Asosiy mavzular
26 mart 2023

Teskari magnit haqida yoki 23/23

Magnitning bir tarafi o‘ziga tortsa yana bir qutbi jismni o‘zidan itaradi. Shu paytgacha O‘zbekiston teskari magnit bo‘lib keldi. San'at asarlari, qadimiy bezaklar va oltin kallalar O‘zbekistondan tizimli ravishda uzoqlashdi.

San'at asari qimmat turadi va magnit kabi odamlarni o‘ziga tortadi. Masalan Parijga borganlarning 80 foizi Leonardo Da Vinchi chizgan Mona Lizani borib ko‘radi. Bu asarni o‘tkan yili 8 million odam muzeyga bilet olib kirib tomosha qildi.
Rassom asarining qadri qimmati haqidagi tasavvurim yoshligimda bir filmni ko‘rish asnosida shakllangan. 1970 yili rejissyor Anatoliy Bobrovskiy «Mosfilm»da olgan «Avliyo Lukaning qaytishi» filmi ortidan men niderland rassomi Frans Hals ijodiga qiziqib qolgandim. Ko‘rgan filmimdan chiqqan yana bir xulosa esa har bir milllat o‘z hazinasini asrab avaylashi kerakligi haqida edi.

Men rassomlikni orzu qilib institutni bitirgan 1984 yili Urganch suratlar galereyasiga Bosh xazinachi qilib tayinlandim (chief curator of the museum). Bu SSSRda o‘ta obro‘li va vakolati katta lavozim edi. Rasmlar taqdiri masalasida menga faqat SSSR madaniyat vaziri yozma buyruq berishi mumkinligi ko‘zda tutilgan edi.

Bu lavozimda 4 yil ishlab kattagina kollektsiya jamladim. Bu kollektsiya Urganchda xozir ham davlat tomonidan avaylab saqlab kelinmoqda. Oradan yillar o‘tib art kollektsiyalar bo‘yicha tajribamga extiyoj borligini aytishdi.

Yuzuk Art tashkilotini tuzib chetga chiqib ketgan san'at asarlarini qaytarishga hissa qo‘sha boshladim. 1989 yili chetga chiqib AQShning Nyu York shaxriga kelib qolgan «Buxoroning bombalanishi» asarini topdim.

Amerikadagi san'atsevarlarga rahmat. Asarni avaylab saqlashibdi. Hech qanday ziyon zahmat ko‘rmagan. 23 mart kuni asar O‘zbekistonga qaytadi. 27 mart kuni Davlat san'at muzeyida taqdimoti bo‘ladi. Asarning so‘nggi va sobit bekati Buxorodagi jadidlar muzeyi. Yil oxiriga borib ochilishi rejalangan. Millatga mansub hazinaning yurtga qaytishiga hissa qo‘shganimdan sevindim. Bu ishga yordam bergan barchaga rahmat. Behbudiy aytganidek millat shunday shakllanadi.
Yuqolida aytganimdek, shu paytgacha O‘zbekiston teskari magnit bo‘lib keldi. San'at asarlari, qadimiy bezaklar va oltin kallalar O‘zbekistondan tizimli ravishda uzoqlashdi.

2023 yilning 23 martida buning aksi bo‘lgan voqea yuz berdi. O‘zbek rasssomi, faylasuf va yozuvchi Vyacheslav Akhunov ning 1989 yili chetga chiqib ketgan «Buxoroning bombalanishi» asari AQShdan O‘zbekistonga qaytish uchun O‘zbekiston havo yo‘llari uchog‘iga yuklandi. 20 asrda yaratilgan shedevr O‘zbekistonga qaytmoqda. Rus qo‘shinlarining Buxoroni bombalagani voqeasi Sovet paytida tasvirlangan asar yana Buxoroda ochilajak jadid muzeyidan o‘rin oladi. Kartinani 32 yil davomida avaylab asragan amerikalik san'atsverlarga rahmat. O‘z tariximizning bir parchasi bo‘lgan asarni kutib ol O‘zbekiston. Xayrli va davomli bo‘lsin bu.
Bir vaqtlar yurtni tark qilgan boshqa osori atiqalar, oltin xumlar va oltin kallalik oydinlar ham yurtga qaytsin. O‘zbekiston dunyodagi ezgulik va go‘zllikni o‘ziga tortadigan musbat magnitga aylansin.

Maqola muallifi Yuzuk Art tashkiloti tashabbuschilaridan biri rassom

Shuhrat Bobojon

Tag‘in o‘qing
11 noyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. ...
3 dekabr 2018
O‘zbekistonda internet tezligi 1 dekabrdan boshlab o‘n barobar oshilishi haqida va'da berilgan edi. 30 noyabr kuni «O‘zbektelekom» AK xalqaro ...
28 yanvar 2022
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, obunachilarimiz coni 289 mingga ...
3 noyabr 2017
So‘nggi vaqtlarda rus mulozimlarining O‘zbekistonga tashriflari ko‘paydi. Shu kunlarda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedov yurtimizda bo‘lib turibdi. MDH mamlakatlari ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...