Asosiy mavzular
1 iyun 2018

Mirziyoevga ishonib qaytmoqchi bo‘lgan qochqin vatanga kiritilmadi

Shvetsiyadan yurtiga qaytmoqchi bo‘lgan 58 yoshli o‘zbek qochqini Muhiddin Qurbonov 23 may kuni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qilinib, Toshkent aeroportidan qaytarildi. Stokgolmga qaytib kelgan Qurbonov voqea tafsilotlari yuzasidan «Eltuz» muxbiriga intervyu berdi.

«Mening qaytishimga asosiy sabab prezident Mirziyoevning chaqirig‘i bo‘ldi. «Qo‘li qonga botmagan bo‘lsa kelsin, ota-enasini oldiga kelib yashayversin», degan gaplari menga turki bo‘ldi», deydi Qurbonov.

Biroq Toshkent aeroportida bor-yo‘g‘i ikki soat bo‘lgan huquq faoli Stokgolmga vatandoshligi yo‘q shaxsga aylanib qaytdi.

«Shamsiddinov degan leytenant bitta pechat bilan meni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qildi», deydi u.

Qurbonovga prezident farmoniga ko‘ra, besh yil ichida O‘zbekistonda bo‘lmaganligi bois vatandoshlikni yo‘qotganligini ma'lum qilishgan.

«O‘sha kelgan samolyotimga o‘tqazib qaytarib Shvetsiyaga jo‘natishdi», deydi huquq faoli.

Qurbonov 2006 yili Shvetsiyadan boshpana so‘ragan, biroq shu paytgacha vatanga qaytish umidida shved vatandoshligini olmasdan kelayotgan edi.

Shu yilning 4 dekabrida Stokgolmda uchrashuv o‘tkazib, o‘zbek qochqinlarini vatanga qaytishga da'vat etgan O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimboy Ozodovning tavsiyasi bilan u vatanga qaytishga ahd qiladi.

Biroq Muhiddin Qurbonovning Toshkent aeroportida vatandoshlikdan mahrum qilinib Shvetsiyaga qaytib kelishi O‘zbekistondagi «kirdi-chiqdi» muammosi eskicha qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 dekabr 2018
Yangi yil arafasida 9 yashar o‘zbek qizi Madina qorboboga xat yozdi. Nega lotindamas, kirillda yozding, degan savolga qizaloq Toshkentdagi ...
7 aprel 2020
«Eltuz» rassom Kirpining koronavirus karantini turkumidan yangi karikaturasini taqdim etadi.
2 oktyabr 2017
Birinchi oktyabrdan banklarning naqd dollar sota boshlashi to‘g‘risidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi. “Eltuz” muxbirining 2 sentyabr kuni o‘rganishicha, banklar ...
23 aprel 2019
Shveytsariya yangiliklarini rus tilida yorituvchi «Nasha gazeta» nashri mamlakat Federal jinoiy sudi Gulnora Karimova ishi yuzasidan ikkita qaror chiqargani ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...