Navalniy Alisher Usmonovni yolg‘onchilikda aybladi (video)
Rossiyalik muxolifatchi bloger Aleksey Navalniyning fikricha, tagi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov turli yo‘llar bilan pora berganini yashirmoqchi.
Aprel oyining boshida Aleksey Navalniy Rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning bosh vazir Medvedevga sovg‘a qilgan 5 milliard rubllik qasri haqidagi «On vam ne Dimon» filmini taqdim qilgandi.
Navalnыyga ko‘ra bu qasr aslida Medvedevga berilgan poradir.
Milliarder Usmonov bu iddaosi uchun Navalnыyni sudga bergan.
U bu qasrni singlisi Gulbaxor Burxonavaga atab qurgani, unga keragi bo‘lmagach, yerlarini kengaytirish maqsadida ayirboshlaganini iddao qiladi.
Navalniy bo‘lsa, so‘nggi videomurojaatida rossiyalik milliarder odamlarni aldayotganini aytadi.
Uning iddaosiga ko‘ra, Alisher Usmonov Bosh vazir va o‘zining aybini berkitish uchun bu yolg‘onni o‘ylab topgan.
Video: https://youtu.be/KatqX4QCrO0
Eltuz.com