chorshanba,
18 dekabr 2024
22 iyul 2019
O‘zbekistonda majburiy mehnatni «taqiqlash»
O‘zbekiston hukumati Xalqaro mehnat tashkilotiga O‘zbekistonda majburiy mehnatning taqiqlanganligi haqida ma'lumotni o‘z ichiga olgan 40.000 nusxa varaqa, shiorlar tayyorlash va tarqatish va'dasini bergan.
Astoydil qidirish natijasida bitta shunday risolani topishga muvaffaq bo‘lindi. Haqiqatan ham u yerda majburiy mehnat bizda taqiqlangani haqida yozilgan.
O‘zbek amaldorlarining ikkiyuzlamachiligi mutlaqo odatiy hol. O‘zbekistonda odamlar, huquq va qonunlar kimlar uchun yozilgan bo‘lmasin, hargiz uning uchun emasligini anglagan tarzda dunyoga kelishadi va yashashadi. Hammasi juda oddiy. Faqat o‘z vaqtida kerakli tomonga qayrila bilish kerak.
Rassom Tuz
eltuz.com