Asosiy mavzular
20 noyabr 2020

RTdan va'z: Bayroqni ishton qilgan nozaninlar davri

Istayman: uyimning derazalari

Doim ochiq tursin, lang ochiq tursin.

Xonamda o‘ynasin quyosh zarlari,

Yetmish yurt – iqlimdan shamollar yursin.

Xushbo‘y shabadalar, latif shamollar,

Turfa, toza, erka, afif shamollar…

Mang‘itlik shoir Muzaffar Ahmad she'ri edi bu. Ammo derazani ochish uchun uy issiq bo‘lishi kerak. Tashqarida sovuq. Ikki kun oldin Toshkentda qor yog‘di. Uylarga qo‘lbola pechkalar o‘rnatib eski maskami, soboyga ovqat olib kelingan plastik idishmi, xullas, yonadigan nima bo‘lsa yoqib tashlayapmiz.

Sen yoqmasang, u yoqmasa, men yoqmasam qanday isir zimiston bu mamlakatimiz? Maktabdagi sinfxonalar ham abadiy muz davriga qaytgan kabi.

Maslahat: Har bitta o‘quvchi uyidan ikki baklashka ichiga issiq suv to‘ldirib kelib, sinfxona derazasi raxiga qo‘ysa, sinf isiydi. Lekin ehtiyot bo‘linglar. 14 yashar qiz maktabning 3-qavati derazasi raxida selfi olayotib, pastga qulab umurtqasini sindirdi. Selfi tarmoqda, qiz bannisada.

Hokimni maqtash

Yuragi bo‘shlar bo‘lsa, tomosha zalini tark etishi mumkin. Chunki men bugun Toshkent shahri hokimini maqtayman. Nega? Chunki yarim kilo sabzini kambag‘alga ehson qildim deb selfi qiladurg‘on balogirlar mikrobday urchidi. Toshkent shahri hokimi ehson yig‘aman deb o‘z cho‘ntagini to‘ldirayotgan aprstlarni tanqid qildi.

To‘g‘ri tanqid qildi. Men bilgan bir odam uch yil oldin Koreyada o‘lgan akamning o‘ligini obkelaman deb haliyam pul yig‘adi. O‘lik chirib ketmadimi, deb so‘ramang. O‘lik allaqachon ko‘milgan.

Ammo odamlarning rahmini keltirib, pul to‘plasham gulday hunar bo‘lib qoldi. Xullas, Jo‘xa biratning gapi to‘g‘ri. Ehson yig‘amiz, degan aprstlar yomon ko‘paydi.

Lekin bugun Komil Allamjonov degan odam Toshkent shahri hokimiga sakrabdi. Pichoqni oldin o‘zingga ur, og‘rimasa birovga, ddi muhtaram K nuqta, Allamjonov. Qanaqa pichoq? Nimaga sha'ma qilindi? Sha'ma qilinmasin. Kesatilmasin.

Jahongir Ortiqxo‘jaevam charchadi. Agar Nuh ming yil yashab bir to‘fon ko‘rgan bo‘lsa, u uch yil yil xokim bo‘lib ming to‘fon ko‘rdi. Odamlarning yolg‘oni va amaldorlarning nayranglari charchatdi uni.

U «Shum bola» kabi ko‘chada o‘sdi. Ko‘chaning gapi bilan tili chiqdi. O‘n so‘m o‘g‘irlasa, to‘qqiz so‘mini tepaga berdi. Amaldorlarni pora bilan boqib, evaziga dashnom eshitdi.

Uni hamma yomon ko‘radi. Boy bo‘lgani va amalda o‘tirgani uchun. Hokim bo‘lganidan beri to‘yib uxlamadi. Prezident yoki Bosh vazirdan qo‘ng‘iroq bo‘lsa, cho‘chib tushadigan bo‘ldi.

Kuyovlarining qilmishlari, aferistik sxemalaridan to‘yib ketdi. Bu ochko‘z kuyovlar uni o‘z cho‘ntagiga aylantirishdi. Toshkentni buzdirib, yer uchastkalarni olishdi.

