Sherali Jo‘raevning Ahmadga pul bergani ovoza bo‘ldi
May oyida moliyaviy piramida qurishda ayblanib Chinozlik Ahmad Ahmad Tursunboevning qamalishi ortida unga katta miqdorda pul va avtomobillar bergan o‘zbek xonanda va artistlarining ro‘yhati paydo bo‘ldi.
Ayni ro‘yhatdan o‘rin olgan mashhur xonanda Sherali Jo‘raevning BBC o‘zbek xizmati suhbatlashgan vakili hofizning bu iddaolarga qonuniy javob berish masalasi yuristlar bilan muhokama qilinayotganini ta'kidlagan.
Jo‘raevning ayni vakili Ahmadboyni: «Allakimlarga yordam berib yurgan bir yosh bola ekan», deya ta'riflaydi.
Mavzuni davom ettirib Eltuz.com nashri rassom Adolatning yangi hajviy rasmini taqdim etadi.
Ijtimoiy tarmoqda Sherali Jo‘raev shinavandalarining ta'na malomatlari aks etgan video ham paydo bo‘ldi:
Bugunga kelib oddiy qassob, sudxo‘r yana ham ko‘proq qallob firibgar ekani aytilayotgan Ahmadboy Tursunov to‘yida xizmat qilib, uning sha'niga qo‘shiq aytgan, qolaversa unga katta pul avtoulovlar bergan mashhur san'atkorlar ro‘yhatida Sherali Jo‘raevdan tashqari, Ravshan Komilov, Mirzabek Xolmedov, Munisa Rizaeva, Mavluda Asalxo‘jaeva , Doston Ubaydullaevlar borligi aytiladi.
Rassom Adolat
Eltuz.com