Asosiy mavzular
10 oktyabr 2018

Jizzax: Ommaviy majburiy mehnat xronikasi


Jizzax viloyati paxta dalalarida 3-4 oktyabr kunlari monitoring o‘tkazgan huquq faollari viloyatning Arnasoy, Do‘stlik va Paxtakor tumanlarida byudjet idoralari xodimlari, o‘qituvchilar va talabalar paxta terayotganiga guvoh bo‘lishdi.

Viloyatga mamlakatning turli tumanlaridan kelgan terimchilar sahargi 4 dan ularni olib ketish uchun keladigan avtobuslarni kutishga chiqishadi. 

Kun bo‘yi daladagi og‘ir mehnatdan so‘ng esa tungi soat 24 gacha davom etadigan selektor yig‘ilishi olib uzatilayotgan radiokarnay oldida to‘planishadi.

Paxtaga terimi o‘ta qat'iy tartibda joriy etilgan 

Huquq faolini tumangaz xodimi so‘roqqa tutdi

Huquq faollari Ichki ishlar akademiyasining 3-kurs talabalari tumangaz binosida va hovlisida qurilgan chodirlarga joylashganiga guvoh bo‘lishdi.

Malohat Eshonqulovaning «Eltuz» nashriga bildirishicha, dalada o‘rnatilgan yashil chodirlarni suratga olayotgan huquq faoli Yelena Urlaevani tumangaz xodimlari to‘xtatib so‘roqqa tutishgan, hududda yurishi va tasvirga olishini taqiqlashgan.

Ayrim terimchilar majburiy mehnat monitoringm faollariga shubha bilan qarashadi

Ichki ishlar akademiyasi talabalari paxta terishmoqda

Suhbat jarayonida kursantlarning sahar soat 5 dan paxta dalasiga avtobuslarda olib ketilishi va tungi soat 21.00 larda qaytishi ma'lum bo‘lgan.

Shuningdek, kursantlarga kunlik norma 100 kg qilib belgilangan. Bir kunda 100 kg tera olmagan kursantlar ota-onasidan pul olib, mahalliy aholidan paxta sotib olishi ayon bo‘lgan.

Terimchilarga nonushta tayyorlash oldidan

Akademiyaning 80 nafar o‘qituvchisi ham paxtada 

Arnasoy tumanida talabalardan tashqari Ichki ishlar akademiyasining 80 nafardan ortiq o‘qituvchisi ham paxta terimiga jalb etilgan. 

«Masalan, ularning rahbari podpolkovnik Alisher O‘zbekovni biz kasal holida dorixona qidirib yurganida uchratdik. Shu alfozda keksa podpolkovnik paxta shtabida yurishga majburlanmoqda. Alisher O‘zbekov IIV akademiyasidan jami 2000 nafar kursant keltirilganini ma'lum qildi. Ular orasida 1,2,3-kurs talabalari bor”, deya bildirdi «Eltuz» nashriga Eshonqulova.

Terimchilar nonushta payti

Yo‘l qurilishi idorasi, Farg‘ona zavodi ishchilari ham Jizzaxda paxta termoqda

Yo‘l qurilishi idorasida ishlovchi Odil ismli xodimning huquq faollariga bildirishicha, yo‘l quruvchilar ham 7 kun davomida paxta terimiga majburan jalb etilgan, kim paxta terimiga chiqmasa, ishdan haydash bilan qo‘rqitilgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona kimyo sanoati zavodidan kelgan Sherzod ismli yigit 4 oy oldin zavod ma'muriyati tomonidan Arnasoyga yuborilgani haqida hikoya qildi. Kimyo zavodining qolgan asosiy ishchilari faqat paxta terimi uchun Arnasoyga olib kelingan.

Aholi bilan bo‘lgan suhbatlardan talaba va kursantlar Arnasoydagi 16- sovxozda, elektr tarmoqlari binosiga, shuningdek, tuman markazidagi madaniyat uyiga joylashtirilgan.

Terimchilar orasida turli kasbdagi, yoshdagi odamlarni uchratish mumkin

Tuman hokimligidagi tungi selektor yig‘ilishi

Huquq faollari Arnasoy tumani hokimligida paxta-yig‘im terimining borishiga bag‘ishlab viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Xolmatov tungi 23.00 ga qadar o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ham qatnashishgan. 

