Ular kimlar o‘zi – “maxsus xizmatdagi xotinlar”?
Islom Karimov rejimi o‘zining alohida ayollariga ega. Ularning otryadlari bugungi kunda o‘z huquqini himoya qilishga uringanlarning abjag‘ini chiqarmoqda. Biroq bu mamlakat uchun allaqachon yangilik emas, deya hikoya qiladi jurnalist Qudrat Bobojonov.
OBON (Otryad bab osobogo naznacheniya) Qarshida O‘zbekiston prezidenti rejimi himoyasiga otlantirildi.
3 iyul kuni ularning mushtlari, jazavali baqiriqlari, bolaxonador so‘kishlari «Birdamlik» harakati lideri Bahodir Chorievning 71 yoshli otasi qarindoshlari va yaqinlariga hujum uyushtirishda kerak bo‘ldi.
Hurmat e'tiborli qariya 19 yashar qizni zo‘rlaganlikda ayblangan, bu vaqtda esa u Qarshi prokuraturasida suhbatda bo‘lgan, «jinoyat joyi» sanalgan kvartira esa huquq himoyachilarining aniqlashlaricha yopiq va hech kim yashamaydigan joy bo‘lgan.
Jurnalist Qudrat Bobojonov fikricha, shunday usullar yoki ayni ayollarni Karimov rejimi tomonidan 1989 yildan buyon ishlatib keladi.
Usullar eski, qurbonlar yangi…
Reportajning youtube.com saytidagi linki – http://youtu.be/zbfQSJU2ZDI