Lola dabdabali to‘ylar tarafdori
Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim.
Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak?
Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa badavlat oilalardan, butun boshli kreativ bratiya boqiladiku.
Artistlar, qo‘shiqchilar, raqqoslar, o‘rtakashlar, stsenariychilar, shoirlar, rassomlar, dizaynerlar, floristlar, suratkashlar, operatorlar, videoinjenerlar, tikuvchilar, modellar, hunarmandar, mebelchilar.
Shuningdek restorandagi bratiya: oshpazlar, ofitsiantlar va h.z.
Poligrafiyachi? Va albatta oddiy hammollar, haydovchilar va farroshlarni ham alohida sanab o‘tish joiz!
Ularning har biri, boy oilaning to‘yida xizmat qiladi va ish haqini olib, oilasiga yegulik, kiyim, dori-darmon harid qiladi, o‘qish, to‘garaklar, kitoblar, internet, TV va dam olish uchun pul to‘laydi.
Demak, bu pullar tag‘in – fermerlarga, o‘qituvchilarga, dorixona va behisob mayda qontomirlari bo‘ylab tag‘in uzoq, uzoq, uzoq manzillarga yetib boradi.
Mana men yaqinginada mashhur bir davlat ansamblining repititsiyasida bo‘ldim. Ular barcha davlat tadbirlarida raqsga tushishadi, biroq ikki oydan beri maosh olishmagan. O‘z ishlarini sidqidildan sevishadi va to‘ylarda raqs tushib, oilalarini boqishadi.
Nimaga hozir ularning qanotlarini qirqish kerak bo‘ldi?
Boz ustiga, bunday tajriba bizning hayotimizda bo‘lib o‘tgan.
Menimcha, bizda boylar ko‘p bo‘lgani ma'qul, ularning boy fantaziyasi, «hammasini odamlarnikiday» o‘tkazish orzu-havaslari bo‘lsin.
Mayli bu chegaradan oshib-toshib ketsin!
Umuman, boylar ko‘proq bo‘lsin.
Yoki men haq emasmanmi?
Men davlatni boshqarishga haqqi bo‘lmagan oshpazmanmi?
Lola Sayfiy
Eltuz.com