Catira
5 fevral 2018

Moskva Inoyatov ko‘zyoshlariga ishondimi? (video)

MXX raisi Rustam Inoyatov o‘z daxlsizligini Moskva orqali olgani haqida «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solih o‘z manbalariga tayanib bildirdi.

U, shuningdek, Inoyatovning iste'foga chiqqan kuniyoq Moskvaga uchib ketgani, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Bortnikovdan panoh so‘ragani, u yerda o‘zi va yaqinlariga Mirziyoevdan daxlsizlik berilishini savdolashgani haqida «Eltuz» muxbiriga intervyu berdi.

Ishdan ketishi bilan uning avvaliga prezident maslahatchisi, keyinchalik esa sirli bir tarzda senatorlikka «saylanishi» rus matbuoti nazaridan ham chetda qolmadi.

Ayrim nashrlar MXX raisi Rustam Inoyatovning ishdan ketishini NKVD rahbari Beriyaning iste'fosi bilan tenglashtirdi.

«Beriya bilan taqqoslash – bu shunchaki metafora emas. O‘z raisligi davrida Inoyatov MXXni mutlaqo NKVDga loyiq idoraga aylantirdi», deya yozdi Moskvada chiqadigan «Novaya gazeta«.

«Farg‘ona» nashri prezident Mirziyoev Inoyatovni jazolashga hali tayyor emasligi haqida yozdi. «Asiaterra» nashri esa MXXni Rustam Inoyatov uchun mustahkam zirhli «qora quti»ga qiyosladi.

31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatilgani va Mirziyoevning MXXni tanqid qilgani haqida «O‘zbekiston 24» kanalida ko‘rsatuv ham berildi.

MXX raisi lavozimiga shu vaqtgacha O‘zbekiston Bosh prokurori bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

23 yildan beri MXX raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Inoyatovning bo‘shatilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning MXXni ochiq tanqid qilgani ortidan yuz berdi.

Rassom Kirpi Inoyatovni himoya istab Rossiya KGB mulozimi qo‘yniga otilgan o‘zga mamlakat generali sifatida aks ettirdi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 mart 2019
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 5 mart kuni bildirishicha, 10 yillik qamoq jazosini uyda o‘tayotgan 47 yoshli Gulnora Karimova  “jazoni o‘tash ...
10 may 2017
Toshkent. 2017 yilning 9 mayi. Ko‘cha to‘la qizil bayroqlar. Odamlar o‘roq va bolg‘ali sovet bayroqlarini ko‘tarib olgan. Bir o‘ris ...
16 fevral 2022
Inson Huquqlari Bo‘yicha Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti (IPHR) Xotin-qizlarga nisbatan Kamsitishlarga Barham Berish bo‘yicha (CEDAW) Qo‘mitaning 2022 yil 15 va ...
15 oktyabr 2015
Xorazmga safari payti hokimlikning tungi majlisida jurnalist Malohat Eshonqulova yozib olgan audioyozuvlar Hazorasp hokimi O‘ktam Qurbonovning ikkiyuzlamachiligini fosh qilgan. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...