Asosiy mavzular
23 noyabr 2016

O‘zbekiston: Jamshid Karimovga nisbatan jazo psixiatriyasi muolajalari qo‘llanishi to‘xtatilsin!

2016 yil 19 noyabr

O‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Jamshid Karimov 2012 yil yanvaridan beri shu kungacha Samarqanddagi psixiatriya kasalxonasida majburan va yashirin ravishda saqlanib kelmoqda. Mamlakat rahbariyati buyrug‘i bilan harakat qilayotgan shifokorlar jurnalistning salomatligi to‘g‘risidagi har qanday ma'lumotning tarqatilishiga to‘sqinlik qilishmoqda, uning o‘zini esa “tashqi dunyodan” to‘liq izolyatsiyada saqlashmoqda. Onda-sonda uning qiziga otasini ko‘rishga imkoniyat beradilar, xolos.

Jamshid Karimov – O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning eng katta akasi Arslonning o‘g‘li bo‘ladi. U Jizzax shahrida tug‘ilib o‘sgan, 2000 yillar boshidan xalqaro ommaviy axborot vositalari, xususan, Institute for War and Peace Reporting (IWPR), “Farg‘ona.Ru” agentligi, O‘zbekistonning “Arena” veb-sayti bilan hamkorlik qilib kelgan. Mahalliy rasmiylarning noqonuniy faoliyati bo‘yicha jurnalistik tekshiruvlari bilan tanilgan. Tsenzuraga, barcha darajadagi avtoritarizmga qarshi chiqishlar qilgan.

2004 yildan boshlab Jamshid Karimov noma'lum kimsalarning hujumiga duch kelib, bir necha bor kaltaklangan, bo‘g‘izga tiqilib qolgan suyak misoli mahalliy rasmiylar tomonidan ta'qib etilgan. Uning o‘zi bu ishlarni jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq deb hisoblab kelardi.

Jamshid Karimov ilk bor psiziatriya kasalxonasiga 2006 yil sentyabrida majburan yotqizilgan. Bu ish Jizzax shahar sudining Jamshid vsa uning advokati ishtirokisiz, yashirincha qarori bilan, amalga oshirildi. Bu haqda hatto uning oila a'zolariga ham xabar qilinmagan. Bu ishlar uning ishi hamda prezident amakisiga qarata tanqidiy fikrlar bildirib bergan intervyusi sababidan bo‘lganiga shubha yo‘q.

Samarqand psixiatriya kasalxonasida besh yil umrini o‘tkazib, 2011 yil noyabrda Jamshid ozodlikka chiqdi. Taxmini qilinishicha, uni AQSh davlat kotibi Hillari Klinton tashrifidan so‘ng qo‘yib yuborilidi. “Jamshidni qo‘yib yuborishganidan keyin men u bilan telefon orqali gaplashdim, – deydi Karimovning do‘sti, Kanadaga muhojirotga chiqib ketgan jurnalist Ulug‘bek Haydarov. – Uning ovozi avvalgidek, fikri teran, o‘zi ham o‘zgarmagandi. Men unga hozircha qat'iy bayonotlar bilan chiqmaslikni, barcha ishlarni chetga surishni, dam olib kuch to‘plashni maslahat berdim… Ammo u quloq solmadi. Xalqaro ommaviy axborot vositalari, huquq himoyachilar bilan aloqa yo‘lini izladi, o‘zining taqdiri haqida ma'lumot bermoqchi bo‘ldi. Uning aytadigan paplari oz emasdi”.

Tez orada, 2012 yil yuoshida Jamshid Karimov rasmiylarning buyrug‘i bilan yana kasalxonaga joylashtirildi. “U ozodlikka chiqqanidan ikki oy o‘tib yana qayta olib kirib qo‘ydilar, – deydi 19 yoshli Yevgeniya. – Samarqanddagi odamlar orasida “Super” nomi ostida tanilgan psixiatriya muassasasiga. Turmadagi kabi derazalariga panjara o‘rnatilgan xonada saqlashmoqda. U yerda har-xil odamlar, hatto qotillar ham bor. Hech qanaqa sud bo‘lmagan. Uni SNBga (Milliy xavfsizlik xizmati – MXX) “gaplashib olish” uchun chaqirdilar, yetib borganida esa ko‘chaning o‘zida to‘rt kishi tashlanib kaltakladilar, tishini sindirdilar, mashinaga itarib kirib o‘sha yerga olib ketdilar. Uning hamma yeri ko‘karib ketgandi. Otamning aytishicha, agar unga bir kishi hujum qilganida ham u o‘zini himoya qilib olgan bo‘lardi, biroq to‘rt kishiga kuchi yetmagan”.

