Lola uchun… kalishlar
Sizga aeroportda yoki o‘zbek chegarasining boshqa qismida deklaratsiyalar to‘ldirishga to‘g‘ri kelganmi? – deya savol beradi jurnalist Qudrat Bobojonov.
To‘g‘ri, Lola Karimova oilasi, mamlakatga mollarni faqat u kirtishi lozim deya ishonadi.
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov sahiylik bilan mamlakat boyliklarini o‘z qarindoshlariga bo‘lib bergan.
Bir qizi (Gulnora)ga u sahovat bilan reket bilan shug‘ullanish, har qanday mahalliy biznes va horijiy sarmoyadorni tovlash huquqini bergan bo‘lsa, boshqasi (Lola)ga mamlakatga mol importini ravo ko‘rdi.
Lolaning eri Timur Tillaev, “Abu-Saxiy” transport savdo vosita shirkati egasi Xitoydan keladigan deyarli barcha mollar oqimini o‘ziga bo‘ysundirgan.
Eskpluatatsiyasi bir yilga ham yetmaydigan eng arzon Xitoy mollarin yetkazish va sotish, Lola Karimova Tillaeva oilasini milliarderga aylantirdi.
Tasavvur qiling, Karimovning kenja qizi Los Anjelosning Beverli Xils go‘shasidagi 58 mln.dollarlik qasrni harid qildi.
Bunday dabdabali joylar shu yaqinda yashovchi na Hollivud yulduzlariga, na Bill Geyts kabi shaxslarga ham nasib etmagan.
Balki bu ularning pullarini halol ishlab topayotgani va yoki dog‘ tushgan obro‘si va pullarini yuvish uchun ularga 11 ta vannaxonaning keragi yo‘qligi uchundir.
Qudrat Bobojonov