Asosiy mavzular
7 may 2021

RTdan va'z: Mustaqillik dushmanlari O‘zbekistonda paytavalarini yuvmoqda

Zihi davroniy, Farxunda nishoniy.

Zamon o‘ldi – O‘rusiya zamoni.

Furqat

Hormang, Ramazon oyida ro‘zalarni tutib, qalblari iymon nuriga to‘layotgan aka-ukalar, opa-singillar. Mana, muqaddas oyning oxirgi o‘n kuni ham o‘rtalab qoldi. Qilgan ibodatingiz, xayru saxovatingiz qabul bo‘lsin, azizlarim!

O‘zbekistonda ro‘zai ramazon ifori o‘tgan hafta o‘zgacha bo‘ldi. Bir yonda xayru ehsonu tarovih namozlari, ikkinchi yonda Toshkent qoq markazida yovuzlik timsoli bo‘lgan imperiya – SSSRning qizil bayrog‘i hilpiradi. 

Tanishing, maydonga to‘planganlar O‘zbekistondagi beshinchi kolonna. Ularni propagandon yoki vatnik ham deb atashadi. “Beshinchi kolonna” atamasi, Kreml hayroni bo‘lgan o‘zbek vatniklari, O‘zbekistonda tobora kuch olayotgan Rossiya sharpasiga haliroq to‘xtalaman.

Va'zimni odatdagiday qisqa xabarlardan boshlasam.

Qisqa xabarlar 

Birlashgan Arab Amirliklarida alkogolli ichimlik ichish va nikohsiz birga yashashga ruxsat berildi. Ilgari mamlakatning ko‘plab hududlarida alkogol bilan ushlangan yoki alkogolli ichimliklarni litsenziyasiz sotadigan har bir kishi javobgarlikka tortilishi mumkin edi.  Bu amirlikning musulmonlarga ramazon tuhfasi bo‘ldi. Faqat 21 yoshga to‘lganlar bu imtiyozdan foydalanadi. Jinsiy hayotni esa 14 yoshdan boshlashga izn bo‘ldi.

O‘qituvchi va o‘quvchisevar millat

Qashqadaryoning Kasbi tumanida prokuratura maktab muallimi o‘quvchisining qarindoshlari tarafidan kaltaklangani voqeasini o‘rganyapti.

26 aprel kuni Kasbidagi 50-maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Lobar Ergasheva o‘quvchisiga dakki bergani uchun o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangan.

O‘qituvchi homilador ekan. Lekin bolasi tushgani yo‘q.

O‘qituvchiyam bolaga ikki shapaloq tortgan ekan, janjal shundan chiqqan, deydi maktab direktori. O‘qituvchisevar va o‘quvchisevar millatmiz!

Kelinsevar millat

Surxondaryoda esa qaynaka uy-joy talashib, kelinni kaltakladi.

Kelin sudga ariza yubordi. Holat yuzasidan surishtiruv boshlandi. Kelinsevar millatmiz, mashalloh!

Ofarin, Izzat Mirzaev!

Buxoroda yashovchi 51 yoshli ayol «og‘ir oilaviy sharoit» tufayli qurilishi tugallanmagan uyning 8-qavatidan sakramoqchi bo‘ldi.

Buxoro shahri IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori Izzat Mirzaev o‘z joniga qasd qilishning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rdi.

Ayni paytda ayolga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

Bo‘larkan-u, mirshab akalar! Ofarin, Izzat Mirzaev! Bobojonovga ham tasanno!!!

O‘zbek qadr-qimmati

Tomsk migratsiya xizmati xodimlari O‘zbekiston fuqarosini kaltaklashdi. U, shunchaki, nima uchun haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatishi kerakligini so‘ragandi, xolos.

O‘zbek yigiti avvalroq pasportini migratsiya xodimlariga ko‘rsatgan edi.

Biznikilar Katyushani aytib, Farhod bozorida raqsga tushaverishsin, ammo hech narsa o‘zgarmaydi. Biz o‘rislar uchun «churka» bo‘lib qolaveramiz.

5-kolonna

1 may kuni Toshkent markazidagi Xalqlar do‘stligi maydonida rossiyalik “Xor Turetskogo” va “Soprano” guruhlarining «G‘alaba qo‘shiqlari» kontserti o‘tkazildi.

“Rossotrudnichestvo”va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi  uyushtirgan kontsert chog‘ida SSSR bayrog‘i ko‘tarildi.

Kontsert Rossiyaning qator rasmiy idoralari, shuningdek, O‘zbekiston hukumati qo‘llovi bilan bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirga kelganlarning aksari beshinchi kolonna vakillari edi.

Avvaliga beshinchi kolonnaning nimaligini tushuntirsam.

