Video
1 may 2015

Islom Karimovga alohida trassa nima uchun kerak?

Islom Karimov O‘zbekistonga 1989 yildan rahbarlikni boshlagan. 24 yil avval. Juda ham qadimdan.

Bu vaqt ichida u ancha qartayib qoldi va shuncha qing‘irliklar qildiki, uyatdan va qo‘rquvdan qiynalsa kerak.

Ehtimol shuning uchun u odamlardan yashirinadi va Toshkentda faqat o‘zi uchun mo‘ljallangan, yopiq «prezident trassasi» bo‘ylab yuradi.

U fuqarolar uni ko‘rishi va uyaltirishi, barmog‘i bilan ko‘rsatishi, mushtini do‘laytirishidan qo‘rqadi.

Ayrimlar esa ko‘pqavatli uy derazalaridan boshlarini chiqarib, unga uyat so‘zlarni aytib baqirishi mumkin, shuning uchun Karimov o‘tishi oldidan militsiya toshkentliklarning uylar atrofida yurib ularga derazalarni berkitishni buyuradi.

U tag‘in qaysidir mototsiklchi uning trassasiga chiqib olib, tilini ko‘rsatishidan ham qo‘rqadi, shuning uchun Toshkentda mototsikllar ham taqiqlangan.

Biroq eng yomoni, prezident kortejini o‘tkazish uchun DAN xodimlari norozi haydovchilarni to‘xtatsa, ular signal bera boshlashlari, yoki mashinalari bilan uning zirxli mashinalarini taran qilishlari mumkin, biroq buning ham yo‘li topilgan.

Toshkentdagi prezident trassasiga tutash yo‘llarni ko‘mishmoqda, tunlari esa u yerga maysalar va archalar ekishadi.

Archalar Karimovning joni dili.

Eh, «Yolki-palki»…

Tag‘in o‘qing
26 mart 2016
O‘zbek huquq himoyachisi, mahkum A'zam Farmonovning umr yo‘ldoshi Ozoda Yoqubova 10 yildan buyon Toshkentdan 1500 km uzoqdagi olis, ekologik ...
24 fevral 2016
Kleptokratiya hukmron O‘zbekistonda bugungi kunda qog‘ozbozlik amaldorlarining oddiy ish yo‘siniga aylangan. Oddiy odamlar u yoqda tursin, Eltuz.com yaqinda e'lon ...
20 noyabr 2015
Paxta kampaniyasini yuritayotgan koalitsiya bugun Jahon bankiga maktub yuborib O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamayotgani borasida o‘z havotirini bildirdi. Hususan Jahon ...
28 avgust 2017
Shoir Yusuf Rasul 1971 yil Tojikistonning Panjikent tumanida tug‘ilgan. 1993 yilda ToshDuning jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbek vaqtli matbuotidab Bi-Bi-Si, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...