Asosiy mavzular
14 avgust 2023

Prokuratura kimlarni qamaganini Eltuz aniqladi

Transport prokuraturasi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushgani holati yuzasidan tergov ishi ochib, 3 nafar mansabdor shaxsni gumonlanuvchi sifatida qamoqqa oldi.

Transport prokuraturasi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushgani holati yuzasidan tergov ishi ochib, 3 nafar mansabdor shaxsni gumonlanuvchi sifatida qamoqqa oldi.
Toshkent prokuraturasi mulozimlar shaxsini e'lon qilgani yo‘q, biroq Eltuz ularni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Hukumatdagi manbalarning Eltuzga ma'lum qilishlaricha, quyidagi shaxslar qamoqqa olingan: “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ bosh menejeri – bosh muhandisi Z. E. Maxamatov; “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish tresti” UK, 67-Ko‘prikqurilish otryadi ish yurituvchisi E. Yu. Muhitdinov; O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish tresti” UK, 67-Ko‘prikqurilish otryadi boshlig‘i R.K. Axmedov.
Prokuraturaga ko‘ra, yo‘l o‘tkazgich qurilishidan 2 mlrd 760 mln. so‘mlik zarar ko‘rgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushgani aks etgan videolar tarqalgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” bunga ehtiyotsizlik sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi. Korruptsioner mulozimlar qamoqda.

Tag‘in o‘qing
22 noyabr 2018
Camarqandda 22 noyabr kuni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga bag‘ishlangan Osiyo forumi inson haqlaridan ko‘z yumilishi fonida kechmoqda. Paradoks shundaki, ...
28 fevral 2017
28 fevral kuni dollarning rasmiy kursi deyarli 50 so‘mga qimmatladi, real kursi esa 7000 so‘mdan oshib ketdi. Dollaruz.Com saytiga ...
8 fevral 2018
Prezident Mirziyoev chet ellik sayyohlarga mamlakat hududida fotosurat olishga ruxsat beruvchi qaror chiqardi. 6 fevral kuni imzolangan bu qarorga ...
25 aprel 2017
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari birdaniga almashtirildi. Kuni kecha Toshkent ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...