Asosiy mavzular
4 may 2021

Avtobus-4. Katyusha

“Abdulla G‘arip Prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining uchinchi qismini taqdim etadi.

Avtobusni traktor shatakka olgan. Yo‘lovchilar asabiy.

Abdulla G‘arib: G‘ildirak zakaz qildim Xitoyga. Qarzga gaplashdim.

Chol: Bu Xitoy degani bitta g‘ildirak qarz berdim, deb olti oydan keyin avtobusimizga ega chiqadi.

Mulla: Xitoyga shak keltirmang. Ilm Xitoyda bo‘lsa ham borib oling, deyilgan.

Olifta: Biz ilm emas, g‘ildirak olmoqchimiz. O‘zi bitta g‘ildirak. Uyam qarz.

Xonimchi ayol: Mo‘ylovning nachalnigi Shovvozsoyda qasr qurguncha zapas g‘ildirak olib qo‘ysa bo‘larmidi?

Abdulla G‘arib: Hozircha bizni traktor shatakka tortib turaqolsin.

Konduktor: Bo‘ldi qilinglar, avtobusni boshqarish siyosatini muhokama qilishga nima haqlaring bor! Boshqa avtobuslarda muammo yo‘qmi? Vengriyaning «Ikarus» avtobusi yoki Germaniyaning avtobusi muammolarini muhokama qilinglar. G‘ildiragi teshilgan boshqa avtobus yo‘qmi?

Abdulla G‘arib: Mana, shatakka olinib bo‘lsa ham ketyapmiz-ku. Bizga xudo bergan bu avtobusni.

Mulla: Barakalla. G‘ildiragi teshik avtobusda yurish peshanamizga yozilgan. Rozi bo‘laylik. Sho‘pir xudoning yerdagi soyasi.

Ko‘zoynak: Eh, avtobus! Sening kuning kimlarga qoldi?

Musaev: (original ovoz)

Abdulla G‘arib: Telefonda gaplashadi:

Da, kaneshna. Kaneshna. Spasibo. Hurmatli avtobus xalqi, bizani tortib ketayotgan traktor sho‘pirining tug‘ilgan kuni ekan. O‘shanga ashula aytinglar, dedi.

Konduktor: Albatta, aytamiz. Bu traktorchi o‘ris bizani sudramasa, qanday sudralamiz? Aravasiga tushgandan keyin ashulasini ham aytasan.

Ko‘zoynak: Nega biz birovning qo‘shig‘ini aytishimiz kerak?

Ismat: (original ovoz) Bu gapni katta xolangga aytasan.

Xonimchi ayol: Katta xolang uyingda, o‘shangga ayt. Undan ko‘ra xonim olib ye.

Mulla: Sabr qilinglar. Boshliqqa itoat joiz. Qo‘shiq aslida yomon emas.

Abdulla G‘arib knopkani bosadi: Hamma ashula aytsin!

Gulga to‘ldi olmayu noklar,

Daryo uzra tumanlar suzgay.

Yugurgin, ey, kel beri, katyusha,

Barcha sevgan el biri, katyusha.

Ma, Vasila, minib yur ko‘ktoy,

Vasilalar qo‘shiq aytdilar,

Eshak minib ortga qaytdilar.

Yugurgin, ey, kel beri, katyusha,

Barcha sevgan el biri, katyusha.

Konduktor qizil bayroq ko‘taradi: Yashasin bizni shatakka olgan traktor! Abadiy tirillasin!

Mulla: Manavi ko‘zoynak qo‘shiq aytmay muxlovat qildi.

Musaev: (original ovoz)

Xonimchi ayol: Aslida qo‘shiqning traktorchiga aloqasi yo‘q. Katya degan qiz daryo bo‘yida yo‘ldan ozib ketgani haqida. Men berilib aytdim.

Olifta: Rosa berildingmi? (Kulgi)

Ko‘zoynak: Baribir birovning qo‘shig‘ini aytmayman.

Chol: Aytasan, nimayam qilarding. Yana kamida 30 yil aytasan.

Yugurgin, ey, kel beri, katyusha,

Barcha sevgan el biri katyusha.

(G‘ala-g‘ovur boshlandi. Haydovchi tugmani bosadi. Musiqa yangraydi)

Tag‘in o‘qing
12 oktyabr 2018
Jenevaning Lombard Odier banki seyflaridan topilgan va Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytilayotgan qimmatbaho zargarlik buyumlarining qiymati 38 million frankka ...
28 aprel 2016
«XXI asr» gazetasi O‘zbekiston prezidentining Vazirlar Mahkamasining 2015 yil yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor ...
30 iyul 2016
Ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbek segmentiga xos illatlardan biri, biror maqolada millat turmushidagi nuqsonlar tanqid qilinayotgan payt, chet ellarda bundan yomonligiga ...
21 aprel 2021
Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning «Imperativ» kitobi «Eltuz» muxlislariga muallifning o‘zi o‘qigan audiokitob tarzida yaxshi tanish. Bugun «Eltuz» taniqli ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...