Asosiy mavzular
28 avgust 2020

Islom Karimov o‘lganiga to‘rt yil to‘ldi

Islom Karimov o‘limi haqida ilk bor «Eltuz» nashri 2016 yilning 29 avgust kuni bir-biridan mustaqil manbalari tasdig‘iga ko‘ra xabar bergan edi. Shu kuni 27 yil O‘zbekiston prezidenti bo‘lgan Islom Karimov soat 18.30 da Toshkentning Lunacharskiy dahasidagi davlat statsionarida olamdan ko‘z yumgan edi. Biroq uning qabrida 2 sentyabr kuni o‘lgani yozilgan. Bugun «Eltuz» ayni seriyadagi chizilgan karikaturalar to‘plamini e'lon qiladi.

2016 yil 28 avgust. Bemorning tirikligidan o‘lgani aniqroq…

Karimovning na o‘lik, na tirikligi davlat siri darajasida maxfiy qolarkan, bir narsa yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi – mamlakatning taqa-taq berkitilayotgan ichki va tashqi chegaralari…

2016 yil 30 avgust.  Yangi yurtboshi aniq bo‘lguncha…

Hatto o‘limidan so‘ng Mustaqillik kuni munosabati bilan dunyo mamlakatlari rahbarlaridan Karimovga kelgan xatlar rasmiy matbuotda e'lon qilindi.

2016 yil 1 sentyabr. «Janob prezident, sizga xat keldi!»

Prezident o‘limidan bir hafta o‘tib ham uning tirikligi, sog‘lig‘iga duoda bo‘lishga chaqiriqlar tingani yo‘q.

2016 yil 2 sentyabr. «Omon bo‘lsin shohimiz!» 

Karimov o‘limidan so‘ng o‘zbek ijtimoiy tarmog‘ida uning shaxsini ilohiylashtirish motivlari avj oldi.

2016 yil 3 sentyabr. «Karimovning arvohiga sig‘inish»

Karimov o‘lganidan keyin barcha diktatorlik jamiyatlarida kutilgan hol ro‘y berdi. Ba'zilari majburiy, ba'zilari ixtiyoriy tartibda ma'raka statistlari qatoriga hatto Karimov ijirg‘angan «dangasalar» – Rossiya ko‘chalarini supurayotgan mardikorlar ham qo‘shildi.

2016 yil 6 sentyabr. «Bizdan ijirg‘angan bo‘lsa ham dodani sevamiz!»

Karimovning qizi Gulnora Karimovaning chet elda muzlatilgan pullari kimga qaytariladi?

2016 yil. «Qizimning pulini qaytaringlar!»

1897 yilda qurilgan tarixiy Jo‘rabek masjidi Karimovning kenja qizi Lola va kuyovi Temur Tillaevlar tomonidan «ta'mirlanib», unga «Islom ota» nomi berildi.

2016 yil 11 oktyabr. Tarixiy masjid nomi «Islom ota» qilib o‘zgartirildi

Moskva shahri hokimi Sergey Sobyanin 2017 yilning 27 oktyabrida Rossiya poytaxtining Yakimanka tumanida Islom Karimovga haykal o‘rnatish haqida qaror chiqardi.

2016 yil 27 oktyabr. Ruslar Karimovga haykal qo‘yilishiga qarshi chiqishmoqda.

Prezidentning Karimovga haykallar o‘rnatish taklifi ortidan Toshkent, Samarqand va Qarshida haykallar o‘rnatiladigan, mustabid qabri ustiga maqbara ham quriladigan bo‘ldi.

2017 yil 7 mart. «Xalqimiz odatidan kelib chiqib…»

Islom Karimovga yodgorlik yaratish bo‘yicha 2017 yilgi tanlovda o‘zbekistonlik haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib chiqdi.

2017 yil 26 aprel.  «Men endi Karimovni ishtonsiz qilib yasayman!»

Mirziyoev 22 mart kuni davlat tashrifi bilan Ostonaga keldi. Karimovning o‘limidan bir yil oldin Nazarboev bilan Chimbuloqda tushgan fotosurati rassom Tuz uchun mavzu bo‘ldi.

2017 yil 23 mart. «Yoningizdagi arvohdan qo‘rqaman!»

Rassom Tuz O‘zbekiston birinchi xonimining Kapitoliy maydonida o‘rnatilgan yodgorlik toshi yonidagi ichki kechinmalarini o‘zicha aks ettiradi.

2018 yil 18 may. «Karimovning alvasti xotini ham shu yerdan o‘tgan ekan-da?»

O‘limidan bir-ikki yil burun ham Karimovning o‘lgani haqida har xil xabarlar tarqalgan. Jumladan, 2015 yilda ijtimoiy tarmoqlarda 17 noyabrga o‘tar kechasi Karimov «yurak o‘ynog‘idan o‘ldi», deya tarqalgan xabar tasdig‘ini topmagandi.

2015 yil 19 noyabr. «O‘limim haqidagi xabarni sen tarqatdingmi?»

Karimovning o‘limi rasman 2016 yilning 2 sentyabrida e'lon qilingan.

Rassomlar: Tuz, Adolat, Elsevar – 2015-2020 y.
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 sentyabr 2018
Stokgolm sudida Telia shirkati va Gulnora Karimova o‘rtasidagi korruptsiya ishini kuzatayotgan SVT telekanali jurnalisti Elin Yonnsson «Eltuz» muxbiri bilan ...
10 sentyabr 2018
Jamoatchilik bosimi nima degani? Buni mashhur rus rassomi Vyacheslav Zaytsev aytib bergan edi. Zaytsev kichkinaligida barcha sovet bolalari qora ...
17 dekabr 2018
O‘zbekistonda 2017 yilda 13 foiz kishi o‘z ixtiyoriga qarshi ravishda paxta terimiga jalb qilingan bo‘lsa, 2018 yilda bor-yo‘g‘i 7 ...
3 aprel 2017
Oy oxirlayotgan kunlarda prezident videoselektor majlis o‘tkazdi. «Kun.o‘z» sayti o‘z manbalariga asoclanib, davlat rahbari bu majlisda «O‘zbekiston» va «Yoshlar» ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...