Asosiy mavzular
7 yanvar 2022

RTdan va'z: Elboshi qochdi, yurtboshi go‘rda, muhtaram ta'tilda

Azizlar mana yana siz bilan yuzma yuzman. Hazrati Zahiriddin Bobur lutf qilishicha qozoq bu turkning botirlik hislati ekan. Shu gap to‘g‘ri menimcha. 1986 yil SSSRni silikitgan ilk to‘balashuvni ham qozoqlar amalga oshirgandi. Mana ikki kundirki qozog‘istondagi o‘zgarishlarni ko‘rib taxlil qilib o‘tiribman.

Tirikligida haykal qo‘yilib tirikligida haykali ag‘darilgan odam Saddam Husayn edi. Bugun tarix saxnasida tirikligida haykal qo‘yilib tirikligida haykali ag‘darilgan yana bir diktator finaliga shoxid bo‘ldik. Qozog‘iston birinchi prezidenti va abadiy elboshisi va Nursulton Nazarboevning tirikligida haykal qo‘yilgan edi. U tirikligida bu haykal yiqitildi. Agar Saddam Husayn haykalini AQSh askarlari yiqittan bo‘lsa Nazarboev haykalini gaz qimmatlagani uchun qo‘zg‘olonga chiqqan qozoq xalqi yiqitdi.

Voy o‘lmasam endi nima bo‘ladi?

Ko‘plar berayotgan savolga Eltuz do‘stlari klubi faoli G‘ayrat Omon javob berdi:

“Nursulton degan shahar nomi Astana bo‘ladi. Nazarboev otli universitet, park va aeroportlar Yangi Qozog‘iston nomi bilan ataladi yaqinda”.

Yana nima bo‘ladi? Bu savolga Muxolifat lideri Ablyazov dasturidan kelib chiqib yondashilsa Qozog‘iston YeOII dan va umuman Putin aka chizig‘idan chiqib ketadi. Bu esa Rossiya pinjiga tiqilgan Yangi O‘zbekiston uchun signal.

Cho‘kayottgan kemani eng avvalo kalamushlar tark etadi. So‘nggi 24 soat ichida Qozog‘istonni o‘nga yaqin xususiy uchoq ichida «boy otalar» tark qildi. «Elita» quyonning rasmini chizdi. Nazarboevning pul qopchiqlari deya nomlangan yarim bandit katala boy otalar orqa o‘ngiga qaramasdan qochmoqda. Eng birinchilardan bo‘lib o‘zbek boy ota Patox Shodiev xususiy uchoqda qochib ketdi. Xozir Kanada chegarasiga yetib borgan bo‘lsa kerak.

Patox Shodiev – tog‘ kon qazish kompaniyasi bo‘lgan Eurasian Resources Groupning hamraisidir. Undan oldin Kenes Rakishev ham qochib ketuvdi. Ammo cho‘kayotgan kema Qozog‘istonni umid tark etgani yo‘q. Bu umid qish sovug‘ida ko‘chaga chiqqan milllatning ichini isitmoqda.

Nima bo‘lgan edi? Voqealar xronikasi

1. Yilning boshida aholi gaz narxini keskin oshishidan norozi bo‘lib, narxni tushurish talabi bilan namoyishga chiqdi.

2. Qozoqiston Prezidenti Q.To‘qaev buni provokatsiya va mamlakat birligini ko‘ra olmaslik deb baholadi.

3. Olmaotada namoyishchilar politsiya tomonidan do‘pposlangach, namoyishga boshqa hududlarga chiqa boshladi.

Endilikda ular hukumat iste'fosini talab qilish bilan namoyishga chiqishdi.

4. Atirau (Qozoqiston)da namoyishlar ham kuch bilan bostirilishi natijasida, boshqa hududlardagi namoyishlar to‘ntarishga aylana boshladi. Olomon politsiya bilan to‘qnasha boshladi.

5. Prezidenti vaziyatni qo‘lga olish o‘rniga mamlakatda «Favqulodda Vaziyat» e'lon qildi. Internet tarmoqlari bloklandi. OAVlar qattiq nazoratga olindi. Bu vaziyatni yanada murakkablashtirdi.

