Nafratlan mendan, Karimov! Qattiq nafratlan!
Islom Karimovning jirkanish hissini ko‘proq qo‘zitish uchun, Shvetsiyada yashovchi jurnalist Qudrat Bobojonov, qo‘liga supurgi olib Stokholm ko‘chalarini supura boshladi.
Iyun oyida o‘zining mamlakat ustidan hukmronligining 24 yilligini nishonlagan O‘zbekiston prezidenti, ushbu yubileydan ikki kun oldin o‘zbek xalqidan nafratiga iqror bo‘ldi.
Rossiyaga ishlagani chiqib ketgan besh million atrofidagi o‘zbeklar, 30 millionlik mamlakat aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi shaxslarni Karimov shunchaki «jirkanch va dangasa» kimsalar deya atadi.
U Moskva ko‘chalari va maydonlarini supurayotgan o‘zbeklar faqat jirkanish tuyg‘usini qo‘zg‘ashi mumkinligini aytdi. Ular o‘zbek xalqini sharmanda qiladi. Qo‘l uzatib turishdan ko‘ra o‘lim afzal, dedi.
2006 yildan buyon Shvetsiyada quvg‘inda yashayotgan jurnalist Qudrat Bobojonov jirkanchli o‘zbek rolini o‘zida sinab ko‘rishga qaror qildi.
Stokholmda har kuni farroshlar ko‘chalarni yaltiratib tozalashadi, buning uchun 3-4 ming yevro oylik olishadi va bu ish jirkanchli hisoblanmaydi.
Balki u yerdagi farroshlarning aksariyat qismi o‘zbeklar bo‘lmagani uchundir, deya mulohaza qiladi Bobojonov.
Va ularga, Karimov iborasi bilan aytganda, boshqa xalqlardan ajralib turadigan o‘zbeklarga xos bo‘lgan sifatlarning keragi ham yo‘q.
Biroq, nima bo‘lmasin, Bobojonov eksperiment qilib, o‘ziga supurgi yasadi.
Butun ish davomida, uning so‘zlariga ko‘ra, u yo‘lovchilarning undan nafratlanuvchi nigohlarini sezmadi, hech kim unga – “bundan o‘lim afzal!” deya shipshimadi.
Balki bu, Karimovning Stokholm bo‘ylab sayr qilmagani va trolleybusda o‘tmagani uchundir?
U ko‘rib, shu allaqachon yuragimni xijil qilib kelardi, dermidi…