Asosiy mavzular
2 avgust 2021

Xo‘jaylida Abdulla Aripov imzolagan qarorga qarshilar ko‘chaga chiqdi

Separatizm deya talqin qilingan virtual chiqishlari va o‘zbek lotin yozuvi joriy qilinishi bo‘yicha mavjud qonunlarga qarshiligi ortidan nazoratga olingan xo‘jaylilik 48 yoshli Sag‘indik Nurimbetov 16 iyul kuni Xo‘jayli IIB xodimlari uni ko‘chada ushlab ketib qiynoqqa solinganini iddao qildi.

Nurimbetovning «Eltuz»ga bildirishicha, uni Xo‘jayli IIBga olib borishgan. Bir xonaga olib kirishgan va IIBning besh nafar xodimi norozilik aktsiyasi uyushtirganlik aybini bo‘yniga qo‘yish uchun qiynashgan. Oyoqlariga rezina to‘qmoq bilan urishgan.

Nurimbetov iddaosiga ko‘ra, 17 iyul kuni uni Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Aytboy Temirxonovning oldiga olib borishgan.

«Keldim. Kirdim. Aytboy Temirxonov Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri. Meni so‘kdi, “Nega tinch yurmaysan! Sheshengni…”, “onangni…”, deb.  “Senga problema kerakmi? Qizlaringni mashina qoqib ketadi, bolangning boshiga g‘isht tushib ketadi, shuni istaysanmi”, dedi. Men: “Yo‘q, og‘a, istamayman. Boshqa chiqmayman”, dedim. Keyin: “Bo‘ldi, yo‘q bo‘l!” deb ko‘kragimga mushti bilan bir urib stulga o‘tqazib qo‘ydi, Vazirning o‘zi. O‘tirib qoldim», dedi Nurimbetov.

Nurimbetov iddaosiga ko‘ra, uni DXX Terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Nikolay Boboniyozovning oldiga ham olib kirishgan:

“Boboniyozov menga nega mening senga aytgan gaplarimni chiqarib yubording, deb dag‘dag‘a qildi. «Bag‘dodni emas, seni myasorubkadan o‘tkazaman», dedi. Go‘yoki men DXXga chaqimchilik qilgan kabi ovozlarimni yozib oldi», deydi Nurimbetov.

Nurimbetovning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi shu kuni undan tashqari aktsiyaning boshqa ishtirokchilariga bosim ko‘rsatishgan, jumladan, Qirg‘izistondan turib yutubdagi ayirmachilik ruhidagi chiqishlari bilan tanilgan Bag‘dod Ismoilov va Nozli ismli ayolni ham ushlashgan va qiynoqqa solishgan.

«Eltuz» bog‘langan Qoraqalpog‘iston IIV mas'ul xodimi Nurimbetov gaplari haqiqatdan uzoqligini ta'kidladi.

Lekin Nurimbetovning gaplaridan ma'lum bo‘lishicha, ularga biror rasmiy ayblov qo‘yilmagan. Qo‘lga olingan barcha aktsiya ishtirokchilari shu kuni yo ertasi qo‘yib yuborilgan. 

13 iyul kuni Xo‘jayli shahrida o‘nlab kishilar o‘zbek tilining davlat tili bo‘lishiga va lotin grafikasi joriy qilinishiga norozilik bildirib chiqishgan edi.

Nurimbetovning aytishicha, norozilik to‘polonlariga ishsizlik muammosi va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1 iyul kuni imzolagan davlat tiliga oid qaror sabab bo‘lgan. Qarorga ko‘ra, 1 avgustga qadar barcha joylar, ko‘chalar nomlari, terminlar, tashkilotlar, shuningdek hujjatlar va ish qog‘ozlari lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek imlosiga ko‘chirilishi kerak.

Yutub tarmog‘ida 13 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli shahrida shior ko‘targan, ularni tarqatishga kelgan rasmiylarni toshbo‘ron qilishga chog‘langan odamlar aks etgan video tarqaldi. Videoda bir ayol «Uring! Qoraqalpog‘istonda qoraqalpoq tili davlat tili bo‘lib qoladi!» deya xitob qiladi. (Suratda: (chapdan) Sag‘indik Nurimbetov va Bag‘dod Ismoilov).

O‘zbekiston konstitutsiyasi 72-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 iyul 2016
30 yashar O‘zbekiston vatandoshi Munisa Oyxo‘jaeva Turkiyaga kelguniga qadar 128 kilo tosh bosgan edi. Semizlikni hastalik deb bilgan Munisa ...
20 may 2016
O‘zbekiston prezidentining Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni butun mamlakatni «to‘lqinlantirib» yubordi. Har holda ...
17 oktyabr 2020
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi “Do‘stlik” MFYda yashovchi 29 yoshli Farruh Karimjonov uyiga qarzdorlikni so‘ndirishni so‘rab kelgan tuman gaz idorasi xodimi 50 yoshli Qahramon Shomurodovni pichoqladi.  ...
9 aprel 2019
Yaqinda bir hamkasbim yangi tendentsiya, jurnalistlar o‘rniga robotlar kelayotganidan gap ochib qoldi. Bu allaqachon matbuotda qo‘llanilayotgan amal ekan. Dolzarb ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...