Tarbiyachi tahqirlagan bolalar duduq bo‘lib qoldi
Surxondaryoda kunduzi bolalar jismoniy jazolanadigan, tunda esa fohishaxonaga aylanadigan to‘rtta bog‘chadagi vaziyat aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqni larzaga soldi.
Tarmoq yuzerlaridan biri Nigina Aksenova: «Bolalar bog‘chasi/fohishaxona… bechora bolalar, ey xudo, ularni tungi mehmonlarning qo‘rqinchli infektsiyasidan o‘zing asra», deya yozdi.
Yutubga qo‘yilgan shunday video ortidan darg‘azab yuzerlarning ko‘plab izohlarini o‘qish mumkin.
«Qanday dahshatli, bunday isqirt ayollar, norasida go‘daklar hayotini havf ostida qoldirgan hayvonlarga qanday kilib bolalarni ishonib, topshirish mumkin, axir ular jinoyatga qo‘l urishayapti. Ey, o‘sha bolalarning ota-onalari, bu bag‘ri qurtlar o‘z jazolarini olishi uchun barchangiz kurashinglar!» deya xitob qiladi jumladan Sveta Batirova ismli yutub yuzeri.
Tarqalgan videoda ham Salomat ismli tarbiyachining yosh bolakayga pichoq o‘qtalib, ularni siltab, “tilini va jinsiy a'zosini” kesib tualetga tashlash bilan tahdid qilib ko‘rqitgani aks etgan.
Videoda “tarbiyachi opa” kattagina pichoqni o‘tmas tomonini bola tanasiga tekkizgani va bolani ishtonini yechib tahqirlagani ham tasvirlanadi.
Tarbiyasiz tarbiyachilar pichoq ushlagan ayol oldiga bolakaylarni bittalab olib kelishadi… Himoyasiz bolalar ustidan davom etgan ekzekutsiyani tomosha qilish og‘ir.
Ozodlik muxbiri surishtiruvida ayon bo‘lishicha, tahqirlangan bolalar ruhiy zarba bois duduq va siyg‘oq bo‘lib qolishgan.
Rassom Tuz o‘zlariga “Bolajon” deya nom qo‘yib olgan o‘zbek bog‘chasidagi dahshatni tasvirlaydi.
Video: https://youtu.be/XGbFM7t6MIg
Rassom Tuz
Eltuz.com