6. Endi namoyishchilar Nazarboevlar oilasining vakolatini butunlay yo‘qotishni talab qila boshladi.

Chunki mamlakatning asosiy boyliklari (neft, gaz, oltin va savdo aylanmasi boshqaruvi) Nazarboevlar oilasi qo‘lida.

7. Qozoqiston hukumati gazning narxini 50tenga (tahminan 1100so‘m) tushirishga va'da berdi. Ammo bu xalqni yanada g‘azablantirdi.

8. Mang‘iztovus viloyatida namoyishchilar hokimiyat binosini qo‘lga olish uchun hujum boshladi.

9. Mamlakat aholisi va blogerlar toki xalqning talabi qoniqtirilmagunicha namoyishlarni to‘xtatmaslikka chaqirdi.

10. Kuch ishlatar tizim namoyishchilarni shafqatsizlarcha bostirishga urinmoqda.

Natijada xalq politsiya mashinalari va binosiga o‘t qo‘yib yubordi.

11. Xavfsizlik Xizmati Qizilo‘rdadagi namoyish yetakchilarini qo‘lga olishga urinishi namoyish ishtirokchilarini yanada darg‘azab qildi.

12. Qozoqistonda Telegram va WhatsApp hamda Sputnik Kazaxstan ishlamay qoldi.

13. Xalq yangi hukumat tuzish va Nazarboevlar oilasini vakolatlarini cheklashni talab qildi.

14.  Namoyishga boshqa hududlardan ham olomon qo‘shila boshladi.

15. Namoyishchilar Olmaota hokimligi binosini egallab oldi

16. Shahar hokimligi va aeroportlar bosib olindi

17. Shahar hokimiyati binosi, prokuratura va Nur Otan partiyasi qarorgohlari hamda Qozog‘iston davlat TVsi joylashgan binolarga o‘t qo‘yildi

18. Shaharga kiritilgan qo‘shinlar va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchaydi

19. Olmaota aeroporti 45 nafar namoyishchi tomonidan ishg‘ol etildi

20. 6 yanvarga o‘tar kechasi shahardagi yirik savdo do‘konlari va banklar tunay boshlandi

21. Shaharda komendantlik soati joriy etildi va tunda ko‘chada yurganlarni poltsiya va maxsus kuchlar tuta boshlashdi

22. Prezident To‘qaev ODKBdan qo‘shin kiritishni so‘rab rasman iltimos qildi

23. Belarus, Rossiya va Armaniston Qozog‘istonga qo‘shin kiritishdi

24. To‘qaev namoyishchilarni uyushgan terrorchilar deb atadi. 

25. 6 yanvar kuni namoyishlar yana davom etdi

Tartibsizliklar oqibati haqida Olmaota politsiyasi va komendanti ma'lumoti:

— 120 mashina yoqib yuborilgan, ulardan 33 tasi politsiyaga tegishli;

— 120 do‘kon va savdo nuqtalari, 180 umumiy ovqatlanish nuqtalari, 100 ga yaqin ofis vayron etilgan;

— 500 dan oshiq kishi  kaltaklangan.

Qozoq yurtidagi o‘zbeklarga

Shu o‘rinda qozoqda ishlab yurgan o‘zbeklarga oytar so‘zim bor. Olmaotadagi o‘zbek bovurlarim, kvartiralar eshiklarini qulflab, kamiga stol va shkaflar bilan tambalab, svetlarni o‘chirib, ovoz chiqarmay o‘tiribsizlarmi? O‘zimni qadrdonlarim! TV yoki planshentda kino pino ko‘rsalaring ovozini pastlatib qo‘yinglar, iloji bo‘lsa, naushniklarni ulab olinglar. Birov taqqilatib kelsa, zinhor ochmang. Xudo biladi, hozir mast-alas ko‘p. Har yarim soatda O‘zbekistondagi yaqinlaringizga SMS jo‘natib turinglar, tinchman, uyda o‘tiribman, deb. Yo‘qsa, yaqinlaringiz yuragi yorilib o‘ladi. Biror tanishingiz namoyishga chiqaylik desa, kovid bo‘lganman deng, keyin asta milisiga xabar bering. Aytib bo‘lmaydi, u tanishingiz birinchi bo‘lib sotishi mumkin sizni. Iloji bo‘lsa, bir oyga yetadigan xlebni qoqi qilib oling. Suv tekin, qaynatib ichaverasiz. Xudo xohlasa, komendantlik soatidan bir ikki oy o‘tib ko‘chaga chiqsangiz bo‘ladi. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Muhimi jiiiimmm o‘tiring. Siz yo‘qsiz…

