Catira
6 iyun 2018

Rashid Qodirov jinoiy ishi ortidan 21 shaxs qamalgani ochiqlandi

Respublika prokuraturasida o‘tgan 5 iyun kungi brifingda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ortidan 21 shaxs hibsga olingani ochiqlandi.

Brifingda qatnashgan «Kun.uz» jurnalistining Rashid Qodirov tergoviga oid savoliga Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud O‘rolov bunday javob berdi:

«Tergov jarayonida Qodirov Rashid Hamidovich tomonidan lavozimga tayinlash, shuningdek, rahnamolik qilish, pora olish bilan bog‘liq jinoyat holatlari aniqlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha hozirda 24 nafar shaxsga ayblov e'lon qilingan, shulardan 21 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.»

Sobiq bosh prokurorning hibsga olingani haqida «Eltuz» nashri 2018 yilning 22 fevralida xabar bergan edi. Avvaliga rad etilgan bu ma'lumotni keyinchalik 24 fevral kuni Bosh prokuratura rasman tasdiqlagan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2022
Rassom Tuzdan yangi karikatura eltuz.com
17 dekabr 2019
O‘zbekistonda saylov o‘yinlari avj olishi fonida Xalq demokratik partiyasi vakili Boymurod Yusupov mamlakatda 25 yil davomida amaliyotda bo‘lgan ta'lim ...
15 aprel 2022
Ramazon oyining juma kuni pasportiga qashshoq deya yozilgan ulus oldiga chiqib gapirarkan, aynan ro‘za oyi bo‘lgani uchun ham hissiyotlarimni ...
29 mart 2021
«Fergana» agentligining yozishicha, ko‘p masalalarda o‘zbek rasmiylarini tanqid qilgan toshkentlik bloger Miraziz Bazarov 28 mart, yakshanba kuni kechqurun o‘z ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...