Anons
12 yanvar 2025

O‘zbekistonni boshqargan Ra'no Abdullaeva olamdan o‘tdi

O‘zbek siyosiy boshqaruvining yorqin yulduzi Ra'no Abdullaeva 90 yoshida o‘ldi.

Ra'no Habibovna Abdullaeva o‘z ish faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlagan va o‘qib o‘rganib O‘zbekistonning yuqori darajadagi siyosiy rahbari darjasiga yetgan arbob edi.

Ra'no opa nafaqat qalban balki tashqi ko‘rinishi ham go‘zal¸ sohibjamol va suluv xotin edi.

Suluvlarning yovi ko‘p bo‘ladi. Rashidov o‘limidan keyin Ra'no opa Moskva tergovchilari tarafidan  «Rashidovning o‘ynashi edi» deya rasman ayblandi.

Gdlyan va Ivanovning «o‘zbek ishi» repressiyasi ortidan Ra'no Abdullaeva Kreml zindoni mahbusasiga aylandi.

Qamoqdan chiqqan Abdullaeva kurashib o‘zini sud orqali oqlab oldi.

Abdullaeva diniy radikalizmning O‘zbekiston uchun halokatli ekanini hammadan oldin anglab yetgan teran siyosiy ong egasi bo‘lgan.

Bir tarafii Shofirkon¸ bir tarafi Xorazmlik Ra'no Abdullaevani shoir Omon Matjon «Zamon guldirsini» deb atagan edi.

Guldirsin bu o‘z nafasi bilan tog‘larni ontaradigan mifologik personaj.

Bugun siyosat sahnasi Ra'no opa kabi guldirsinlarga muhtoj.

Eltuz jamoasi Ra'no Abdullaeva o‘limi yuzasidan uning oila a'zolari va yaqinlariga o‘z ta'ziyasini bildiradi.

Tag‘in o‘qing
8 oktyabr 2021
Bu 20-asrning eng buyuk o‘zbek shoiri Muxammad Solih yozgan she'rdan iqtibos edi. Bir vaqtlar Gdlyan «O‘zbeklar o‘g‘ri» deganda, O‘zbekistondagi ...
2 iyun 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent ...
21 yanvar 2016
O‘zTV jurnalistlari Zafar va Diyor Imomxo‘jaevlar olib borgan “Sokker klub” va “Futbol sharhi” ko‘rsatuvlari efirdan olib tashlandi va ularning ...
27 fevral 2021
26 fevral kuni tuzilajak «Haqiqat va taraqqiyot» sotsial- demokratik partiyasi tashabbuskori, iqtisod fanlari doktori Xidirnazar Allaqulov uyidan kuch ishlatar ...
Bloglar
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...