Asosiy mavzular
13 dekabr 2021

Prezident maslahatchisining hokim ukasi nega so‘kong‘ich?

Tarmoqda mahalliy hokimning bug‘doy rejasini bajarmagan hudud rahbarlarini so‘kayotgani yozilgan audiosi tarqaldi. «Eltuz» bu audiodagi so‘kong‘ich mulozim Xorazm viloyati Yangibozar tumani hokimi O‘ktam Qo‘chqorovich Qurbonov ekanini aniqladi. 2020 yil mart oyida hokimlikka tayinlangan O‘ktam Qurbonov O‘zbekiston prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboevning tug‘ishgan akasidir.

«Eltuz» manbalariga ko‘ra, tarmoqda tarqalgan audiodagi voqea 2020 yil iyun oyida yuz bergan. Yangibozar tumani hokimi O‘ktam Qurbonov bug‘doy rejasini bajarmagan hudud rahbarlarini qator turg‘azib qo‘yib yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida so‘kadi.

«Hey, jalab, yaxshi gap qulog‘ingga yoqmaydimi sening? Yo miyang chiriganmi sening? Bo‘lmasa ayt, kelsin mening yonimga. He tovuqmiya», deya boshlanadi hokimning kurakda turmas haqoratlari yomg‘iri.

8 minut davom etgan audioyozuvda hokim qo‘li ostidagilar sha'niga jami 83 marta uyatsiz haqorat yog‘diradi. Jumladan, ularni «tovuqmiya», «to‘ng‘iz», «hezalak», «jalab», «ko‘t» va hokazolar deb atagan. Uch marta ular bilan jinsiy aloqa qilishini urg‘ulagan. 10 marta jinsiy olat so‘zini ishlatgan.

«Eltuz» manbalariga ko‘ra, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov bu audio tarqalganidan habardor bo‘lgan va «uch kun ichida hamma unutadi», degan yupatuvchi mujda bergan.

Bundan oldin Xorazm viloyati Xiva tumani hokimi Ozod Matyoqubov tuman hokimligi binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda kamida 7 nafar fermerni turg‘azib qo‘yib, 20 daqiqa davomida uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani aks etgan video tarqalgan edi.

Bu video tarqalgani ortidan tuman hokimi uzr so‘rash bilan kifoyalangandi.

O‘zbekistonda hokimlarning majlislarda o‘z qo‘li ostidagilarni uyat so‘zlar bilan haqorat qilishi va hatto do‘pposlagani ortidan uzr so‘rab qutulishi amaliyoti bor. Hozirga qadar O‘zbekistonda biror amaldor qo‘l ostidagilar yoki oddiy fuqaroni haqoratlagani uchun jiddiy jazo olmagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 mart 2016
Vazirlik vakilining aytishicha, ish beruvchi xodimdan uning xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega emas. Bundan tashqari, ...
18 iyun 2020
Turkiya poytaxti Anqarada 2019 yili halok bo‘lgan o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirovaning ishi Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda ...
20 may 2019
Andijon shahrida 16 may kuni viloyat faollari va prezident Mirziyoev ishtirokidagi yig‘ilishda Bo‘z tumani hokimi Inomjon Madaliev tuman nomini ...
7 fevral 2019
Rassom TuzEltuz.com
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...