Jurnalistlar mulkini tortib olgan hokim ishdan olindi
Urganch tumani hokimi Otabek Bekchonov 15 oktyabr kuni ishdan olindi. Uning ishini hozirgi paytda hokimlik mulozimi Qudrat Rajabov vaqtincha bajarib turibdi.
Urganch tumani hokimi, «Eltuz» nashriga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, ishda yo‘l qo‘ygan jiddiy xatosi uchun ishdan olingan. Shu kuni tuman prokurori D.Madirimovga hayfsan berilgan.
Shu yilning avgust oyida Urganch tumani hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari 29 yashar Bekzod Abdrimov yerga egalik huquqini olib berish uchun pora olganlikda ayblanib qamalgan edi.
Ishdan bo‘shatilgan Otabek Bekjonov xorijda yashayotgan xorazmlik aka-uka jurnalistlar Bobojonovlarning uylarini tortib olish haqidagi qarori bilan «Eltuz» muxlislariga yaxshi tanish.
Mulk egalariga shikoyat qilish muddati o‘tib ketganidan keyin xabar berilgan edi.
Hozirda jurnalistlarning mulkini tortib olish haqidagi sud qarorini bekor qilish yuzasidan advokat ish boshlagan.
Eltuz.com