Aybdor sifatida Jahongir ro‘para qilindi. Matbuotga ham u balogardon bo‘ldi. O‘zim uni kunora tanqid qildim. Karikaturalarini chizdim.

Jahongir Ortiqxo‘jaev hozir o‘lsa jannatga tushadi. Chunki u jahannamni bu dunyoda ko‘rdi. Mirziyoev davrida amaldor bo‘lish – azob va uqubat. Jahongir Ortiqxo‘jaev ham odam. Uni ham ona tuqqan.

Tadbirkor bo‘lib topgan tutganini bamaylixotir yeya olmay asab kasaliga duchor bo‘ldi. Insonni tushunish kerak. «Men ham odam edim-ku, axir inson farzandi, bu bechora Jahongirning malomat bandi».

Agar men hokim bo‘lganimda, bir soat tinmay so‘kkan bo‘lar edim bu pismiq allakimjonlarni.

So‘kong‘ichlar yurti

Ortda qolgan haftada Andijon viloyati va Beshariq tumani hokimlarining so‘kkani muhokama bo‘ldi. 17 noyabr kuni esa katta bir majlisda fermerlarni uyatsiz gaplar bilan so‘kkan Xiva hokimi Ozodbek Matyoqubov videosi tarqaldi.

Yuzini bekitib internetda izoh yozgan ismsiz noma'lum askarlar: “Men shu so‘kishi eshitganimda u hokimning ko‘tiga bomba boylab portlatardim», deb karilladi.

Portlatasan. Sen-a? Nahotki? Odatda yoshulli so‘kkanda zalda kamida 700 kishi o‘tiradi. Ji-im va alohida oshig‘ich zavq bilan so‘kish eshitiladi. Chunki ertalab o‘zi xotinini so‘kkan va o‘z navbatida otasidan ham so‘kish eshitib, to‘yinib, quloq qondi bo‘lib ketishgan.

Masalan, Toshkent shevasida so‘kish – bu so‘z yasovchi qo‘shimcha. J… p onam kecha norinni si..b qo‘ydi, deyishadi. Zulu tiliga tarjima qilsak, “Fohisha kasbidagi onam ovqat bilan jinsiy aloqa qildi”, degan ma'no chiqadi.

Endi mustaqil bo‘lgan paytimizda Amerikadan mehmon keluvdi. Mehmon bir o‘zim aylanib kelaman deb ko‘chaga chiqib, peshinlarda qaytib keldi. Qo‘lidagi daftariga binnarsa yozib olgan ekan.

U bizga yozganini ko‘rsatib: «Bozorda shu gapni hamma bir-biriga qarab ko‘p marta aytdi. Nima gap o‘zi bu? Ma'nosi nima», dedi.

Daftarda onangni palon qilay, deb yozilgan edi. O‘qib xuddi endi eshitgan gapday uyatdan qizarib ketdim. Buning ma'nosini aytsam, o‘zbeklar so‘kong‘ich xalq ekan, deb yomon xayolga bormasin, deb bu amerikalikni aldashga qaror qildim.

Bu so‘z “Rahmat sizga”, degan ma'noni bildiradi”, desam menga qarab: “O, qanday xushmuoamala ekan bu o‘zbeklar”, deb boshini chayqadi. Endi bu mehmon ko‘chada yo‘l ko‘rsatgan odamga ham, suvenir sotgan do‘konchiga ham rahmat aytgani alohida hikoya.

Ëzuvchi O‘rxon Pomuqning «Qirmizi sochli xotin» asarida bir epizod bor. Konservativ mulozimlar «Shoh Edip» spektaklini taqiqlaydi.

Bilmaganlar uchun eslatsam. Bu spektakl onasi bilan zino qilgan shoh haqida. O‘zbek teatrlarida ham qo‘yilgan. Roman qahramoni esa: «Ertadan kechagacha bir-birini yuz minglab marotaba onang bilan jinsiy aloqa qilay, deb so‘kadigan millat nega buni teatrda tomosha qilishni istamaydi?» deya ritorik savol qo‘yadi.