Radiouzel orqali eshittirilgan yig‘ilishda paxta terimining borishi, qaysi otryad qancha paxta terayotganligi, bir kunda otryadlarga jami qancha million so‘mlik mablag‘ ovqat uchun sarflanayotganligi haqida to‘xtalib o‘tildi. 

Huquq faoli Maloxat Eshonqulova selektor yig‘ilishi oldidan terimchilarga majburiy mehnatga qarshi bukletlar tarqatmoqda 

Sahargi soat 4 dan avtobuslarda paxta dalasiga 

Huquq faollari tunni Arnasoy tumani markazida yashovchi fuqarolardan birining xonadonida o‘tkazishgan.

Ular talabalarning tonggi soat 4 da paxtaga avtobuslar olib ketadigan maydonda yig‘ilishiga va soat 5 larda ularning paxta dalalariga olib ketilishiga guvoh bo‘lishgan.

Avtobus yo‘lkirasi ham terimchilar hisobidan undiriladi

Boshqa viloyatlardan ham terimchilar keltirilgan

Jizzax viloyatining Arnasoy tumani Ichki ishlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingani bois, hududga turli viloyatlardagi ichki ishlar bo‘limlaridan 50 – 100 nafardan xodim jo‘natish buyurilgan.

Militsiya xodimlari esa o‘z o‘rnilariga oyiga 900 ming so‘mdan odam yollab jo‘natishgan, shu bois yollanganlar orasida pul ishlash maqsadida kelgan ko‘ngillilar ham bor. 

Huquq faollarining o‘rganishicha, terimchilar Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy kabi viloyatlardan keltirilgan, ular uchun ham bir kunda 100 kg paxta terish norma sifatida belgilab qo‘yilgan.

Terimchilar yotog‘i

Madaniyat uyi binosida nonushta 

Huquq faollari Arnasoy tumani markazidagi madaniyat uyi binosida IIV akademiyasi kursantlariga nonushta tayyorlanayotganini kuzatishgan.

Ovqat puli uchun terimchilardan kuniga 10 kilogramm paxtaning puli ushlab qolinar va har kuni dalaga chiqish uchun avtobusga har bir terimchi 2 ming so‘mdan to‘lakan.

Tumangaz, elektr tarmoqlari, madaniyat uyi binolarida joylashtirilgan IIV akademiyasi domlalari va kursantlaridan farqli o‘laroq, IIB xodimlarining o‘rniga pulga yollanganlar tuman markazidagi aholining uylarida kuniga 3 ming to‘lash evaziga ijaraga joylashtirilgan.

Ayrimlar atay pul ishlash uchun paxta terimiga yollanishgan

Paxta dalalari sari poezdda

Huquq faollari viloyatning Paxtakor tumani markazi temir yo‘l stantsiyasida tonggi soat 4.30 da Surxondaryodan ko‘rpa-to‘shagi bilan kelib tushgan 1300 nafar hasharchining transport kutib turganiga guvoh bo‘lishgan. 

Hasharchilar IIB xodimlarining o‘rniga pulga yollanib kelganligini bildirishgan. 

Bir yarim soatlik kutishdan keyin yo‘l-patrul xizmati xodimlari kuzatuvida 20 dan ortiq avtobus kelgan.

Shuningdek, huquq faollari viloyatning Do‘stlik, Paxtakor va Arnasoy tumanlari ko‘chalarida majburiy mehnat taqiqiga oid katta banerlar o‘rnatilganini ko‘rishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 yanvar 2024
77 yoshida olamdan o‘tgan taniqli olim¸ professor Tolib Xudoyberdiev janozasi 13 yanvar kuni Andijonda o‘qildi va Shaxrixonda tuproqqa berildi. ...
18 may 2020
Prezident Mirziyoev qizining eri, prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarovning tug‘ilgan kuniga atab o‘zbek shou-biznesi va sport ...
5 sentyabr 2023
Kaliningradda otboqar bo‘lib ishlaydigan Samandar ismli o‘zbek voyaga yetmagan o‘ris qizni olib qochib uyiga oborib boylab qo‘ydi. Qiz qutqarildi. ...
2 oktyabr 2018
Taniqli o‘zbek shoirasi 59 yoshli Zulfiya Mo‘minova respublika TVsi orqali o‘qib bergan yangi she'rida bolani «dunyolardan bexabar oq kaptar»ga, ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...