Turkiyadan O‘zbekistonga qoradori tashiyotgan olti o‘zbek ushlandi (video)
Istanbuldagi Otaturk qo‘nalg‘asida 1 kilo 75 gramm qoradorini Toshkentga olib ketayotgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi S.K ushlandi.
Turkiyadagi «Hurriyat» gazetasining Istanbul politsiyasiga tayanib habar qilishicha, 28 yanvar kuni Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan o‘zbekistonlik go‘sht qiymalagich va changyutgich ichiga qoradori yashirib o‘tkazayotgan paytda qo‘lga olingan.
O‘sha kunning o‘zida Istanbuldan Qozog‘istonga uchayotgan 29 yashar J.I va 55 yashar Z.R ismli O‘zbekiston vatandoshlari ham non isitadigan jihoz ichiga 517 gramm qoradorini olib o‘tayotgan paytda qo‘lga olingan.
Shuningdek, ularning Istanbulning Fotih mahallasidagi mehmonxonada qolgan 3 nafar sherigi ham uyushgan jinoyatchilikda ayblanib hibsga olindi.
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi o‘zbeklar soni yuz minglarni tashkil qiladi. Mahalliy matbuotda o‘zbek migrantlari sodir qilayotgan talonchilik, fohishabozlik, qotillik kabi jinoyatlarni kunora o‘qish mumkin.
Video: https://youtu.be/P2IY2_1Fv_0
Eltuz.com