Vaqt mashinasi
25 fevral 2024

Muxolifatchi professor Botir Norboev xotirasi

Bugun o‘zbekistonlik professor olim va muxolifat arbobi Botir Norboev vafot etgan kun. U 2019 yilning 24 fevral kuni 72 yoshida vafot etgan, Toshkentning «Oqtepa» qabristonida dafn qilingan edi.

Shu kuni qarindoshlari, yaqinlari, safdosh do‘stlari uni so‘nggi manzilga kuzatishar ekan, ijtimoiy tarmoqda o‘z xotiralarini yozishdi.

«U fan doktori bo‘lsa-da, karimizmning uzun qo‘llari ishdan haydadi. Bir necha o‘g‘li va xotini bilan ishsiz qoldi. Ammo u milliy fikridan qaytmadi. Qozog‘iston va Turkiya universitetlarida professor bo‘lib ishladi», deya feysbukdagi sahifada yozildi.

To‘ra Mirzo bir guruh hamfikr do‘stlari – Mamadali Mahmud, Baxtiyor Isabek bilan marhumning qabri boshida turishdi.

1990-yillarda Norboev Qozog‘istonga ketishga majbur bo‘ldi. Dastlab Chimkent shahridagi Janubiy Qozog‘iston universitetida talabalarga dars berdi. Keyinchalik «Turkiston tongi» gazetasida va Qozog‘iston xalqlari birligi jamiyatida faoliyat ko‘rsatdi.

Umrining so‘nggi yillarida Turkiyaga ketgan olim Norboev Kastomonu universitetida «Turkiston adabiyoti»dan dars berdi.

«Turkiylar uchun o‘rta til masalasini ko‘tarardilar», deya xotirlaydi Botir Norboevni taniqli jurnalist Karim Bahriev feysbukdagi sahifasi orqali.

Asli xivalik bo‘lgan filologiya fanlari doktori Botir Norboev milliy mustaqillik uchun suronli kurash yillarida Toshkentda o‘z shogirdlari bilan birga «Birlik» xalq harakatining oldingi saflarida bo‘ldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 oktyabr 2018
Jizzax viloyati paxta dalalarida 3-4 oktyabr kunlari monitoring o‘tkazgan huquq faollari viloyatning Arnasoy, Do‘stlik va Paxtakor tumanlarida byudjet idoralari ...
12 avgust 2022
Ko‘rayotganingiz bu kadrlar kik boks yoki qoidasiz mushtlashuv sahnasi emas, oddiy Sariosiyodagi dars soatini bo‘lisha olmagan o‘qituvchilarning bir-birini do‘pposlashi. ...
29 mart 2018
Rossiyaning Kemerovosidagi “Qish olchasi” (Zimnyaya Vishnya) savdo-istirohat markazida yuz bergan fojea Qozog‘istonning Oqto‘basida avtobusda 52 nafar o‘zbek tiklayin yonib ...
2 sentyabr 2016
Konstitutsiya chekloviga qaramasdan 27 yil prezidentlik lavozimida o‘tirgan Islom Karimov dafn qilinar ekan, undan keyin kim bo‘ladi degan savol ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...