Asosiy mavzular
6 yanvar 2022

Muhammad Solih: To‘qaev iste'foga ketsin

O‘zbek muxolifat lideri Muhammad Solih Eltuz muxbiri bilan suhbatda Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih Qozog‘istondagi vaziyatni to‘g‘irlash imkoni bor deb hisoblaydi.

Solihga ko‘ra, buning uchun Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mard To‘qaev iste'fo berishi kerak:
“Xalqining huzuri va tuproqlarining egamanligini tahlika ostiga qo‘ymasdan, maqomidan iste'fo etib, demokratik saylovlarga yo‘l ochish o‘rniga xalqni bu tahlikali o‘yin ichiga sudrash uchun xalq dushmani bo‘lish mumkin.

Hali xam kech emas, Qozog‘iston boshqaruvi “xalq – terrorist” shioridan voz kechib, namoyishchilarning haqli talablarini yeriga keltirishi va o‘lkani sog‘-salim demokratik saylovlarga olib kelishi mumkin».

Muhammad Solih bugun olov ichra qolayotgan va uzoq yillardan beri Markaziy Osiyoda eng istiqrorli davlat imijini tashigan Qozog‘istondagi qo‘zg‘olonni 1986 yilgi ko‘tarilish bilan qiyoslaydi:

«Bu oyoqlanma 1986 yil dekabr oyida Olmata shahrida yuz bergan isyondan kengroq miqyosda va yiquvchiligi ham kuchliroq. Bu ikki voqeaning bir-biridan farqi shu: 1986 yilda qozoqlar Rus istibdodiga qarshi ko‘chalarni to‘ldirgandilar. 2022 yilda esa yerli hukumat zulmiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar.”

Muxammad Solihga ko‘ra, bu ikki voqeaning sababchisi bitta ya'ni kommunistik zehniyat:
“Bu o‘lkalar 1990 yilda mustaqilliklarini e'lon qildilar, lekin bu o‘lkalarni boshqargan eski kommunistlar aslo mustaqil bo‘laolmadilar. Ular o‘z taxtini saqlab qolish uchun o‘lka mustaqilliklaridan ham voz kechishga doim tayyor turdilar.”

Muhammad Solix Qozoq prezidentining KXShTdan xarbiy yordam so‘rashini mintaqa uchun hatar deb hisoblaydi:

“Qarang, ko‘chaga chiqqan xalqni bo‘ysundira olmagan sobiq kommunist lider Jomart Toqabaev mintaqada jandarma rolini o‘ynayotgan, “Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti” deb atalgan Rusiyaga tobe bir tashkilotni yordamga chaqirdi. Holbuki, bu Tashkilot tashqi xavfga qarshi qo‘llanilishi kerak bo‘lgan bir qurilishdir. Uning Qozog‘iston tuproqlariga kirib kelishi uchun hech bir huquqiy tamal yo‘qdir.”

Solihga ko‘ra, agar qozoq xalqi bu Tashkilot harakatlariga qarshi o‘zining mashru mudofaa haqlarini qo‘llanishga boshlasa, buni huquq tanigan hech bir davlat xalqning bu harakatini noqonuniy deb yo‘rimlay olmaydi:

“Qolaversa, Qozog‘iston tuproqlariga “Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti” askarlari tarkibida Armaniston, Belarus va Tojikiston davlatlarining ham tamsilchilari kirsa, bu millatlarorasi adovatga sabab bo‘lishi ehtimoli juda yuksak.”

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 mart 2017
Mart oyi boshidan qora bozordagi dollar narxining 7500-7700 so‘mgacha ko‘tarilishini o‘zbekistonliklar vahima bilan kuzatishdi. So‘mning cho‘kish sababini ayrimlar, 10 ...
12 may 2021
Rassom Tuz karikaturasi
24 may 2016
O‘quv mashg‘ulotlaridan endigina qutilgan, biroq chopiq degan dahmazaga tutilgan farg‘onalik muallimalarni, tag‘in yaqindagina Universiada sport tadbirlari o‘tgan maydonlarni tozalashga ...
7 fevral 2023
Bu odamni etini jimirlatgan dahshatli o‘g‘irlik 2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Vobkentning Xalach qishlog‘ida sodir bo‘ldi.  Qop qora ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...