Ikkinchi jahon urushi yillarida turli mamlakatlarda fashistlarning agenti bo‘lganlarni “beshinchi kolonna” deb nomlashgan. Beshinchi kolonnachilar nemis qo‘shinlarining ushbu mamlakatlarni egallab olishiga yordam berganlar.

Bugungi kunda beshinchi kolonna atamasi o‘zining klassik ma'nosini birmuncha yo‘qotgan. Hozirga kelib SSSRni sog‘ingan, O‘zbekiston mustaqiligini SSSR kabi tuzilmaga almashtirishga tayyor turni, Putinsevar vatniklarni ham beshinchi kolonna, deb atash mumkin.

Shu o‘rinda tahlilchi Anvar Nazir fikrlariga quloq tutsak:

«Rossiya elchixonasi bizda alohida imtiyozlarga ega, masalan, har qanday farmonga tupurish kabi imtiyoz. O‘zbekiston davlati esa ushbu imtiyozni so‘nggi uch yil ichida Rossiya elchixonasiga bergan. Va eng ko‘zga tashlanadigani, bizning davlat, rasmiy Putinning davlat mafkurasini ham keng targ‘ibot qilishga mana shunaqa imtiyozlarni yaratib bermoqda. Qisqasi 9 may yaqinlashmoqda, g‘alababesiya-pobedabesiya degan kasal qo‘zg‘ab kelmoqda. Har yilgi may oyida yuz beradigan jinlar bazmi. Faqat borgan sari bunaqa tadbirlar ulkanlashib bormoqda va mahalliy rasmiy mafkura ham shunaqa sovetparastlikni ichiga olmoqda. Shunisi eng katta xavf».

Anvar Nazir aytganidek, rus bosqinchi propagandonlari kelganda o‘zbek qonunlari ishlamay qoladi.

KO‘NGIL

Ko‘ngil, sen munchalar nega

Kishanlar birla do‘stlashding?

Na faryoding, na doding bor,

Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og‘ritmas,

Tubanlik mangu ketmasmi?

Kishanlar parchalanmasmi,

Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o‘lmagansan,

Sen-da odam, sen-da insonsan;

Kishan kiyma, bo‘yin egma,

Ki, sen ham hur tug‘ilg‘onsan!..

Rauf Parfi muxammasi

Kremlning KiSkaSshey”i Toshkentda

Toshkent markazida SSSR bayrog‘i ko‘tarilgan kundan ikki kun o‘tib, poytaxtga rossiyalik teleboshlovchi Dmitriy Kiselyov keldi.

Kiselyov Rossiya telekanallarining bosh targ‘ibotchisi sifatida tanilgan.

Kiselyov 3 may – Jahon matbuot erkinligi kuni Toshkentda Rossiya OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mediaforumda ishtirok etish va o‘zbek axborot-tahlil dasturlarining boshlovchilari uchun mahorat darslari o‘tish uchun keldi.

Dmitriy Kiselyovning Toshkentga kelganiga e'tibor qaratgan bloger Otabek Bakirov uni «Gebbelsdan ham o‘tadigan propagandachi”, deb atadi.

Kiselyov Rossiya targ‘ibot mashinasining to‘rt g‘ildiragidan biri.

Kremlga qarashli putinparast va fashist targ‘ibotining eng ilg‘or to‘rtligini rossiyaliklar qisqa qilib “KiSkaSShey” deb aytishadi.

Bu qisqartma mana shu to‘rtlikka kirgan to‘rtta jurna-propagandonning familiyalaridan olingan. Ya'ni “KiSkaSShey” qisqartmasi putinparast jurnalistlar Dmitriy Kiselyov, Olga Skabeeva, Vladimir Solovyov va Artyom Sheynin familiyalarining ilk harflaridan tashkil topgan so‘zdir.

Rus tilining nozik jihatlaridan xabari bor o‘zbeklarimiz biladi, bu so‘zning “KISKA” qismi “piska”, “ayollarning jinsiy a'zosi” ma'nosini, “KASShYeY” qismi esa “o‘lmas Kasshey” – “eng yovuz kuch” ma'nolarini anglatadi.

Nega rossiyaliklar bu to‘rtlikni bunchalik yomon ma'no beradigan qisqartma bilan nomlashgan?

Chunki bu to‘rtlikning har bir a'zosi mazlum rus xalqining qulog‘iga lag‘mon ilaverib, oqni qora, qorani oq qilib, zolim Putinni odil prezident qilib ko‘rsataverib, ko‘pchilikning nafratiga uchrab bo‘lishgan.

Bu guruhning asosiy maqsadi rus xalqida Rossiyaga qo‘shni mamlakatlarda yashaydigan barcha xalqlarga nafrat va agressiya uyg‘otishdir.

