Asosiy mavzular
14 yanvar 2022

RTdan va'z: To‘qayga o‘t ketsa…

Bormisiz zukko, aqlli va samimiy do‘stim! O‘tgan hafta men ham siz kabi butun e'tiborimni O‘zekiston qo‘shnisi – Qozog‘istonga qaratdim. Yuragim taka-puka bo‘ldi, ichimni vohima bosdi. Olmaota va Toldiqo‘rg‘on, Jambil va Chimkentda yuz bergan qonli voqealarning Toshkentu Farg‘ona, Samarqandu Termizda takrorlanish ehtimoli etimni junjuktirdi. Ko‘z o‘ngimda qadoq qo‘llar bilan qurilgan o‘lka O‘zbekiston suv ostida   qolayotgandek bo‘ldi. Bu qo‘rquv va xavotir tezda o‘tdi albatta. Ammo, Qozog‘istonda yuz bergan hodisalar hali uzoq vaqt Toshkentda ask sado berib turadi. Tegishli xulosalar chiqariladi. Avvaliga qisqa xabarlarga to‘xtalsak, so‘ngra qozoq hodisalari va ularning oqibatiga nazar tashlaymiz! 

Qisqa xabarlar

O‘zbek Milliarderi Alisher Usmonov prezident Mirziyoevning to‘ng‘ich kuyovi egalik qiladigan “Kapitalbank”ning 8 foizdan ko‘proq ulushini sotib oldi. Ulushini ko‘paytirdi. Alisher Usmonovga qarashli “Telekominvest” bungacha “Kapitalbank” ustav kapitalining 16,6 foiziga egalik qilib kelayotgan edi.

+++

Britaniya matbuotining yozishicha, Nursulton Nazarboevning kenja qizi, Aliya, tartibsizliklar paytida Qozog‘iston 300 million dollar bilan chiqib ketgach, Londonning Hayhgeyt mintaqasida 8 million 75 ming funt sterlingga ko‘chmas mulk, 25 million dollarga xususiy uchoq va hattoki xususiy bank sotib olgan. Bizani rahbarlarning qizlari sabr qanoat qilib «faqirligim faxrim» deb o‘tiribdi.

 +++

Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonni Qozog‘istondagi voqealardan «saboq chiqarish»ga chaqirdi. Lukashenkoning da'vosicha, hozirda Qozog‘istondagi tartibsizliklar ishtirokchilarining «nigohi O‘zbekistonga qaratilgan». O‘zbekiston hukumati Lukashenkoning bayonotiga munosabat bildirganicha yo‘q. Bildirmaydiyam-da…

+++

Tolibon Mudofaa vazirligi rahbari O‘zbekiston va Tojikistonga tahdid qilib, agar avgust oyida afg‘on uchuvchilari o‘g‘irlab ketgan uchoqlarni qaytarishmasa, oqibatlar yomon bo‘lishini aytdi. 

«Biz zaifmiz, lekin notavon emasmiz. O‘zbekiston va Tojikiston Toliblarning sabrini sinamay, afg‘on uchuvchilari olib qochgan samolyot va vertolyotlarni qaytarganlari ma'qul. Aks holda bu mamlakatlar salbiy oqibatlarga ro‘baro‘ bo‘lishadi» – dedi Tolibon hukumatida Mudofaa vaziri vazifasini o‘tayotgan Mulla Yoqub. Eslataman Mulla Yoqub Tolibon harakati asoschisi Mulla Umarning o‘g‘lidir. 

Ashraf G‘ani hokimiyati ag‘darilgach, o‘nlab uchuvchilar samolyot va vertolyotlar bilan O‘zbekiston va Tojikistonga qochishgan edi. Mulla Umarning o‘g‘lining bayonotidan keyin baxtimiz tugal bo‘ldi. O‘zi Lukashenkoga siz yetmay turgandingiz mulla akalar. 

O‘zbekona saxiylik

Rus xokkeychilari va har-xil qalang‘i-qasang‘i shantajchilariga prezident adminstratsiyasi berayotgan kvartiralar pulini soliq to‘lovchilar, ya'ni xalq to‘lashini eslatib qo‘ymoqchiman. Siz shunga rozimisiz? Bilishimcha, o‘zbek prezidenti xarajatlari Germaniya prezidenti xarajatlaridan ancha ko‘p ekan. Nimaga kerak bu maqtanchoqlik va xalq hisobidan «saxiylik»?

