Asosiy mavzular
2 mart 2018

Muhammad Solih: Tozalangan maydonda yangi diktator taxt qurmasin!

Taniqli o‘zbek shoiri, siyosiy dissident, «Erk» demokratik partiyasi lideri 69 yoshli Muhammad Solih 1 mart kuni O‘zbekiston hokimiyat tizimlaridagi so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan «Eltuz» nashri muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi.

Muhammad Solih, jumladan, hukumatdagi bir qancha yirik amaldorlarning ishdan olinishi va qamoqlarga tashlanayotganiga munosabat bildirdi.

«Bugungi tozalanayotgan maydonni yangi avtoritar rejim uchun ham, xalqning ozodligi, hurriyati va demokratiya uchun ham qo‘llash mumkin», dedi o‘z intervyusida Muhammad Solih.

U, shuningdek, «Eltuz» muxbirining mamlakat tashqi va ichki siyosati, undagi muxolifatning o‘rni haqidagi ko‘plab savollariga javob berdi.

So‘nggi shoir va birinchi siyosatchi…

O‘z ijodini o‘tgan asrning 70-yillarda boshlagan Muhammad Solih she'rlari g‘arb avangardizmi, syurrealizmi va sharq falsafasini uyg‘unlashtirgan, o‘z davrida bu xususiyat sovet tanqidchilari o‘qiga nishon bo‘lgan.

Shunga qaramay, u 20 dan ziyod to‘plam chiqargan, Frants Kafka prozasi va XX asr frantsuz shoirlari asarlarini o‘zbekchaga o‘girgan ulug‘ o‘zbek adibidir. O‘z navbatida, uning asarlari nemis, ingliz, rus, turk, ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.

Ëzuvchi Hamid Ismoil ta'biriga ko‘ra, u Sovet O‘zbekistonining so‘nggi shoiri va mustaqil O‘zbekistonning birinchi siyosatchisidir.

Olg‘a siljish va chekinishlar…

1988 yili Muhammad Solih O‘zbekistonda ta'sis etilgan ilk norasmiy «Birlik» xalq harakati asoschilaridan biri bo‘ldi, keyinchalik esa o‘z tarafdorlari bilan «Erk» demokratik partiyasini tuzdi.

Muhammad Solih 1991 yili O‘zbekistondagi prezident saylovida Islom Karimovga raqib sifatida qatnashdi va rasman 12 foizdan ziyod ovoz qozondi.

1993 yili Muhammad Solih hukumat bosimlari ortidan vatanni tark etishga majbur bo‘ldi.

O‘zbekiston hukumati Solihni 1999 yilgi 16 fevral portlashlari tashkilotchilaridan biri sifatida ayblab keladi.

Biroq bu ayblovlar bo‘yicha sudda ko‘rsatma bergan asosiy guvoh Zayniddin Asqarov ularning qiynoqlar natijasida olinganini aytib, Muhammad Solihning portlashlarga mutlaqo aloqasi yo‘qligini bildirgan edi.

Video: https://youtu.be/jW96g5LoLAc

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 aprel 2023
Rassom Tuz
14 avgust 2018
«Shifti va devorlari mog‘orlab ketgani bu hujraning qishda zax va sovuq bo‘lganligidan dalolat berib turibdi. Yaxshiyamki, poli yog‘och va ...
18 dekabr 2015
New York Times gazetasi O‘zbekiston prezidentining qizi Lola Tillaeva Karimova Los Anjelosda to‘rtta qasr sotib olganligini yozdi. Eltuz.com
2 may 2018
1 may kuni Turkiya prezidenti Rejab Toyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga rasmiy safari nihoyasiga yetdi. O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilgani ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...