Dmitriy Kiselyov, Olga Skabeeva, Vladimir Solovyov va Artyom Sheynin degan propagandonlar, ayniqsa, Ukraina va ukrainaliklarga qarshi tajovuzkorlikni tarbiyalashga qattiq bel bog‘laganlar.

Ular Rossiyaning ichki muammolarini yoritishni chetda qoldirib, Ukrainadagi kamchiliklarni bo‘rttirish bilan ovvoralar. “KiSkaSShey” guruhi demokratik G‘arb davlatlariga qarshi ham xuddi shunday targ‘ibot yuritadi.

Mashhur, haqoratomuz va o‘zbeklar yod olib naqorat o‘rniga aytadigan “Geyropa” so‘zi ham aynan mana shu to‘rtlikning ijodidir.

Lekin ertalabdan kechgacha Yevropa va G‘arbni yomonlaganlari bilan bu jirkanch kimsalarning Yevropada villalari, yaxtalari va hattoki bizneslari mavjud.

Masalan, Vladimir Solovyovning Italiyada villasi va restoranlari bor.

Mehnat ta'tiliga chiqishsa, bu muttahamlar o‘zlari maqtaydigan Rossiyaning Yaltasi, Sochisi yoki Gelenjikiga emas, Maldiv orollari, Ispaniya, Portugaliya va Italiyaga borib dam olishadi.

Mana shu  maraz  guruhning yetakchisi Dmitriy Kiselyov bir necha marotaba “Qozog‘iston Rossiyaga SSSR paytida berilgan yerlarni qaytarib berishi kerak”, deb qozoq millatining davlatchiligi bo‘lmaganligi haqida Kreml yozib bergan matnlarni ovoza qilgan edi.

Bundan tashqari, u Markaziy Osiyo ham hamisha Rossyaining qaramog‘idagi yerlar ekanini baralla aytib keladi.

Mana shu irqchi, shovinist, bosqinchi propagandonning O‘zbekiston hukumati tomonidan 3 may – Jahon matbuot erkinligi kunida Toshkentga olib kelinishi va sayrattirilishi bugungi o‘zbek hukumatining rus bosqinchiligi targ‘ibotiga ham, bosqiniga ham aslo qarshi emasligidan, aksincha, juda hursandligidan nishonadir.

O‘tgan yili muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihning o‘z videochiqishlaridan birida aytgan gapi rost: «Aftidan, O‘zbekiston rahbariyati allaqachon O‘zbekistonni Vovka og‘asiga pullab bo‘lgan».

Kiselyovning Toshkentga bemalol kelib, yastanib nutq irod qilganiga qaraganda, muhtaram prezidentning O‘zbekistonni Rossiyaning bir gubernyasi deb e'lon qilishiga ozgina vaqt qolgan.

O‘zbekistonda 1 maydan boshlab, kontsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazish taqiqlangan. 

Ammo bu taqiq 3 may kuni Toshkentdagi Yosh ijodkorlar saroyiga to‘plangan yuzlab qatnashchilarning Kiselyov kabi Kreml propagandoni bilan uchrashuviga ta'sir qilmadi. Bir hafta burun prezident Mirziyoev «bundan buyon qonun hamma uchun ustuvor bo‘ladi», degandi. Xullas, zo‘rniki tegirmon yuritadi.

Bu ketishda putinparast boyagi to‘rtlik emas, O‘zbekiston degan davlat “KISKA-PISKA”ga aylanadi.

Ertaklarning eng yovuz qahramoni esa “o‘lmas KASShYeY” emas, O‘zbekiston hukumati bo‘ladi.

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida mustaqillik dushmanlari mamlakatda bemalol paytavalarini yuvmoqda.

Na isyon, na to‘lqin, na to‘fon, na o‘t.

Ko‘zimda og‘ir bir taslim nuri bor.

Ey o‘tli kechmishim, yuzingni berkit,

Senda shaytonlarning haqsiz zo‘ri bor.

Cho‘lpon

Senator pulin sochar, kelin esa ketini ochar

Shu kunlarda aktrisa Saida Saidbekova ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylandi.

Bunga uning televidenie muxbiriga aytgvn bor-yo‘g‘i bir og‘iz gapi sabab bo‘ldi.

Ashnaqa, adajoni senator! Xo‘jayinim oddiy davlat ishida ishlaydi, bo‘lim boshlig‘i. Kelinga ikkita moshina olib berganlar: Malibu va Trailblazer.

Artist keliniga «Malibu» va «Treylbleyzer» «abergan» saxiy senatorning ismi Tolibjon Madumarov.

Tagi «anjanlik.»

Oldin Andijon universiteti rektori bo‘lib, «bunker»lar samarasini ko‘rardi.