Adminstratsiya Ashraf G‘ani hukumatiga podarka qilgan traktorlarni toliblar beliga bomba boylab, portillatib yuborgan edi. Nega nuqul Afg‘onistonga padarka beriladi? Birov tushuntira oladimi? Hisobni kim beradi?

+++

Hukumat va Prezident administratsiyasi vakillari, ya'ni bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, hokim va uning barcha o‘rinbosarlari, prezident maslahatchilari 1 yanvardan 15 yanvarga qadar navbatma-navbat mehnat ta'tiliga chiqib, horijning Tailand, Maldiv orollari, Rossiyaning Sochi, Kislovodsk, Yalta, Turkiyaning Antaliya kabi mashhur sihatgohlarida dam olishi moliyalanibdi. Yana soliq to‘lovchi xalq hisobidan. Nega?

«Yangi qozoq»

So‘nggi o‘ttiz yil ichida «Yangi qozoq» degan brend shakllandi. 

Yangi qozoqning besh o‘nta zavodi bor, o‘z uchog‘i, Londonda qasri va ofshor hisoblarida kamida bir necha yuz million dollar mablag‘i bor. 

Ularning farzandlari ferrariyu porshlarda yurishadi, yozgi ta'tillarini Maldiv va Madagaskar orollarida o‘tkazishadi. Ularning xizmatlarida dunyoning eng mashhur dizaynerlari. Tug‘ilgan kunlarida eng mashhur pop yulduzlari hoziru nozir.   

Nursulton Nazarboev oilasining barcha a'zolari rasman milliarder hisoblanishadi. 

Ularga xizmat qiluvchi tadbirkorlar ham milliarder yoki hech bo‘lmasa multimillioner. 

Ammo Nazarboev klani muruvatidan bebahra bo‘lgan Qozog‘iston fuqarolarining aksarini “Yangi qozoq” nafratlantira boshlaganiga ko‘p yillar bo‘ldi. 

Bu nafrat o‘tgan hafta Olmaota, Toldiqo‘rg‘on, Chimkentu Jambil ko‘chalariga chiqqan namoyishchilar g‘azabida aks etdi. 

Qozog‘istonda jamiyatning boylar va kambag‘allarga tabaqalanishi oxirgi yillarda yaqqol sezila boshladi. 

Boylar boyib,  kambag‘allar kambag‘allashdi,  ikki tabaqa bir birini bezovta qila boshladi.  

Qozog‘iston rahbariyati muruvatlarni burashdan tashqari,  boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi bu tafovutning kengayishini qanday to‘xtatish haqida o‘ylashlari kerak.

Qozog‘iston prezidenti «xalqqa yordam berishning vaqti yetgani»ni aytdi. Bu e'tirof shoyadki, o‘sha tafovutni yengishga qaratilgan ilk odim bo‘lsa.

Qozoq mustaqilligi

Yaqinda barcha ziyolilar bundan 30 yil avval Qozog‘iston suvereniteti birdaniga boshimizga qulab tushdi, mustaqillikni qozoqlar kurashda qo‘lga kirita olmagan, shuning uchun ham xalqimiz to‘liq shakllanmagani haqida yozishdi. Endi qozoqlarga o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritish imkoniyati berildi.

Sovet Ittifoqida yashagan avlod, shu jumladan men ham mustaqillik ruhining tashuvchisi bo‘la olmaymiz, rus nayzasidan qo‘rquv va GULAG barchamizda yashaydi. Ammo hozir qozoqlarning uchdan ikki qismi 40 yoshgacha bo‘lgan odamlar, ularning shakllanishi SSSR dan mustaqil davrda sodir bo‘lgan. Bu odamlar uchun tinch namoyishlarni bostirishga xorijiy qo‘shinlarni taklif qilish xiyonat va 10 yildan keyin Qozog‘iston tarixini yozadigan, yodgorliklarni o‘rnatadigan va maktab o‘quv dasturini tuzadigan odamlar ular.

