Tuman hokimi mulozimi maymunmi?
11 oktyabr kuni ixtimoiy tarmoqlarda «Mahalla» telekanalining Sirdaryo tumani muammolari haqidagi ko‘rsatuvi videosi ovoza bo‘ldi.
Ko‘rsatuvda tuman hokimi mulozimi uning qarshisiga kamera qo‘yib suratga ola boshlagan telejurnalistga qarab: «Nimani olasan? man sanga maymunmanmi olasan!!!» deya dag‘dag‘a qiladi.
Ko‘rsatuvda tumanda gaz yo‘qligi, vodoprovod uchun keltirilgan quvurlar chirib yaroqsiz holga kelgani, bolalar bog‘chasi kalamushxonaga aylangani, hokimlik mulozimlari aholining dardiga quloq solmayotgani haqida hikoya qilinadi.
Telejurnalistlar, ko‘rsatuv so‘ngida tuman hokimligi vakilining fikrini olish uchun borishganini bildirishadi.
Biroq ayni vakil o‘zining katta bir raxbar, viloyat hokimiyati, prezidentning shu yerdagi vakili ekanini pisanda qilib xonadan chiqib ketadi.
Ko‘rsatuv savol alomati bilan yakunlanadi.
Rassom Tuz
Eltuz.com