Asosiy mavzular
22 may 2019

22 may – «Sharq oqqushi» nomi bilan dong chiqargan balerina Malika Sobirova tug‘ilgan kun

Malika Sobirova 1942 yilning 22 mayida o‘zbek naychisi Abdurahim Sobirov va osetiyalik shifokor Madina opa oilasida tug‘ilib, yoshligidan nafosatga oshno bo‘ldi.

Qizaloqning nafis harakatlari Leningraddagi xoreografiya bilim yurti o‘qituvchilarini rom qildi.

1952 yilda Malika Sobirova afsonaviy raqqosa Nadejda Bozorova qo‘lida tahsil ola boshladi.

rasm1448
Raqqosa surati sovet jurnallari muqovalarini bezadi

Dunyoga mashhur opera va balet (Mariinskiy) teatri sahnasida qo‘yilgan «Щelkunchik» baletida Malika kichkintoy Masha rolini o‘ynab tahsin oldi.

Raqsdan ta'sirlangan teatr baletmeysteri Malikaga ko‘zi ochilib yopiladigan qo‘g‘irchoq sovg‘a qildi.

Bu qo‘g‘irchoq Malika nazdida doimo eng yuksak e'tirof nishonasi bo‘lib qoldi.

O‘qishni tugatgan Malika 1961 yildan boshlab Ayniy nomidagi Tojikiston SSR davlat opera va balet teatrida ish boshladi.

Raqqosa 1965 yilda Varna shahridagi balet konkursiga nomzod qilib tanlandi.

Malika Sobirova Moskvadagi Bolshoy teatrda Asaf Messerer va Galina Ulanova rahbarligida tanlovga tayyorlandi.

Tanlovda sovet balerinasi sifatida muvaffaqiyat bilan qatnashgan Malika endi Britaniya va Irlandiya sahnasida raqs tushib olqish oldi.

rasm1450
Malika Sobirova eri Muzaffar Burxonov bilan

Bu orada Malika o‘z sahnadoshi Muzaffar Burxonov bilan turmush qurdi.

Ularning birgalikdagi raqslari dunyo baletsevarlari yuragini hapqirtirdi.

Malika SSSR xalq artisti maqomiga erishdi. Ammo mas'ud kunlar uzoq cho‘zilmadi. Doktorlar Malikaga o‘pka saratoni degan shafqatsiz tashxisni qo‘ydi.

Malika Sobirova 1982 yilda Moskvada olamdan o‘tdi. Sharq oqqushi sifatida balet sahnasining malikasiga aylangan raqqosa afsonasi shu tariqa g‘amgin yakunlandi.

Raqqosaning eri Muzaffar Burxonov Tojikistondagi fuqarolar urushi davrida maydonga chiqqan millatchi va diniy ekstremistlar tazyiqidan qochib Polshaga ketdi.

Video: Malika Sobirova va Muzaffar Burxonovning «Vakxanaliya» balet kompozitsiyasidagi raqsi

Rayhon To‘ychieva
Eltuz.com uchun maxsus

Tag‘in o‘qing
12 mart 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi ortidan ikki davlat o‘rtasidagi yopiq chegaralar ochildi va ikki mamlakat vatandoshlari uchun 30 kunlik ...
24 fevral 2021
Bu O‘zbekiston. Mana bu esa uning musaffo osmoni. Bu oldingi o‘zbek ayollari,ular uchtadan tug‘ardi. Hozir bu bolalar Rossiyada. “Mening ...
15 noyabr 2023
Direktor shapaloq “tilpo‘ni yo‘q” ota onalardan maktab saytiga pul talab qildi. Smartfonga qurbi yetmaydigan, bolasining bilimini tekshira olmaydigan bunday ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...