Sing qahramonlari o‘zbekcha kuylaganda
Shu yilning boshida jahon ekranlariga chiqqan «Mashxurlikka yo‘l» (Sing) filmi katta va kichik yoshdagi tomoshabinlarning nazariga tushdi.
Filmda, katta sahnaga chiqish orqali mashxurlikka intilishning turli mashaqqatlari, xar xil personajlar orqali muvafaqiyatli ko‘rsatilgan. Zamonaviy shou biznes saxnasi va uning ortidagi turli vaziyatlar, film qahramonlarini ming kuyga soladi.
Ushbu film ekranlarga chiqqach, Yutyub ijtimoiy tarmog‘ida, «Agar «Sing» Rossiyada suratga olinganida» nomi bilan rossiyalik xonandalarning qo‘shiqlari parodiya qilindi.
Keyin esa ukrainlar, yoqutlar, armanilar va qozoq, qirg‘iz qo‘shnilarimiz ham o‘z taniqli xonandalarini shu film qaxramonlariga «kuylatishdi»
«Biz xam qarab turmadik, juda mashxur bu filmning qaxramonlariga o‘zbekcha ko‘shiqlarni kuylatdik. Menimcha, yomon chiqmadi» deydi Kanadada yashayotgan o‘zbek jurnalisti Ulug‘bek Ashur.
Parodiyaning o‘zbekcha versiyasida hayvonlar tilidan Gulsanam, Xulkar, Jaxongir Poziljonov, Jaxongir Otajonov, Shoxjahon Jo‘raev, Rayxon, Ozodbek, Yulduz Usmonovalarning qo‘shiqlari yangraydi.
Video: https://youtu.be/2L4vIZobIcM
Eltuz.com