To‘p o‘yini

So‘kinishni istaydiganlar esa bemalol stadionga borib baqirib-baqirib so‘kinishlari mumkin. Yo‘qolsin birinchi oila. Yo‘qolsin ikkinchi oila. Xohlagancha so‘kinish mumkin.

Kamina futbolga qiziqmaydigan va uni tomosha qilmaydiganlarning kam sonli toifasidanman. Futbol o‘yini haqida tasavvurim primitiv.

To‘p yumaloq bo‘lishini bilaman. To‘pning usti qo‘tos terisidan bo‘lardi ilgari. G‘ozir sintetika. Ichi esa paxtadan. Kamerasi esa yelimdan. Taxminan yuz metrlik maydon o‘rtasidan chizilib, ikkiga bo‘linadi. Tagi teshik zambilg‘altakning ichiga quruq ohak to‘ldirilib, aylantirib maydon chiziqlari belgilanadi.

Ikki tomonda darvoza. Uchta taxta va katagi yirik bitta to‘r bilan ish bitadi. Futbolni ikki jamoa o‘ynaydi. O‘yinchilar soni har bir jamoada 11 kishidan. Otidan ham ma'lumki, futbol oyoq bilan o‘ynaladi (fut – bu oyoq).

To‘pga qo‘l tekizish harom qilingan. Faqat darvozobonga joiz to‘pga qo‘l tekizish. Lekin yelka¸ dumba¸ kalla va, umuman, qo‘ldan boshqa barcha a'zolar bilan to‘pni tepish mumkin.

O‘yinning asosiy mazmuni – raqib darvozasiga to‘p kiritish. Futbol ingliz o‘yini bo‘lgani uchun bu o‘yinga oid so‘zlar inglizcha. Futbol o‘yini davom etadigan payt taym deyiladi.

Bir taym maktabdagi dars kabi 45 minut qilib belgilangan. O‘yin ikki taym bo‘ladi. Shu ikki taym ichida o‘yinchilar o‘rtaga tashlangan to‘pni tepib, raqib darvozasiga kiritishi kerak.

To‘p darvoza to‘rini yirtib tashlasa, olqishlanadi. To‘p tomoshabinlar tarafga qarab ketsa va Ergash aka bu to‘pni tutib olsa, to‘p Ergash akaga padarka. Istasa pichoq bilan yirtib, kesib tashlasin.

Tanaffusda Pele kelib imzo qo‘yib beradi. O‘rtaga boshqa to‘p tashladi. O‘yinchilar uchun qoidalar bor. Bu qoidalarda raqibni tepish¸ unga o‘rta barmoq ko‘rsatish va onangni deb so‘kish harom qilingan. Tomoshabinlar so‘kinishi esa joiz.

Muboh amallar bor. Mubohni haromdan ajratishni sudya, ya'ni o‘yin hakami aniqlaydi. Hakam gunoh qilgan o‘yinchilarga sariq yoki qizil karta ko‘rsatadi. Jazo beradi. Jazo penalti deb ataladi. Hakam istasa, gunoxkor o‘yinchilarni o‘yindan chiqarib yuborishi mumkin.

Umuman, hakam istasa, 11 kishidan faqat 7 o‘yinchini maydonda qoldirishi mumkin. O‘yinchilarning maqomi xuddi Temur armiyasidagi kabi aniq belgilangan.

Yarim himoyachi aylanib o‘tib to‘pni himoyachiga oshiradi¸ himoyachi to‘pni boshi bilan urib hujumchining tayyor turgan oyog‘iga yo‘naltiradi. Hujumchi andoq zarb bilan tepadiki, to‘p borib darvozani homilador qiladi. Goool.

Darvozabon negadir to‘pni himoyachi kallasi bilan urib kiritadi deb o‘ylab o‘zini darvozaning chap tomoniga otgan edi (chap tarafda shayton bo‘lishidan bexabar). To‘p esa o‘ng tomondan kiradi. Bilganim shu. To‘p yumaloq – maydon keng.

Ammo futbol ko‘rishga ketsangiz, uyingizni o‘g‘ri urishi ehtimoli katta.

