• Foto: Uzreport
Asosiy mavzular
3 dekabr 2020

O‘zini yoqqan ayolning onasi hamon hokimdan yordam kutmoqda

Namanganning yangi hokimi Shavkat Abdurazzaqov MIB xodimlari tomonidan uyidan chiqarilishiga norozilik sifatida o‘zini yoqib halok bo‘lgan Gulandom Dadaboevaning onasi va bolalariga bergan va'dasini hunuz bajarmadi.

O‘zbek internet saytlari Namangan hokimi marhumaning oilasiga ko‘mak bermoqchi ekanligi, ikki bolasini otaliqqa olgani haqida xabarlar tarqatgandi. 

“Eltuz” bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida marhumaning yaqinlari va hokimlik vakillari bilan bog‘landi. 

Gulandom Dadaboevaning onasi uy muammosi hali-hamon o‘z yechimini topmagani, hokim bergan va'dasining ustidan chiqmaganini bildirdi.

– Uyni sotgan bola qochib yuribdi, – dedi marhumaning onasi Muhabbat Dadaboeva. – Uy muammosi ham hali bartaraf etilgani yo‘q. Hokim kelib ikki nabiramni ikki yoniga olib rasmga tushdi. U qilaman, bu qilaman, yordam beraman, dedi. Ammo shu bo‘yicha yo‘q bo‘lib ketdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimlikka ikki marta borib, rahbarning yordamchisi bilan gaplashgan. Yordamchi esa barcha gaplarni hokimga yetkazishga va'da bergan. Lekin hunuzgacha hech qanday ijobiy natija yo‘q. 

“Hatto Saida Mirziyoeva ham bu oilaga yordam qilinadi, deganiga katta umid bog‘lagandim. Hammadan ham hokimdan ko‘nglim qoldi. Balki yuqoridagilar hokim rostan shu ishni qildi, oilaga ko‘mak berdi, bolalarni otaliqqa oldi, deb o‘ylar. Yo‘q, hokim hech qanaqa amaliy yordam ko‘rsatmadi”, dedi marhumaning onasi.

“Eltuz” muxbiri bilan gaplashgan hokimlik vakili Muhabbat Dadaboevadan hech qanday murojaat kelib tushmagani, bu bo‘yicha ma'lumot taqdim etolmasligini aytish bilan cheklandi. 

“Eltuz” joriy yilning 29 sentyabr kuni uy masalasi ustidagi tortishuv oqibatida Namangan shahrining Bog‘i Eram ko‘chasida yashovchi 35 yoshli Gulandom Dadaboeva MIB xodimlari oldida o‘zini yoqib yuborgani haqida yozgandi. 

30 sentyabr kuni esa u shifoxonada vafot etdi. Bu voqea o‘zbek internet segmentini larzaga keltirgandi. Marhuma ikki o‘g‘li va onasi bilan o‘sha mojarosi yechim topmagan uyda yashardi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 sentyabr 2018
Bir guruh o‘zbek ziyolilari 25 sentyabr kuni marhum o‘zbek shoiri Rauf Parfining 75 yillik yubileyini o‘tkazish uchun Toshkentdagi «Shosh» ...
16 noyabr 2023
14 noyabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tizimda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nuqt ...
14 dekabr 2015
Malohat Eshonqulova Eltuz.com Ular “Do‘stlik” tuman sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari edi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay ular, erta ...
10 may 2019
Magnitni birinchi marta ushlab ko‘rganimda, bir tomoni tortishi va yana bir tomoni o‘zidan itarishini o‘zim uchun kashf qilgan edim. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...