Endi lakmus testi sifatida kimning or-nomusi, milliy qadr-qimmati borligi, kim bosqinchi tomonida bo‘lishi ko‘rsatiladi. Kimnidir qo‘rqitib, Qirg‘iziston fuqarosi, pianinochi uyg‘ur Vikram Ruzaxunov kabi uydirma jinoyatlarini bo‘yniga olishga majbur qiladi, kimdir pul yoki mansab bilan sotib olinadi, kimdir kosmonavt To‘xtar Aubakirov kabi shantaj qilinadi.

Vikipediyada To‘xtar Aubakirov haqida “Qozoqlarning tinch mitinglarini bostirish uchun Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlarini jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatladi” degan qator paydo bo‘lishi aniq.

Har holda, tarixiy jarayon tinimsiz, Yovuz imperiya parchalanadi. Qiziq, armiya va huquq-tartibot idoralarida qancha foiz nomusli va sotqinlar bor? Qozoqlarning qanchasi Qozog‘iston mustaqilligi dushmani? Qozog‘istondagi rus diasporasi vakillari Qozog‘iston suverenitetini himoya qiladimi?

ODKB/KHShT

Lukashenkoning yaqin kelajakda «O‘zbekiston ham g‘alayonga sahna bo‘lishi» haqidagi gapini ikki xil talqin qilsa bo‘ladi: Birinchi talqin – «Luka O‘zbekistonni ODKBga kiritish uchun bosim qilyapti.» Ikkinchi talqin esa – «Haqiqatdan ham shunday tahlika mavjud».

Demak, Qozog‘istondagi muammolardan biri – «bir hovuch boylarning yaxshi yashab, aksar aholining qiyinchilikka mubtalo bo‘lishi» edi. Ya'ni, mamlakat boyligining aksari bitta oila mansub bo‘lgan Shaprashti urug‘ining 200 a'zosi qo‘lida bo‘lganidir. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘q? Ikkinchi muammo – Elbasi Nazarboev kuyovlarining hashamatga o‘chligi¸ ochko‘zligi va reyderlari bilan bog‘liq. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘qmi? Uchinchi muammo – qattiq sovuqda gaz qimmatlashi va energiya bilan bog‘liq muammo. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘q? To‘rtinchi muammo – boshqaruv tizimlaridagi oshkora o‘g‘irlik, korruptsiya, tendersiz buyurtmalar va huquqiy nigilizm. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘qmi? Beshinchi muammo – esa aynan O‘zbekistonda mavjud bo‘lib, bu barcha sanalgan boshqa muammolarni portlatadigan detonator vazifasini bajarishi mumkin. Bu ehtimoliy falokat O‘zbekistonning o‘zidagi taym bombadir. Bu – vahobiylik¸salafiylik¸ Hizb ut-Tahrir kabi ekstremistik oqimlarga ortiqcha moyillik, IShID va Tolibonga nisbatan o‘zbeklarning oshkora ehtirosli muhabbati, takfirchilik. (Tolibon g‘alabasini oshkora qutlash¸ Suriyaga seks jihodga keltgan minglab ayollar¸ Misr va Turkiyada vahobiylik markazlarida o‘qitilayotgan bolalar va hokazo) Gapning ochig‘i, peshanamiz sho‘rligi aniq.

Nuh kemasi

Sizlarga aytar ikki og‘iz so‘zim bor. To‘fon paytida Nuh kemasida barcha jonzod bor edi. Ilon ham, chayon ham. Quyon va bo‘ri ham. Qozog‘istondagi namoyishchilar ichi ham turli yaratiqlar bilan to‘la bo‘ldi. Istaymizmi yo istamaymizmi qo‘zg‘olonni fursat bilgan marodyor-talonchilar doim bo‘ladi. Borini va barini aytish majburiyatidaman. Yaxshisini oshirib, yomonini yashirish degan o‘zbek maqol bu yerda faqat zarar keltiradi. Mening shaxsiy fikrim: o‘z xalqini o‘risga ottirtgan To‘qaev jinoyatchidir. Bu nuqtada barcha muhaddislar bilan ittifoqman.