O‘g‘riga pand bergan nos shisha

Ertaklarda devning joni yumurtoni ichida, yumurto esa daraxt kavagida bo‘ladi. Marg‘ilonning Sholdirma mahallasidagi tog‘a esa pulini “Nexia» mashinasi ichida, mashinani esa hovlida saqlardi.

Ammo egasi ming poylasin, o‘g‘ri bir poylasin. Xullas, o‘g‘ri devor oshib kirib, moshin ichidagi 1.400.000 so‘m pulni betini bez qilib o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ammo o‘g‘rining nos shishasi moshin saloniga tushib qolgan. Nos shishaning og‘ziga qog‘ozni o‘rab tiqin qilgan ekan. O‘sha qog‘ozni yoyib ko‘rishsa, M.A degan odamning uyiga kelgan qarz to‘lov talabi yozilgan xat ekan.

M.A.ning uyiga borib, nos shishadagi barmoq izi bilan solishtirishsa, o‘g‘ri u bo‘lib chiqdi. Milisa bola yoqasidan ushlab bir silkitgan edi, darrov bo‘yniga oldi.

Uyatsiz, yaramas, bezbet o‘g‘ri. Lekin pulni rasxo‘d qivoribdi, ipplos. O‘g‘ri qamag‘da. E nos chekmay xannasa bo‘l.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahri IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinsiy tarbiyasizlar

Xalqaro islom akademiyasi doktoranti Muzaffar Joniev degan bir isqirt stukach baxil o‘sha vaqtlarda olim Andrey Kubatinga tuhmat qilib ustidan yozib berdi. Shu malyava asosida Kubatin qamaldi. Qiynoqlardan sog‘lig‘ini yo‘qotgan Kubatin o‘ldi.

U isqirt esa yashab yuribdi kislorodni xarjlab, deb yozsam, Hasan aka Toshtemirov: “Gapiramiz, qo‘yamiz. Qodiriylarni otganlar urug‘- aymoqlari bilan hozirgacha rohat-farog‘atda yashashyapti ! Bundan buyog‘iga ham davom etaveradi”, dedi. Achchiq haqiqat budir aslida. Haqiqatni esa avom emas, ekspertlar aytadi.

Mikrobilogiya va nanotexnologiya haqida soha bilimdoni gapiga quloq solinadi. Boshqalarning bu sohadagi fikri yarim chaqaga arzimaydi. Ahmoqlarning ko‘pligi hech narsani bildirmaydi. 35 millionta ahmoq qator tizib qo‘yilsa, 35 million ahmoq bo‘ladi.

Shu hafta davomida erinmagan mardum Alloh bergan nafasni bo‘shiga sarflab, “jinsiy tarbiya kerak emas”, deb baqirdi. Bularga Oliy Majlis Senati raisi Norboeva xonimning jinsiy tarbiya haqidagi gapi yoqmabdi. O‘zim kal – ko‘nglim nozik, degani bu.

Bu baqiroqlarga qarata bilgich akamiz Shuhrat Rasul mana bunday deb yozdi:

“Nomdor blogerlardan tortib (ijtimoiy fikr liderlari) hech kim tanimaydigan profil egalarigacha, qariyb absolyut ko‘pchilik bilan Tanzilla Norboevaga qarshi «biz o‘zbeklarga hech qanday tenglik, hech qanday ko‘rinishda kerak emas», degan mazmunda katta kampaniya boshlanibdi. Bu kompaniya samarqandlik erning o‘z xotiniga yillar davomida misli ko‘rilmagan ZO‘RAVONLIK qilgani uchun JINOIY JAVOBGARLIK IShI SUDDA KO‘RILAYoTGAN BIR PAYTDA BOShLANGAN.

