Catira
17 sentyabr 2016

Muvaqqat prezident poraxo‘rlarni hokimiyatga qaytarmoqda

Shavkat Mirziyoev muvaqqat prezidentlikka tayinlanishi ortidan kriminal doiralar tag‘in hokimiyatga qaytib kela boshlashdi. Hukumatdagi bir qancha mulozimlar ishdan bo‘shatildi, ular o‘rniga mamlakatning yangi raxbari lozim ko‘rgan shaxslar qo‘yildi.

Ayni voqealar fonida, 15 sentyabr kuni xalqaro kriminal avtoritet G‘afur Rahimov O‘zbekiston Interpoli qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan olib tashlandi, ayni paytda xalqaro jinoyatchilar ro‘yxatida uning nomi hozir ham saqlanmoqda.

13 sentyabr kuni, Shavkat Mirziyoev xalqaro miqyosda pora va korruptsiyada ayblanib ishdan bo‘shatilgan Abdulla Nig‘matovich Oripovni qayta yuqori lavozimga – Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi raxbarligiga tikladi.

O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning chet el shirkatlaridan O‘zbekiston telekommunikatsion bozoriga kirish uchun pora olgani bilan bog‘liq janjalda ayblanib ishdan ketgan Abdulla Aripov, 2002 yil may oyidan to 2009 yil oktyabrigacha O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining rahbari bo‘lib, 2009 yildan 2012 yilgacha esa O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan edi.

15 sentyabr kuni esa, Mirziyoev Jizzax viloyat prokurori Shuhrat Akbarovni lavozimidan bo‘shatdi. Ilgari Adliya maslahatchisi bo‘lgan Shohmuhammadbek Muxamedjanovni Jizzax viloyat prokurorligiga tayinladi.

Rassom Tuz eltuz.com nashriga jo‘natgan yangi hajviy suratida Shavkat Mirziyoevning davlat boshqaruvidagi bu harakatlarini, «axlatdan chiqarilganlarga» hokimiyat tepasidan joy bo‘shatish deya izohlaydi.

Rassom Tuz

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 mart 2017
Dollar narxi oshishi bilan ayniqca kartoshkaning narxi oshgani odamlarning noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.
11 iyun 2019
Rassom Kirpieltuz.com
3 oktyabr 2018
Yirik miqdorda tovlamachilik va korruptsiyada ayblanib, jazo o‘tayotggan 46 yashar Gulnora Karimova 2 oktyabr kuni xususiy uchoqda Dubay shahriga ...
13 aprel 2022
Ukraina mojarosi haqida o‘qiyverib, bir qiziq voqea esimga keldi. Ancha yillar oldin bir tilshunoslar forumida ukrain tilidagi bir yo‘l ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...