«Erimni tergovda qiynab, gepatit yuqtirishgan…»
Poytaxtning Olmazor tumani sudida 51 yoshli tadbirkor, “Integral Invest” shirkati rahbari Jahongir Umarov ustidan mahkama 23 iyul kuni ham davom etdi.
Sudlanuvchining ayoli Nigora Umarova «Eltuz» nashriga bergan intervyusida bir yil burun yoniga narkotik tashlab qo‘lga olingan erining bo‘yniga ayb qo‘yish uchun tergovda urib qiynashgani, qovurg‘alarini sindirishgani va ukol bilan S gepatiti virusini yuqtirishganini aytdi.
«Hozirda ularning ishlari guvohlar, audioyozuvlar asosida ochib berilgan bo‘lsa-da, sud tomonidan bu holatlarga hanuz chora ko‘rilmayapti», dedi Nigora Umarova.
Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari qiynoq qo‘llanilganini rad etib, hibsga olish chog‘ida Umarovning tanasida gematoma va tirnalishlar bo‘lganini iddao qilishmoqda.
Jahongir Umarov “Integral Invest” kompaniyasi rahbari bo‘lib, Toshkentdagi yirik tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Huquq himoyachilari uning biznesini tortib olish maqsadida jinoyat ishi soxtalashtirilganini ta'kidlamoqda.
Eltuz.com