«Bunda bir gap bor…»

Bu voqealarni ko‘rpani ichiga berkinib olib qo‘rqa pisa kuzatayotgan aqlli o‘zbeklar  «Buning ortida bir gap bor. Tashqi kuchlar aybdor» deya shig‘ir bitib o‘tiribdi. Shig‘ir yozishdan boshqa nimaniyam bilardi. Tashqikuchlar haqidagi iddaolarni Qozog‘istondagi Eltuz mushtariusi rad qildi:

Xalq uzi chiqqan, liderlari namoyishlarda provakatsiyaga, fitnaga, ommaviy tartibsizlikka berilmanglar, ut quyish, odam uldirishga, politsiyani urishga bormanglar deb uqtirib yotibdi, xokimiyat oldiga yig‘ilib toki talablar bajarilmagancha bu yerni tark etmaymiz deyshyapti, rayon, viloyat xokim, prokurorlari xalqni ichida yuripti ularga jaroxat yetkazilmayapti, ularga bizni talabimiz bajarish sizlarni qullaringdan kemaydi, qullaringdan kelgani bizga palatka, isinishga utin olib kelish keladi shuni bajaringlar, talablarimizni yuqoriga yetkazinglar deyishyapti, kuramiz oxiri nima bularkin

Rossiyalik tahlilchi Aleksandr Nevzorovning bashorat qilishicha, Qozog‘istonda ikki yo‘l bor: u yo Ukraina – 2 bo‘ladi yoki Belorus – 2. Boshqa yo‘l yo‘q.

Nega ufq buncha qontalash,

Unda erk deb kim qilur talash?

Unda kimning bayrog‘i yonur,

Dashtda kezgan ul qanday dupur?

Tikilaman – ko‘rmoq bo‘laman,

Saflarida turmoq bo‘laman.

Balki bir kun shundoq janggohda

Xalqim bilan birga o‘laman.

Sovuq qotgan olma daraxtin

Quchog‘imga olaman karaxt –

Nega buncha titraysan,inim,

Sen ham dardim sezdingmi,daraxt?!

Balki sen ham olisdan kelgan

Isyon sasin turarsan tuyib,

Balki sen ham noilojlikdan

— Bu odamlar hasratga to‘lib,

Qanday o‘yni surib borurlar?

— Tongni olib kelmoqchi bo‘lib,

Tun qo‘ynida yurib borurlar…

— Bu odamlar yuragi kuyib,

Qay manzilni izlab borurlar?

— Ular oson yo‘llarni qo‘yib,

«Xalqim» deya bo‘zlab borurlar…

— Bu odamlar ko‘ksi,bo‘g‘zidan,

Ko‘zlaridan nega oqar qon?

— Bu odamlar to‘kkan qonlardan

Tun qo‘ynida ko‘kargaydir tong!

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri

O‘zbeklarga oid xabarlar

O‘zbekiston va o‘zbeklar bilan bog‘liq habarlarga ham to‘xtasam. Yangi yil kuni «Allohu akbar!» deb Rossiyadagi qordan bo‘lgan qorbobolarni tepib yiqitgan o‘zbeklar trendga chiqqani ortidan Rossiyada ishlayotgan o‘zbek migrant ishchilariga qarshi tazyiqlar boshlandi.

Prezident matbuot xizmati  xalq to‘lagan soliq hisobidan  bo‘oger va jurnalistlar tomog‘ini moylab qo‘ydi. O‘zbekistondagi jurnalist va blogerlar ular orasida  davletovuz, bakiro, xushnudbek va boshqalar bor  noz nematlar to‘la dastuxonlarda boqilib  qo‘llariga qimmat soatlar taqib qo‘yildi. Bojxona musodara qilgan soatlar ekan. Bergan hudoga ham yoqibdi. Hukumat jurnalistlar qo‘liga soat taqibdiku. Qo‘shni qozog‘istondagi kabi kishan taqmadiku. Shukr qiling va prezident matbuot xizmati bergan padarkaning qadriga yeting.

