Muzlayotgan O‘zbekiston: Konstitutsiya mahallasida 12 yildan buyon gaz yo‘q
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi Konstitutsiya mahallasida 500 xonadon bor. Uylardan chiqayotgan tutundan esa ko‘chada nafas olib bo‘lmaydi.
«Hamma topganini o‘tin qilib yoqmoqda», dedi 25 noyabr kuni «Eltuz»ga video jo‘natgan mahalla turg‘uni.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mahallada 12 yildan buyon tabiiy gaz yo‘q. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi shahar gaz idorasiga borsa, unga byudjetda pul yo‘qligini bildirishgan.
Dang‘aradan mahallaga gaz tortib keltirish uchun 1,5 mlrd so‘m kerak.
Mahalla turg‘unining «Eltuz»ga aytishicha, mahallani gazlashtirish dasturiga kiritish 2017 yildan buyon va'da qilinadi.
Oldingi yillar mutasaddilar mahallaga gaz keltirish 2020 yilga belgilanganini bildirishgan edi.
Bu yilga kelib mahalla 2023 yil dasturiga kiritilganini aytishgan.
Eltuz.com