O‘zbekiston oilada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik qilish bo‘yicha dunyoda ENG QOLOQ DAVLATLAR QATORIDA SANALADI. Biz bu sohada qo‘shni Afg‘oniston, Pokiston kabi gender tolerantligi mutlaqo yo‘q bo‘lgan, konstitutsiyalariga ayollarni kamsituvchi, ularning huquqlarini poymol qiluvchi normalar kiritgan (o‘rta asrchilik) davlatlardan uncha ham uzoqlashmaganmiz. Biz O‘ZBYeKLARGA NIMA KYeRAK O‘ZI? Demokratiyaning FUNDAMYeNTAL USTUNLARIDAN BIRI BU JINSLAR O‘RTASIDAGI TYeNGLIK, AYoL KIShINI HAM INSON DYeB TAN OLISh EMASMI? Biz ijtimoiy munosabatlari «TOSh DAVRIDA» qolib ketgan, ayollarning hatto ko‘chaga chiqishiga ham ruxsat bermaydigan (faqat eri bilan chiqishi mumkin) bir to‘da ARAB va forsiyzabon davlatlarga havas qilishimiz kerakmi? Biz TURKIY ELMIZ, TARIXAN BIZDA ISLOM DINI HAR DOIM JINSLAR O‘RTASIDA, BARChA BOShQA MUSULMON XALQLARIDAN FARQLI , O‘ZINING TOLYeRANTLIGI, AYoLLARGA NISBATAN ALOHIDA HURMATI BILAN AJRALIB TURGAN. Bazi bir hovliqmalar o‘z postlarida «ana endi oila ham yo‘q bo‘ladi, fohisha bosib ketadi, hamma lezbi va geyga aylanadi», deb yozishmoqda ekan, bunday deformatsiyalashgan umumlashmalar berish ularning SAVOD darajasi qanday ekanligini ko‘rsatadi”.

Matn parchasi tugadi (imlo saqlandi), endi o‘zim qo‘shimcha qilsam.

Dubay, Hindiston, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarni mo‘r-malaxday bosgan o‘zbek jalablar o‘ta chegarasizligi bilan farqlanadi. Istasangiz qulog‘iga ham qildiradi. Barcha viloyatlar, xususan, Xorazmdan chiqqan qizlar. Endi odno, tik tok, insta va boshqa tarmoqdagi o‘zbek bolachalari leksikasiga bir qarang, man'naviyatchi opoqilar. «Kuni», «Oral», «Anal» bo‘lib yotibdi.

Yo‘q yerdan o‘zlaringga teplitsa yasab olmanglar. Bu bolalar onasinikidan tushayotib, o‘sha tushgan joyini selfi qiladigan avlod. «Vooooy doooood, maktabda «jins» degan so‘zni ishlatsak, tarbiyasi buzilaaaaaadiiii», deb yoqa yirtmanglar, iltimos.

O‘xshamay qolyapti. Oldin aytganimdek, Afg‘oniston, Somali kabi davlatlardan boshqasida maktablarda jinsiy tarbiya darsi o‘tiladi.

Endi «Biz uyatchanmiz, ota bobo tuda-suda», deydiganlarga aytadigan gapim. Hali ancha oldin 1082 yilda ulug‘ pedagog Kaykovus «Qobusnoma» degan kitobida xotin bilan qanday yotish yoki ayollarning erkaklarga qanday berishi haqida yozgan. Kitob 9 yoshida bo‘lgan G‘ilonshoh va uning tengdoshlariga atalgan edi.

Bundan tashqari, Buxoro amirligida «Lazzatul niso» degan kitob orqali yosh avlodga jinsiy tarbiya berilgan. O‘shaningchun, dod solsangizlar qarg‘alar kulyapti, xolos.

Bolani 13 yoshida tug‘ib qo‘yib sotishga chiqaryotganlar haqida kunora yozaverib qo‘lim qavardi. Bu aynan jinsiy tarbiya yo‘qligi masalasidir. Bu gaplarim qat'iy va nafsilambirdir.

Bunga qo‘shimcha sifatida tarmoqning o‘zbek segmentida “Asalhoney” taxallusi bilan intim suhbatlar olib boradigan Asal Xo‘jaeva Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasiga chaqirtirilib, “o‘zbek xalqidan” kamera oldida uzr so‘rattirilganini aytsam.

O‘zbekiston qonunlarida hovuzda suvga tushgan tasvirini qo‘ygan yoki ichki kuylakni reklama qilganlar jazolansin, degan band yo‘q.

IIBga olib kelinib, izza qilinib “o‘zbek xalqidan kechirim so‘ratish”, degan jazolash turi ham O‘zbekiston qonun-qoidalarida nazarda tutilmagan. Chechenistonda emasmiz.