Hozir senator bo‘lib korruptsiyaga qarshi kurashyapti.

Ammo kovidga qarshi kurashgan vrachga kovid yuqqani kabi koruptsiyaga qarshi kurashadirg‘on senatorga ham korruptsiya yuqibdi (yuqsin yuqsin).

Bonusiga nepotizm.

Artist kelin abergan o‘g‘lini «do‘lat ishiga» boshliq qib»jaylagan».

Yashavor, senator.

Kiydirib-kiydirib tasha anjanchasiga bu loxlarni.

Yashasin O‘zbekistonni farovon qilgan o‘zbek senatorlari.

Senatorlar bois o‘zbek kelinlari ikkitadan moshinli bo‘ldi.

Tolib aka, men sizga aytsam, sariq tovuq somon sochar, o‘z ko‘tini o‘zi ochar.

Korruptsiyaga qarshi kurashadirg‘on senato‘r akamni, bir anjanlik o‘laroq, ich-ichimdan tushunaman.

Tolib aka maktabda ikkichi emas edi. A'lochi edi.

Institutda ham Lelin istipendiyasi olib o‘qidi.

Biolo‘giya fanini chandon ishtiyoq birlan sevdi.

O‘zbekchilik degan to‘siq bo‘lmaganda Tolib aka biolo‘giya sohasida No‘bel og‘an Aziz Sanjarni ham quvib o‘tardi.

Ammo ro‘zg‘or – g‘or. G‘or bo‘g‘andayam tubsiz g‘or.

Ashinga biolo‘giya fanidan olg‘an dastlabki bilimlardan shoti yasab pul topadig‘on yerga jaylashildi.

Butun respublika VUZlarida bor poraxo‘rlik Anjanda yo‘q deydigan odam mantiqqa shak keltirib, xotini taloq bo‘ladi.

Kursiga egri o‘tirsak ham gapdi to‘g‘risini aytaylik chachamay.

Ammo Anjan tor. Bo‘libam rezinkadan emas.

Ashinga Toshkentga ko‘childi. Anjanlik etaj uyda yashasa diqqato‘ladi.

Eshik kerak. Eshikni narxiga shoti qo‘yibam yetolmaysiz. Yigit moli yo‘lda.

Ana, eshigam tiklandi. O‘g‘lini ishgayam jayladi. Ammo musibat degani senato‘r ekan bu, deb ayab o‘tirmas ekan.

Tolib aka chandon sevgan qizidan ayrildi.

Hech kim parzant dog‘ini ko‘rmasin. Ashinga kelinini qizi o‘rnida ko‘rib siyladi. Yemay yedirdi. Kiymay kiydirdi.

Ko‘chadan bir kap mayiz topsayam abkirib keliniga berdi.

Nimao‘pti ikki moshin. Temir insondan aziz bo‘pqoldimi?

Mehrdi narxi qancha? A, labbay? Koshki qo‘lidan kelsa, Dubay va Ispaniyada ham eshik abersa.

Qancha senato‘rning Ispaniya bilan Dubayda eshigi bor.

Qani imkon bo‘sa, kelinga yaxta, ya'ni xuddi eshikday yasatilgan qayiq abersa.

Kelinni siylabti-ku. Kelinni xorlagan qaynata qancha.

Kelinam artistlik qilib maqtangisi kepdi. Beparasat.

Ko‘rmagandi ko‘rgani qursin.

U tovuq miya kelin bilmaydiki, bu dunyoda yutganing ham, chaynaganing ham o‘zingniki emas.

Paqir degan panada turishi kerak.

Eh Tolib tog‘a, qandoq alg‘ov-dalg‘ov kunlarga qoldik-a!

Ëshliginizda Anjanga ko‘klam kelganda varrak uchirib, lanka tepkaningizda bundoq ko‘rgilik boshinizga tushadi deb o‘ylamagandingiz-a?

Mayli, peshana ekan. Diqqato‘mang, tog‘a. Rassom Tuz yozdim.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Tag‘in o‘qing
25 mart 2024
Salom qadrli muxlislar, shoshilinch xabar. 26 martga o‘tar kechasi soat 24.00 atrofida, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish  vazirligining «Ulush kiritish asosida ...
15 aprel 2016
“Konstitutsion tuzumga tajovuz”, “Qo‘poruvchilik”, “Ta'qiqlangan tashkilotlar tuzish va ularga a'zolik” kabi bir biridan vaximali moddalar bilan ayblangan “Aramais va ...
9 sentyabr 2021
6 centyabrdan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yili boshlandi. Ayni paytda viloyatlardan poytaxtga kelib o‘qiyotgan talabalar uchun turar-joy ...
10 mart 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...