Shu o‘rinda bir hikoya. O‘zbekistonda Stalin repressiyalarini amalga oshirgan Usmon  Yusupov degan jallod o‘tgan. Aynan troyka sudi tuzib  u Fitratu Cho‘lpon va Qodiriylarni otuvga hukm qilgan. O‘sha odam Stalin qabuliga kiribdi. Stalin undan «Soat necha bo‘ldi?» Deb so‘rabdi Usmon Yusupov bo‘lsa «Soatim yo‘q» deydi. Shunda Stalin unga o‘z soatini berib, «Bundan buyon mening vaqtim bilan yurasan» deydi.

Stalin vaqti bilan yurish va umuman diktaturaning oqibatlarini ko‘rdik va ko‘rayapmiz.

Shunday oqibatlardan biri shaxsga sig‘inish. Andijondagi hamshiralar viloyat xokimi Shuhrat Qo‘shqoboevichga atab madxiya shig‘ir yozib o‘qib berishdi.Bunga hatto Shimoliy Koreya oynaiy jahoni ham qoyil qoldi.

Yomonning kuchi yapaloqqa…

Prezident matbuot xizmatidan soat padarka olgan blogerlar bir ovozdan opera ashulachisi Jenisbek Piyozovning boqcha vaziriga maslahatchi bo‘lganini qoralab chiqishdi. Ëmonning kuchi yapaloqqa yetganiday. Bechoralar prezident va kuyovlarni tanqid qila olmasa. Soat taqilgan bo‘lsa qo‘llariga.

Davlat boshqaruvini bir magnit deb o‘ylang. Agar bu magnit jozibasi musbat bo‘lsa, unga musbat odamlar tortiladi. Shu paytgacha o‘zbek boshqaruv elitasi manfiy bo‘lgani uchun dordan qochgan banditlarni o‘z atrofida birlashtirdi. Seriyali qotil yoki bir o‘g‘ri davlat maslahatchisi bo‘lsa ham, hech kim hayron qolmaydigan darajaga kelib bo‘ldik. Endi davlat boshqaruvi degan bu magnit sharafli vatandoshimiz¸ opera kuychisi Jenisbekni o‘ziga tortsa, darrov «nega?» degan e'tirozlar yangrab boshladi. Hukumat tarkibida ziyoli¸ zakiy va dunyo ko‘rgan odamlar maslahatchi bo‘lganini olqishlash lozim. Jenisbekni yaxshi taniganim uchun aytib yotirman. «Jenisbek boqcha vaziriga opera o‘rgatarmidi?» degan savolga javob beray. Opera – san'atlar gultoji. Undan tepada san'at yo‘q. Operani o‘rgangan odam kamida yana ikki tilni xossatan italyanchani biladi. Tarix va adabiyotni o‘qiydi. Esteteka va musiqa tarixini o‘qiydi. Jenisbek bu ilmlarning bir qismini Italiyada o‘qigan. Jenisbekni shaxsan taniyman. Aqlli o‘qimishli va tolerant. Undan yaxshi maslaxatchi chiqadi. Uning o‘rniga bitta joxil yurist amaldor tayinlansa hech kim dod voy solmasdi. Jenisbek otarchi emas. Ulug‘ opera ijrochisi. Ko‘p tillarni xususan italyanchani biladi. Erta bir kun «Jenisbek pora olibdi» degan gap chiqmasligiga 100 foiz kafilman. Gruziyada IIV isloxot qilinganida musiqa o‘qituvchilari GAIga ishga olingan edi. Hozir vazirliklarda ishlayotan yurist diplomli eshshaklar, «erni ho‘kiz shohida ko‘tarib turadi, atir sovunga yuvinsang, pulsirotda oyog‘ing toyg‘anib do‘zaxga qulaysan,» degan cho‘pchakdan boshqa narsani bilmaydi. Prokuraturada ishlaydigan diplomlilardan Eltuzga xat kelganda ularning savod darajasini ko‘rib qo‘rqib ketgandim. Bir varaq yozuvda 160 xato. Endi san'at sohasidagilar davlat boshqaruvida bo‘lmasin degan xato fikrga kelsak. Chexiya prezidenti Vatslav Havel dramaturg edi. Ëzuvchi va diplomat Chingiz Aytmatov zootexnik. Frantsiya prezidenti Jorj Pompidu she'riyat bo‘yicha munaqqid adabiyotshunos edi. Rassom Rubens esa diplomat.Bu ro‘yxat uzun. Xullas, kelinglar, taqir joydan chang chiqarmaylik. Jenisbekka omad tilaylik. Uning o‘zi kuylaganidek: «Vasiqasi bor endi. Ko‘ngli to‘lib shod endi…»

Bu yil bizdi nelar kutib yotir?

