Asosiy mavzular
3 sentyabr 2016

Karimovning janozasi birdaniga 2000 masjidda o‘qilishi buyurildi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi toshirig‘i bilan respublikaning barcha masjidlarida Toshkent vaqti bilan 13 dan 20 daqiqa o‘tganida Islom Karimovning janozasi o‘qiladi.

Masjidga bormaydiganlarni esa maxsus dress-kod asosida kiyinib qora galstuk taqib hotira maydoniga tashkiliy tarzda to‘plash mahalla va kamolat jamg‘armalariga topshirilgan. Maydonga yig‘ilganlar oq va qora kiyimda bo‘lishi shartligi tushuntirildi.

Davlat rahbarining 2 sentyabrda o‘lgani rasman bildirilgan habarda keltirilishicha, prezident vasiyatiga ko‘ra, Islom Karimov shu yil 3 sentyabrda ota-onasi mangu qo‘nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi.

Bildirishda marhum bilan vidolashuv marosimi 2016 yil 3 sentyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi va 3 sentyabrdan O‘zbekistonda uch kunlik motam e'lon qilinishi ham urg‘ulangan.

«Barchamiz uchun qadrli» degan ibora urfga kiritildi. Bu kalima ilgari O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov uchun qo‘llanilgan edi.

Karimov tobuti olib o‘tilayotgan ko‘chada turgan yigitning Eltuz muxbiriga aytishicha kortej oldidan borayotgan mashinaga ortidan gullarni qachon irg‘itish haqida instruktsiya berib borilgan.

Janozaga qatnashishi uchun AQShdan marhum mustabidning kenja qizi Lola Karimova Tillaeva yetib keldi. To‘ng‘ich qizning qaerdaligi noma'lum qolmoqda. Ba'zi malumotlarga ko‘ra Gulnora Karimova O‘zbekistondagi mavjud tuzumga o‘zini oppozitsiya deya e'lon qilgan. Boshqa gaplarga ko‘ra Gulnora otasining buyrug‘i bilan uy qamog‘ida qolgani iddao qilinmoqda.

Eltuzni kuzatib boring, dafn marosimi tafsilotlarga kun bo‘yi o‘rin beramiz.

Eltuz.com

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 oktyabr 2015
Huquq himoyachisining o‘zi yong‘in chiqqan payt uyida bo‘lmagan. Bu haqda u bir necha kun keyin bilgan. “20 oktyabr kuni ...
28 sentyabr 2017
28 sentyabr kuni o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev, yozuvchi Nurillo Otaxonovga 11 may kuni ...
9 aprel 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning kelishiga yo‘l chetidagi uyi devorini sariqqa bo‘yamagani uchun sirdaryolik huquq faoli Isroil Rizaev uch million so‘m ...
25 yanvar 2017
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining maktubi menga 25 yillik jurnalistik faoliyatimda hukumat tarafidan yopilgan va men ishlagan «Erk», «Munosabat», TV ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...