Teskari ko‘zgular saltanati
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi O‘zbekiston mustaqilligi arafasida mamlakat aholisi prezident siyosatini to‘liq qo‘llab quvvatlashini bildirdi, balki yetar…
1 sentyabr – O‘zbekiston Mustaqilligi oldidan o‘tkazilgan ijtimoiy fikr so‘rovi natijalari, kamdan kam hollardagina 90%dan pastga tushgan.
Shu raqam va undan yuqori darajada, “Ijtimoiy fikr” ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston xalqi prezident Islom Karimov siyosatini, o‘z farovonlik darajasi va ertangi kunga ishonchi darajasini ifodalagan.
Biroq bu ma'lumotlar, aslida butun mamlakatni qamragan yolg‘on, ikkiyuzlamachilik va laganbardorlik darajasini anglatadi xolos.
Islom Karimov parallel dunyoda yashamoqda, haqiqiy reallik haqida esa u hech narsa bilmaydi va bilishni ham istamaydi.
Va u qulog‘iga faqatgina maqtov va yolg‘onlar yoqadigan dunyodagi yagona hukmdor emas.
Axir, Karimov haqiqatan ham mamlakatda kafil bo‘la oladigan narsa, – bu korruptsiya, zo‘rovonlik va qo‘rquvdir, haqiqatan ham mamlakatning aksariyat aholisi shular ostida yashamoqda – haqiqatan buning darajasi 90% dir.
Qudrat Bobojon