 31 dekabr kuni 68 yoshida qamoqxonada vafot qilgani ...
5 iyul 2019
Prezident Mirziyoev 2017 yilning  13 iyunidagi chiqishida o‘zbek sudyalarini odamlarni himoya qilmaslikda, poraxo‘rlikda, nohaq qarorlar chiqarishda ayblagan edi. Karimov ...
12 avgust 2019
Rassom Kirpieltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...