Yevgeniyaning aytishicha, otasi ikkinchi bor “psiixushka”ga tushib qolganidan bir necha oy o‘tib sog‘lig‘i keskin tarzda yomonlashib ketdi va natijada u o‘lib qolishiga sal qoldi. Unga nima bo‘lganini aniq ayta olmaydi taxmin qilishicha, bu unga yoki ukol qilib yoki choyiga qo‘shib berilgan dorilarning ta'siri bo‘lishi mumkin.
“Menga (prezident) Karimovning o‘zi shifokorlarga uning aqlini kiritib qo‘yishni buyurgan deb aytishdi”, – deydi qiz amaki-bobosni familiyasi bilan nomlab.

“Militsionerlar uni doim qo‘riqlab yuradilar, agar uning oldiga kelsam albatta u bilan nimalarni gaplashayotganimni nazorat qilish uchun yonimizda turishlari kerak: unga biror og‘iz ortiqcha gapni ayta olmayman, doim yonimda bir yoki iki, ba'zida esa uch kishi turadi. Uchrashuvdan oldin esa uni fotosuratga tushirmasligim uchun telefonimni olib qo‘yadilar. Undan prezidentning o‘lganini yashirishyapti, buni bilib qolsa, chiqarib yuborishlarini talab qilish mumkinligidan xavotirlanishsa kerak. Militsiya ham buni aytishni taqiqlayapti. U hamon ozod bo‘lishiga umid qilmoqda. Ammmo “Islom Karimov o‘lmagunicha, meni chiqarshmaydi” deb aytadi va tez-tez bu kunni ko‘rmay o‘lib ketsam kerak deydi”.

Ayni paytda 49 yoshga kirgan Jamshid Karimov amakisi tomonidan barpo etilgan rejimga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lgan xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilib kelgani uchun jazolovchi psixiatriya qurboni bo‘lgani kundek ravshan. Ozodlikka qisqa muddatga chiqqan paytda uning o‘zi vrachlar unga “ asta-sekin kechuvchi shizofreniya” tashxisini qo‘yganlarini aytib bergandi. Bu tashxis buyurtma xarakterga ekanligi borasida shubhalar rad etilsa ham, Jamshid na jamiyat uchun va na atrofdagi boshqa odamlar uchun xatarli shaxs emas (u juda ham muloyim, tinchlikparvar odam) va uni uzoq yillarga “psixushkaga” qamab qo‘yishga zaruriyat yo‘q edi.
Jamshidning do‘stlari va hamkasblari uni psixiatriya kasalxonasida saqlash va “davolash” jazo psixiatriyasi alomatlariga ega deb bildirmoqdalar hamda xalqaro huquq himoyachilar, BMT, YeXHT, Yevropa ittifoqi hamda so‘z erkinligi va inson huquqlari tamoyillarini himoya qiluvchi barcha mamlakatlani Jamshid Karimovning taqdiri bilan qiziqib ko‘rishga hamda O‘zbekiston rasmiylaridan jurnalistni zudlik bilan ozod etish va mustaqil psixiatriya ko‘rigidan o‘tkazishga chaqiradilar.

Imzolar:

Aleksey Volosevich, mustaqil jurnalist, O‘zbekiston
Arkadiy Dubnov, jurnalist, Moskva
Ganimat Zaxid, ozarbayjon gazetasi «Azadlыg» («Svoboda»)
Daniil Kislov, IA «Farg‘ona.Ru» Bosh muharriri, Moskva
Yodgor Obid, shoir, Xalqaro PYeNklub a'zosi, Avstriya
Ivar Dale, Katta maslahatchi, Norvegiya Xelsinki Komiteti
Kanat Adilov, mustaqil bloger, Praga
Qudrat Bobojonov, Eltuz sayti bosh muharriri, Stokgolm
Lyudvika Vlodek, sotsiolog va publitsist, Varshava universiteti, Polsha
Mariya Shiщenkova, koordinator, Front Line Defenders, Parij
Nadejda Ataeva, «Markaziy Osiyoda inson huquqlar» assotsiatsiyasi prezidenti, Frantsiya
Stiv Sverdlou, Markaziy Osiyoda Human Rights Watch tashkiloti vakili
Ulugbek Xaydarov, mustaqil jurnalist, Vankuver (Kanada)
Umida Niyazova, Inson huquqlari tashkiloti – O‘zbek-German Forumi
Shuxrat Bobojonov, jurnalist va rassom, Praga
Emin Axmedbekov, «Azerbaydjan Saatы» («Chas Azerbaydjana») televizion dasturi rus byurosi raxbari.

Tag‘in o‘qing
12 noyabr 2019
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tarkibiga kirish borasidagi pozitsiyasi qat'iy emasligini bildirib ...
1 fevral 2023
O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi vaziyatni ichdan biluvchi ikki manbaning Eltuzga bergan ma'lumotdan anglashilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli ...
6 mart 2018
Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim. Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak? Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa badavlat ...
27 aprel 2020
Joriy yilning 21 aprel kuni Toshkentning Kamolon mahallasida shaharni bosib olgan rus harbiylariga xotirasiga bunyod etilgan butxona qayta tiklanib, ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...