Asosiy mavzular
16 fevral 2021

Bir soatlik xalifa

Rasmdagi nomi chiqqan bloger. U doim so‘kong‘ich hokimlarni hajv qiladi. Eshikdan bir odam kirib keladi.

«Uka, men o‘sha siz urib chiqqan hokimman. Sizdan iltimos, ertaga ertalab ikki soat mening o‘rnimga o‘tirib ko‘ring. Bu bir eksprement bo‘ladi sizga».

Mana, bloger ertalabdan X viloyati hokimining o‘rnida o‘tiribdi. Qabul boshlandi. Eshik ochilib, bir otaxon kirib keladi.

– Men nemislar bilan urushib, seni osmoningni musappo qilganman. Menga uy ber.

Kompyuterda tekshirib ko‘rilganda otaxonning urush tugaganidan 5 yil o‘tib tug‘ilgani, o‘g‘irlik va firibgarlik bo‘yicha ikki marta qamalgani ma'lum bo‘ladi

– Otaxon, oldingi ikki hokimdan uy olib, bittasini sotvoribsiz, yana bittasini kartaga yutqazibsiz.

Cho‘ntagidan to‘pponcha olgan otaxon osmonga qarab o‘q uzadi:

– Pidarras. Men Berlinda nemisni o‘ldirganman, san hokim bo‘lib tinch o‘tirgin deb. Portalga yozaman, onangni sani…

Navbatdagilar kiradi. Ikkita devday yigit 90 ga kirgan, ko‘zi yoshlanib oyog‘ida zo‘rg‘a turgan kampirni ikki yelkasidan ushlab olib kelishadi.

«Davay, onaxon, duo qiling hokimni».

– Iloya tutganing oltin bo‘lsin, bolam…

– Muddao.

– Karochche, biza bu tabarruk hoji onaning voyaga yetmagan nevaralarimiz. Otamiz Rossiyada¸ onamiz Turkiyada.Bizadan xavar oladigan hech kim yo‘q. Posobiya bering, oka.

Kompyuterda tekshirib ko‘rilganda «bolalar»ning yoshi 25 va 28 da ekani ma'lum bo‘ladi.

– Ishga joylasam bo‘ladimi g‘isht zavodiga?

– Oka, ish bizaga to‘g‘ri kemiydi. Shu posobiya beraqoling.

– Yo‘q.

Devlar kampirga signal berishadi. «Davay, babushka. Ataka».

Kampir birdan tirilib, blogerni karate qilib tepadi. «Iyayayaaa!» -«Portalga yozamiz san jalapni ustidan» Kadrda soat strelkasi aylanayapti. Ish grafigi rejasida o‘tiizinchi arzgo‘y nomi yoniga ishorat ko‘rinadi.

– Kredit bering.

Kompyuterda tekshirib ko‘rilsa, bu odamning nuqul kredit olib to‘lamay, odamlarni kafil qilib kidat qiladigan firibgar ekani ayon bo‘ladi.

– Berilmaydi!

– Kredit ber, ipplos .

– O‘zing ipplos, tvar.

– He onangni seni hokim. Men to‘lagan nalogni yeb semirib ketdingmi? Kadrda bloger arzgo‘yni yoqasidan olib yerga yotqizib tepkilaydi. Kimdir buni videoga olyapti. Saytlarda bosilgan maqola sarlavhalari: “Hokim arzgo‘yni do‘pposladi!”

– Eh, bloger, qo‘limga tushsang o‘ldiraman!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 iyul 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning o‘z o‘tmishdoshi Islom Karimov davrida ishdan urilgan rahbarlarni qayta lavozimlarga tayinlash siyosatiga darz ketdi. Bu siyosatning ...
4 noyabr 2021
O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi o‘qituvchilarni kelgusi 2022 yil uchun gazeta va jurnallarga obuna qilish kampaniyasini boshladi. «Eltuz» suhbatdoshlari bu ...
23 yanvar 2017
Prezident «puf» degandan keyin tadbirkorlar va ishbilarmonlar gazetasi bo‘lmish «XXI asr»ga (19.01) jon kirayotgandek bo‘ldi. Ha yo‘q, be yo‘q, ...
21 oktyabr 2015
Bir kun internetsiz yashadim. Yashasa bo‘lar ekanu, ammo juda qiyin, judayam qiyin. Kecha kechki payt ishdan kelib noutbukni yoqsam ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...