Umuman, IIV xodimlari O‘zbekiston konstitutsiyasining VII bobi, ya'ni “shaxsiy huquq va erkinliklar haqida»gi bobini o‘qib qo‘ysa, xalaqit qilmaydi. Shu bobning 25-moddasida “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega”, deb yozib qo‘yilgan.

Umuman, IIV diniy radikal kayfiyatdagi konservativ kuchlar bosimi ostida qolib mamlakat konstitutsiyasi va qonunlarida ko‘zda tutilmagan shaklda vatandoshlarni ommaviy izza qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Bir vaqtlar chiroyli qizlar gulxanlarda jodugar deya yoqilgan Yevropada erotik bloger va pornoaktrisalar bugunga kelib jamiyatning faol a'zolari hisoblanadi.

1987 yili pornoyulduz Chichcholina (haqiqiy ismi – Anna Ilona Staller) parlament deputati bo‘lgan edi.

Bobojonovning mirshablari bemalol Eron islom respublikasida ishlashga tayyor. O‘zbek milisalarining hammasini vaziriga qo‘shib poezdga solib Eronga yuborvorsak, baxtimiz tugal bo‘lardi. Qancha byudjet puli iqtisod qilinardi.

Endi 18 noyabr kuni yana bir asalxon yalang‘och tanasiga o‘zbek bayrog‘ini o‘rtib mayram qilibdi.

1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston parlamenti mustaqil O‘zbekistonnng yangi bayrog‘ini qabul qildi.

Sahnaga turli bayroqlar namunasi qo‘yildi.

Aksariyati kolxoz raislari, sutsog‘ar va cho‘lquvar bo‘lgan, hali cho‘ntagida har ehtimolga qarshi KPSS partbiletini saqlab o‘tirgan nomenklatura vakillari bayroq tanlashayotganligining o‘zi bir komediya edi.

Atigi bir necha oy oldin ular bayroq g‘oyasiga mutlaqo qarshi edilar.

Masalan, 1989 yilda «Ësh leninchi» gazetasida «Birlik» nizomi e'lon qilindi.

Bu nizomda O‘zbekistonning o‘z bayrog‘i bo‘lishi kerak, deyilgan edi.

Nizom chop qilinishi yuzasidan muxolifat va hokimiyat olib borgan ko‘rpa osti munozaralarida hukumat tarafi nizomdan bayroq haqidagi jumla olib tashlanishini talab qildi.

Muxolifat yetakchilari ham umumrespublika gazetasida nizom chop qilinishining targ‘ibiy ahamiyatini o‘ylab hukumatning talabini bajarishdi.

«Ësh leninchi» gazetasida 1989 yil kuzida 150 ming tirajda chop qilingan nizomda bayroq haqidagi gap yo‘q edi. (Bu ishdan rozi bo‘lmagan Abdurahim Po‘latovning isyon qilgani boshqa bir mavzu)

Yana 1991 yilga qaytamiz. Kechagina mustaqillikning ashaddiy dushmani bo‘lgan komfirqa kotibi Karimov «ko‘kragiga mustaqillik shamoli tegib baxtiyor bo‘lgani haqida» aljirashni endi boshlagan bir payt edi.

Parlament sahnasida turgan bayroq namunalari yoniga Erk» demokratik partiyasi raisi, o‘sha paytda parlament deputati bo‘lgan Muhammad Solih yana bir bayroqni olib kelib ildi.

Bu yo‘l-yo‘l bayroq Turkiston bayrog‘i edi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, bu bayroq Qo‘qon muxtoriyati bayrog‘i bo‘lgan.

Professor V.Trembitskiy tadqiqotiga ko‘ra, bu bayroq uch turk imperiyasini tamsil qilgan oq qizil va norinj ranglardan iborat. Bayroqni to‘rt tarafdan o‘ragan ko‘k hoshiya esa ko‘kturklar ramzi o‘laroq tamsil qilingan. 9 ta yo‘l esa Turkiston tarixidagi 9 davlatga ishora qilgan.