Men tafakkurimga ko‘ra, davlatchiman. O‘zbekiston davlati bizga jadid otamiz Fayzulla Xo‘jadan meros. Bu davlatni saqlash yo‘lida O‘zbekistondagi legitim rahbariyat bilan hamjihat bo‘laylik degan gapim birovlarga erish tuyulibdi. Ammo bu nafsilambirdir. Men Putin kabi insoniyat dushmanidan O‘zbekiston davlatini himoya qilish masalasida mavjud iqtidor bilan hamjihat bo‘lishni joiz amal deb bilaman. Shu bilan birga O‘zbekistonni tinmay o‘marayotgan fe'lan va fikran sotqin amaldorlar tanasiga o‘ylab ko‘rsin. Sabr, hatto arnasoylikning sabri ham tugab qolish ehtimoli bor. Shu ehtimolni nazardan qochirmang. Xalq g‘azabidan qo‘rqing. Poka biratlar. Kurva kokain.

O‘zbekiston kimniki?

Putin Qozog‘iston bizning davlatimiz, dedi.

Ba'zilar, go‘yo, Putin gapidan adashdi, deb aytishi mumkin. Yo‘q, u qalbidagi haqiqatni gapirdi!

Shu kunlarda biz Nazarboev laychasi bo‘lgan Tokaevning uslubiy jihatdan Putinning laychasiga aylanishiga guvoh bo‘lyapmiz.

Rejim har doim Nazarboev og‘ir kasal ekanligini va shuning uchun u jonli efirga chiqib, Qozog‘istonda ekanligini isbotlay olmasligini aytdi. Va bu vaqtda Putin qo‘shinlari doimiy ravishda Qozog‘istonda qoladi va urushsiz Ukrainada bo‘lgani kabi bizning mamlakatimiz ham Putinning changalida bo‘ladi. Putin qo‘shinlari esa KXShT davlatlarining tinchlikparvar kuchlari sifatida taqdim etiladi. Bunda Tokaev kursisi orqali hududi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinda turadigan ulkan davlat qo‘lga kiritiladi.

Putinga ruxsat beramizmi? Bu holat barcha vakolat birinchi odamga berilgan piramida davlat, xususan, O‘zbekiston uchun ham saboq bo‘lishi kerak. 

1789 yilda birinchi Frantsuz revolyutsiyasi boshlanar ekan, qirol Avstriya va Prussiya armiyalarini yordamga chaqirdi. Avstriyaliklar qo‘shinlarini kiritgach, frantsuzlar ularni tor-mor etib quvib chiqarishdi, qirolning esa kallasini tanasidan judo qilishdi. Tarixdan fakt keltirdim xolos.

Assalom O‘zbekiston, juma Muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
5 iyul 2019
Yusuf Juma 1958 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tavallud topgan. Buxoro pedagogika institutini tamomlagan. Birinchi she'riy to‘plami «Haqiqatning oltin ...
18 fevral 2022
Mana fevralniyam belini sindirdik. Yana 15 kun chidab bersak bahor keladi. Balki ko‘klam kelsa prezidentga maqtov yozadigan maddoxlar bahor ...
17 yanvar 2021
Shoira Gulchehra Nurullaeva bilan suhbat, 1988 yil. — Gulchehra opa, hozir qayta qurish davrida yashayapmiz. Suhbatimizni shu mavzudan boshlasak. — Men qayta qurishni o‘zim uchun yangilik deb bilmayman. Endi o‘ylasam, urush yillari qandaydir «xundori» tayyorlab, mahallamiz bolalarini tekinga davolaydigan otam, so‘nggi burdani «non»lab ortidan ergashibyurgan qiziga emas, qo‘shnining ochdan o‘layotgan bolasiga olib chiqqan onam qayta qurish odamlari ekanlar. Bir voqeani eslasam, ko‘zimga hali-hali yosh qalqadi. 1956 yil. O‘ninchini endigina bitirganman. Maktabimiz direktori Hafiz Yengalichev menga: — Seni Moskvaga, MGUga ...
14 fevral 2024
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. «Boburnoma» tarixiy biografik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...