ART-DURBIN
7 yanvar 2020

Ulug‘bek rasadxonasini topgan arxeologning 120 yilligi Toshkentda nishonlanmadi

Markaziy Osiyo arxeologiyasi va me'moriy restavratsiyasi asoschisi Mixail Masson tug‘ilganiga 2017 yilning dekabrida 120 yil to‘ldi. Biroq Arxeolog izlanishlar olib borgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasida bu sana o‘tgan yil ham bu yil ham nishonlanmadi.

Ayni paytda uning Toshkentdagi qabri qarovsiz yotibdi. Sharqshunos olim va arxeolog Mixail Yevgenevich Masson Markaziy Osiyoda arxeologiya ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan ilmiy arbob sifatida dunyo sharqshunoslari tarafidan qadrlanadi.

Masson o‘z hamkasblari bilan birga navbatdagi arxeologik safarda

U 1908—1909 yillarda arxeolog V.L.Vyatkin rahbarligida Ulug‘bek observatoriyasini qazib topish ishlarida qatnashgan. 1912 yilning 1 iyunidan Vyatkin Massonni ushbu qazishma maydoniga rahbar etib tayinlagan.

Massonning arxeologik qazishmalar sohasida erishgan yutuqlari mintaqaning barcha mamlakatlarini qamraydi.

U Kushon davlati, qadimiy Termiz, bugungi Qozog‘iston hududidagi Turkiston shahri qoldiqlarini o‘rgangan.

Arxeolog Turkmanistonda qadimiy Parfiyaga oid Niso va Marv antik shaharlarida qazishmalar olib borgan.

U, shuningdek, O‘rta Osiyo arxeologiya maktabini yaratdi va kelgusida Markaziy Osiyoning yetakchi arxeologlari bo‘lib yetishgan  mutaxassislarga ta'lim berdi.

Massonning otasi, yakobinchilar terrori payti Rossiyaga kelib qolgan frantsuz aristokrati Yevgeniy Lyudvigovich Masson keyinchalik oilasi bilan Samarqandga ko‘chib kelgan edi.

Mixail Yevgenevich Masson Toshkentda 1986 yili Do‘mbiroboddagi qabristonga dafn etilgan.

Akmal Rizaev
Toshkentlik bloger
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 mart 2023
Magnitning bir tarafi o‘ziga tortsa yana bir qutbi jismni o‘zidan itaradi. Shu paytgacha O‘zbekiston teskari magnit bo‘lib keldi. San'at ...
29 may 2017
Andijonning Shahrixon tumanida muzqaymoqdan zaxarlangan 100 kishiga salmonellyoz kasalligi tashhisi qo‘yilgan. Bu haqda Eltuzga ismi sharifini sir tutishni so‘ragan ...
25 oktyabr 2018
Prezident Mirziyoev 19 oktyabr kuni, Putin tashrifi xulosalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘zbek astronavti Rossiya raketasida kosmosga uchishidan umidvor ekanini bildirdi. ...
26 mart 2016
«Diyonat» gazetasi tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish mavzuidagi maqolasida O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan baliqlarga qiron keltirganlarning jinoyati fosh etilgani to‘g‘risida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...