Muhammad Solih parlament spikeri Shavkat Yo‘ldoshevning qoshi chimirilganiga qaramasdan, bayroqni sahnaga namoyishkorona ilib qo‘ydi.

Zaldagi kolxoz raislari-yu sutsog‘ar va cho‘lquvarlar nazarida «muxolifat yana bir baloni» boshlayotgan edi. Chunki hammaga no‘mir ikkinchi bayroqqa ovoz berish (hozirgi bayroq) topshirilgan edi.

Bu olomon nazarida Muhammad Solih radikal va Erkin Vohidov mo‘'tadil edi.

Shu bois parlament Erkin Vohidovning bayroqiy nutqini yer tepsinmay tingladi.

Mo‘'tadil Erkin Vohidov Turkiston bayrog‘i ta'rifiga so‘z aytar ekan, millatning qadim ildizlari va eski timsollari borligini cho‘lquvarlarga anglatmoqchi bo‘ldi.

«Biz bugun paydo bo‘lgan millat emasmiz. Bizning eski tug‘ va sanjoqlarimiz bor. Yangi bayroq yasashga ehtiyojimiz yo‘q. Turkiston bayrog‘i uchun ovoz beringlar, zotan bu bayroq bolsheviklar tarafidan yiqitilgan Turkiston muxtoriyati bayrog‘i edi. Qolaversa, bu bayroq asir millat bayrog‘i sifatida chet elda Turkistonni tamsil qildi. Biz chukcha yoki evenklar emasmiz. Biz qadim millatmiz va biz qadim bayrog‘imizni ko‘taraylik», dedi Erkin Vohidov.

Ammo parlamentdagi sutsog‘ar va cho‘lquvarlar zehni bu ma'lumotni hazm qila olish darajada ilg‘or emas edi. Ular bor-yo‘g‘i buyruq bajarishga odatlangan mexanizmlar edi, xolos.

Shu bois, hech bir jihatdan millat ruhini ifodalamagan, o‘zlari o‘ylab topgan bayroqni tanlashdi. Oradan 30 yil o‘tib bu bayroq asalxonlarga lozim bo‘ldi.

Xullas, Usta Gulmat yozganidek, bayroqni ishton qilgan suluvlarning nozi mo‘llog‘on davr.

Kelur ikki suluv, ah-ah, nozlari mo‘llag‘on erdi,

Biri g‘uncha edi paqqos, biri sal gullag‘on erdi.

Xudo urg‘on esa bizni ki yoshlikdin bujur aylab,

Bu ikkovni yasab silliq egam ham qo‘llag‘on erdi.

Hayit ayyomida adras alarni zap ochibdurki,

Ko‘zim o‘ynab, yonib o‘pkam, tamog‘im cho‘llag‘on erdi.

Tabassum qilsa deb zora hayitlik bersam olmaylar,

Alar balki tabassumin tongdayoq pullag‘on erdi.

Ketlarig‘a tikilsam lol dedi aqlim qidir iymon,

Buzuq o‘ylarni lek shayton boshimg‘a do‘llag‘on erdi.

Alar yulduz axir, Gulmat, na qo‘l yetg‘ay, na pul yetg‘ay,

Sani taqdir tamoshshoga shunchaki yo‘llag‘on erdi.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
24 iyun 2019
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi faol, 2-guruh nogironi, 43 yashar Dildora Boymurodova norozilik namoyishiga chiqish haqidagi bildirgisiga viloyat hokimligidan ...
23 noyabr 2016
Avvaliga ijtimoiy tarmoqda feyk akkauntlar orqali tarqalgan, Gulnora Karimovaning o‘lgani yoki tirikligiga oid xabarlar tezgina o‘zini jiddiy deya sanagan ...
5 avgust 2022
Bugungi juma va'zini qisqa yangilikllar bilan boshlasam. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 2 avgust kuni zavod ishchilaridan biri bo‘lgan ...
11 oktyabr 2016
Toshkentlik general Jo‘rabek tarafidan 1897 yilda qurilgan, o‘tgan yilgi yong‘in natijasida yaroqsiz holga kelgan «Jo‘rabek» masjidi «Marhum Yurtboshining kenja ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...