Asosiy mavzular
29 iyul 2019

Uyi buzilgan urganchlik namoyishchilar talabi qondirildi

Urganch shahrining Ashxobod mahallasidagi uylari buzilgan va tovon puli berilmaganidan g‘azabga to‘lgan xalq g‘alayon ko‘tardi.

Poytaxtdan zudlik bilan yetib kelgan bosh vazir Abdulla Aripov ko‘chaga chiqqan yuzlab fuqarolar bilan uchrashdi va belgilangan tovon pullari to‘liq berilishini va'da qildi.

“Eltuz” suhbatlashgan voqea guvohlariga ko‘ra, buzilgan uylari uchun tovon pulini bir yarim oy kutgan odamlar 27 iyulga o‘tar kechasi Urganch-Xonqa magistral yo‘lini to‘sib qo‘yishgan.

Undan avvalroq viloyat hokimi Farhod Ermanov uyi buzilganlar yashayotgan chodirlarni kelib ko‘rgan va o‘zining tashrifi uchun tayyorlab qo‘yilgan namunali chodirning ichiga kirgan. Bundan g‘azablangan xalq ichida hokim bo‘lgan chodirni buzib, hokimning ustiga ag‘darishgan.

Hokim u yerdan qochib ketgach, milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari norozi fuqarolarni qurshovga olgan. Viloyat hokimi Farhod Ermonov uyi buzilganlarga to‘lanadigan tovon pulining 50 foizi uch kun ichida, kolgan 50 foizi 10 avgustgacha berilishi haqida va'da berib, uyi buzilganlar bepul qum va shag‘al bilan ta'minlanishi, qolgan kurilish materiallari esa 10 foiz arzonlashtirilgan narxda sotilishini aytgan edi.

Hokimning va'dasida turmagani ustiga qurilish materiallari narxlarining keskin oshib ketishi shahar markazidagi uylari buzib tashlanib, o‘zlari Urganch tumanichekkasidagi Chondirqiyot qishlog‘idan ajratilgan yer maydoniga quvilgan odamlarning noroziligini keltirib chiqargan.

27 iyul kuni Xorazmga yetib kelgan bosh vazir Abdulla Oripov norozilar bilan uchrashib, ertalabgacha hammaning hisob raqamiga tovon puli 100 foiz tushishini, bir foiz ham ushlab qolinmasligini va'da qilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 iyul 2018
O‘zbekistondagi «Toshturma», Ukrainadagi «Obolon» turmasidan har bir kamerada «loxmach»lari va «kozyollari» borligi bilan farq qiladi, deya eslaydi Muhammad Bekjon ...
14 dekabr 2018
Dekabrning birinchi haftasida mamlakatning barcha hududlarida yakunlangan 2018 yilgi paxta yig‘im-terimi mamlakatda chuqur ildiz otgan majburiy mehnatni yo‘q qilishda ...
22 avgust 2024
Eltuz Portaliga navbatdagi beshta hat O‘zbekistonning Jizzax,Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlaridan kelgan.  Dastlabki maktub Jizzax viloyatining Forish tumanidan. Zavod ishchilari ...
22 noyabr 2021
Britaniyalik taniqli fotograf Rip Xopkins (Rip Hopkins) fotoob'ektivida aks etgan O‘zbekkiston turizm shirkatlari chop qilgan bukletlardan farq qiladi. 10 ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...