2022 yilda ham zam hokim va hokimlar yer sotib millionlab pora oladi. Prokurordan tortib lyuboy amalga chiqqan lyuboy odam mansabni fursat bilib davlat va xalqni talaydi. 2022 yilda suv va gaz quvurrlari¸ kanalizatsiya va elektr simlari¸ transformatorlar yana bir yilga eskirib texnogen katastrofalar extimoli yana kuchayadi. Ëng‘in¸ tutundan bo‘g‘ilib o‘lish¸ suvga cho‘kish¸ tom bosib qolish va sanoqsiz moshn avariyalari sizni kutmoqda. Siyosiy hayotda boshqaruv elitasining sotqinligi bois mamlakat Rossiyaga yanayam ko‘proq qaram bo‘ladi. Putin yanagi yilda bemalol bu o‘zbek amaldorlar «mening sodiq ko‘ppaklarim» desa hayronam bo‘lmayman. Bu yil mamlakat fuqaro yo‘qsil va qashshoqlarining chetga ketish istagi yanayam kuchayadi. Afrika¸ meksika va Indoneziya changalzorlarda chegaradan o‘taman deb bola baqrasini sudrab yurgan o‘zbeklar xabarlar mundarijasidan o‘rin oladi. Bu yil ham «erimga moshin oberaman» deya onalar bollarini bozorga obchig‘ib sotadi. Bu yil ham sotilgan o‘zbek bolalarini so‘yib ichak chavog‘ini boylarning kasal bollari tanasiga ko‘chirib o‘tkazish davom etadi. Bu yil uch egizak tug‘ib bolalaganlar padxalim shou qilib churvaqalariga prezident urug‘ aymog‘i otini qo‘yib ta'amagir bo‘lishadi. Bu yil ham amaldorlar bu yetimcha xalqni onasi singlisi qizi ammasigacha qo‘shib so‘kadi. Bu yil ham o‘zbeklar Moskvadagi Karimov haykalini yalashadi. Bu yil ham rossiya¸ koreya va Turkiyadan migrantlar tobuti kelishda davom etadi. Cho‘pchak sotib kun ko‘radigan mulla imom va boshqa din tujjorlari hamda kinnachilar boyib yangi moshinlar olib qasrlar quradi. Qimor o‘ynab yutqizib xonavayron bo‘lganlar soni o‘tkan yilgidan ikki marta ko‘payadi. Xullas o‘tkan 2021 yilda nima yuz bergan bo‘lsa shularning hammasi 2022 yilda oshig‘i bilan bo‘ladi. Balkim unday bo‘lmas. Balkim poraxo‘rlarga insop kirib pora olmay qo‘yar desam fantastika bo‘ladi. Das ist fantastish. Eski yildagi qarzlarni yangi yilda to‘lash esdan chiqmasin olomon. Qovun qovundan rang oladi. Lekin o‘zbek hech qachon qozoq bo‘la olmaydi.

Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
9 dekabr 2020
O‘zbekistonlik kleptokratlar tomonidan o‘marilgan va chet elga olib chiqib ketilgan milliardlab dollar mablag‘ni mamlakatga qaytarish masalasi tobora dolzarblashib bormoqda. ...
26 fevral 2021
Yil o‘tub, yillar o‘tub tobora loyg‘a botamiz, Iblisning suprasinda vahdat mayini totamiz. Onamiz, balki gumroh, balki so‘qirdir otamiz, Ko‘r ...
23 mart 2024
Moskvadan dahshatli xabar keldi. Qurollangan odamlar «piknik» guruhining kontserti oldidan Moskvaning «Crocus City» kontsert zaliga bostirib kirishdi. Ular pulemyot bilan ...
31 mart 2021
Shu o‘rinda Qo‘ylining gapini bo‘lib qisqacha ma'lumot bersam. Qo‘yli asir olinib Bozorak qishlog‘iga olib kelinadi. Oldiniga 10 kun kartserda ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...