Asosiy mavzular
29 yanvar 2022

Onasi ayiq qafasiga tashlagan qizaloq shifoxonada qolmoqda

Onasi hayvonot bog‘idagi ayiq oldiga uloqtirgan uch yashar qizaloq Toshkentdagi kasalxonada qolmoqda. Qizning ahvoli «qoniqarli» 5 metr balandlikdan tushgan paytida uning boshi yorilgan. «Ona» qamoqda.

Voqea 28 yanvar kuni soat 12 lar atrofida Toshkent hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan. EltuzTG ga ma'lum bo‘lishicha, hayvonot bog‘iga kelgan ayol o‘zining Zarina ismli uch yashar qizchasini ko‘pchilikning ko‘zi o‘ngida, besh metr pastda joylashgan ayiq voleriga tashlab yuborgan.

Voqea guvohlari va hayvonot bog‘i xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Zuzu laqabli ayiq o‘z volerida yotib, qizalog‘ini uning oldiga uloqtirgan ayol harakatlarini kuzatgan. Keyin sekin borib qizaloqni hidlagan va unga tegmasdan uzoqlashgan.

Bog‘ ma'muriyati matbuot xizmatining xabarida yozilishicha, bog‘ ma'murlarining urinishlariga qaramay ayolni to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmagan. “Yirtqichlar” bo‘limsi xodimlari tezkor harakat qilib, ayiqni ichki xonaga olib o‘tishga muvaffaq bo‘lishgan. Hayvonot bog‘i hamshirasi, qizchani ko‘rikdan o‘tkazgan.

Qayd qilinishicha, Zarina ayiq panjalari yoki tishlaridan emas, balki 5 metr balandlikdan uloqtirish natijasida jarohat olgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga urinish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayol qamoqda, ayiqqa esa qo‘shimcha portsiya bol va qiyma berildi, deya yozadi EltuzTG sharhlovchisi.

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2023
Mana xafta aylanib siz bilan yana yuzma yuz, betma betman. Yaxshimisizlar azizlar. Tashqarida qahraton sovuq bo‘lsa ham, diydoringiz issiq. ...
25 iyun 2023
Prigojinning urush sahnasidan chekinib, Rostovda nag‘ma ko‘rsatgani, Putin bilan kelishuv qilib, Belarusga qochishini ko‘plar Putinning g‘alabasiday qabul qilayapti. Hatto ...
27 dekabr 2016
Telegramda tarqalgan videoda Toshkentning TTZ bozorida kallai saharlab tuxum olish uchun navbatda turgan tumonot odamni ko‘rish mumkin. Izoxlarga ko‘ra, ...
3 sentyabr 2016
O‘zbekiston musulmonlar idorasi toshirig‘i bilan respublikaning barcha masjidlarida Toshkent vaqti bilan 13 dan 20 daqiqa o‘tganida Islom Karimovning janozasi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...