Abdulla Oripovning 75 yillik yubileyi nishonlanmaydigan bo‘ldi
Bugungi kunda istalmagan shaxs deya qaralayotgan O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 75 yosh yubileyi hukumatning og‘zaki qaroriga ko‘ra o‘tkazilmasligi buyurilgan.
Bir vaqtning o‘zida ham saroy shoiri va ham xalq shoiri sifatida nom qozongan Abdulla Oripov so‘nggi kunlarda unutilganidan hasrat qilgan edi.
Men uzoq davrlar qaroqchi bo‘ldim,
Shu yo‘lda toblandi, aql va yurak.
O‘zimdan o‘tganin men o‘zim bildim,
Sen nega qaroqchi bo‘lmog‘ing kerak?
Men yopiq qo‘rg‘onda yashadim qo‘rqib,
Najot devoriga tirmashdim uzoq.
Sen nega dunyoga qaraysan hurkib,
Nega sen bo‘lishing kerakdir qo‘rqoq?
Qasamxo‘r dunyoda kun ko‘rmoq uchun,
Aytmagan yolg‘onim qolmadi biror.
Sen-chi, hiylakorlik qilasan nechun,
Senga o‘trik aytish nimaga kerak?
Duch kelgan kimsaga qildim xushomad,
Oyog‘in yaladim mushukday hatto.
Egildi bir zamon tik bo‘lgan qomat,
Bu holni senga hech ko‘rmasman ravo.
Endi sen bobolar shavkatiga boq,
Aktyordek soxtakor shavqlarga to‘lma.
Men hayot qo‘lida bo‘ldim o‘yinchoq.
Baxtsiz yashab o‘tdim, sen baxtsiz bo‘lma.
Deya yozadi o‘z o‘tmishi va buguni haqida Abdulla Oripov.
Rassom Tuz
Eltuz.com