Asosiy mavzular
4 fevral 2022

RTdan va'z: Xotin nima uchun kerak?

Mana g‘irr etib xafta aylanib yangi yilning ikkinchi oyida siz bilan yana ko‘rishib turibman. Kunlar it quvgan gadoydek tez yugurmoqda. Oyog‘im cho‘loq¸ o‘limtikman deb o‘tirgan gadoy itni ko‘rganida shart o‘rnidan turib yugurib ketadi. Ba'zi gadoylar o‘zi bilmagani xolda yugurish bo‘yicha jaxon rekordini o‘rnatib tashashadi.

Mayli, umr degani bu o‘tish degani. Xonqadan Mozori Sharifga yumurto olib borib sotadigan anxo‘ylik kamazchi do‘stimning aytishicha, Hayraton ko‘prigidan o‘tishi bilan gadoylar «haqqul umr» deya tilanishar ekan. Umrning ya'ni o‘tishning haqqini ber deb. Hayraton ko‘prigi bu 21 asrdan bir sakrab qadim g‘or zamoniga borib qoladigan tilsim.

Ko‘prikning narigi tomonida televizorni   shayton olati deya sindirashadi. Dutor¸ tanbur va do‘mbiralarni olovga yoqishadi. Televizorda ayol diktor o‘rniga xotin qiyofasiga kirgan o‘g‘lon bola ya'ni bachchalar ishlashadi. Bachchalar bizda xotinlar qiladigan hammaa ishni qotiradi. Qosh qoqadi. Ko‘z suzadi. Noz qiladi. Tanovorga raqsga tushganda lyuboy taqvosi kuchli tolib voy do‘st deb jundor ko‘kragini shappatlaydi. Toliblarga xotinning keragi yo‘q. Toliblarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligidagi barcha erkak mulozimlar oshiq. Ular hatto toliblarga tekin ishton tikib berish tashabbusi bilan O‘zbekiston prezidentiga  chiqishdi. Mana xujjat. Prezidentam toliblarni sevadi. Mayli ishton tikib beringlar. Ishtonsiz yurib yumurtosini shamollatib qo‘ymasin deb izn berdi. Yana paypog‘am berishadi. Yung jo‘rop. Toliblarga xotin kerak emas. Umuman xotin nimaga kerak. Bu savolni o‘zbek ruxshunosi Nargiz Sattorova o‘rtaga qo‘ydi.

Nimaga kerak xotin?

Ko‘rsatuv oxirrog‘ida Nargiz Sattorovaning o‘zi tushuntirib beradi xotin erkakka nimaga kerakligini. Bu savolni men juda suqilishgisi kelib turgan Matchon Suqilishga bersam. Xo‘sh xotin erkakka nimaga kerak:

Matchon suqilish: Kechqurun yoningga olib yotish uchun kerak. Shu sovuqda semiz xotinni quchoqlab yotsang gaz pastligi ham bilinmaydi. Emchagiga bosh qo‘ysang yostiq ham ekonom. Erkak uchun xotin kerak. Ko‘payib bolalash uchun kerak. Mana menga bugun xotin obersangiz. 9 oydan keyin uchta tug‘adi. Ismini Miromon Shavkat Mirziyo qo‘yaman. Arnasoy hokimi bitta malibu moshinni kaltitini beradi. Zo‘rmi? Zo‘r. Yana bu bollarni pulini olib ishlamasdan serial ko‘rib yotaman.  Xullas xotin do‘stdir odamga!

Rassom Tuz: Matchon suqilish jo‘ra sen ruxshunos Nargiza Sattorovaning mana bu savoliga javob ber. Erkak nimaga kerak?

Matchon suqulish: Erkak xotini ishlab topgan pulni yeb televizor oldida serial ko‘rish uchun kerak. Shuning uchun yaratilgan u. Nos chekish, aroq ichish, serialda o‘pishgan sahnani ko‘rib qolsa portalga yozish uchun kerak. Keyin konkret o‘zbek erkagini olsak, Rossiyada o‘rislardan kaltak yeyish va Karimov haykalini yalab yaltillatishi uchun kerak. Mana bitta shig‘iram yozilgan erkaklarga atalgan. Shuni yodaki o‘qib tashayman. Kecha to‘yda o‘qisam pul qistirishuvdi.

Ishonmang zabardast bilaklariga

Og‘riqlar kiritmang yuraklariga

Aylaning hammadan keraklariga

Erkakni extiyot qiling ayollar.

Rassom Tuz: Juda ishonvordik bu gapga. Kecha qo‘shni xotinlarning suhbati qulog‘imga chalinuvdi.

Bitta do‘mboloq xotin javrayapti. Erimni bir soat oldin kartishka olib kel deb do‘konga yuborsam moshina urvoribdi. Telefon qilsam morgdagi duxtr oldi. O‘lib qolibdi yer yutkur. Ënidagi ninzaga o‘xshab qora kiyingan burni uzun xotin «Voy bechora, endi nima qilasiz? Uyda boshqa produkta bor edimi? deya ko‘ngil berdi. Do‘mboq ayol bo‘lsa «Nima ham qilardim, kartishkasiz tuxum pishirib qo‘yaqolaman» desa bo‘ladimi? Er morgda yotibdi bu xotin esa ovqatni o‘ylaydi.

(kulgi)

Bu mavzuni xabarlardan keyin yana davom ettiramiz

Nukus shahrining Media Park degan hududida o‘nlab odamlar mashina yo‘lini to‘sib olibdi. Sababi ma'lum emas. (video Tgda)

+++

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi. Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Bu Muzaffarxon akamiz Abror Muxtor Aliy hazratlari bilan kitob do‘konlarida yurib, qaysi kitobni o‘qish kerakligi va qaysi kitobni gulxanda yoqish kerakligi haqida master klass o‘tgandilar. Morog‘ bo‘lsin!

+++

Parkent tumani bir necha ming yillik tarixga ega, kattaligi 2 gektar bo‘lgan «Kultepa» arxeologiya maydonini g‘isht ishlab chiqarish sexiga berib yuboribdi. Bu xuddi Misr ehromini tosh kesish zavodiga, yoki Eyfel minorasini cho‘yan eritish zavodiga berib yuborishdek gap. Lyubaya biznes xarasha… Yaxshiyam Sherdorning tagida g‘ildirak yo‘q, bo‘lmasa uniyam sotvorishardi. Sotorilar…. kamayib qomaydi, sotoriylar.

Toshkan xokimi  bog‘cha mudirasi bo‘lgan qizlari tug‘ulgan kunida narxi bir necha yuz ming dollar bo‘lgan Bentley Bentayga hadya qilibdilar. Morog‘ bo‘sin! Nomer ham doda – 999  Xolvani hokim yeydi kaltakni yetim degan zamon. Xafta ichida yetim roli kino vaziriga nasib bo‘ldi.

+++

Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o‘z oila a'zolariga tegishli telekanalga davlat buyurtmalarini bergani yuzasidan prokuratura ma'muriy ish ochdi. O‘zbekiston hukumatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan yana kimlar bor bo‘lsa? Manimcha, faqat Firdavs bo‘lsa keragov…

+++

Farg‘onada 25 ta kiyim-kechak do‘koni yonib ketdi. Rosa yondi. Hamma yoqni latta hidi bosib ketdi. Paltoning yoqasi tez yonarkan. Yong‘inga 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.  (video Tgda)

+++

O‘z onasi tomonidan ayiq oldiga uloqtirilgan uch yoshli Zarinaga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umrlik bepul kirish huquqi berildi. Buyog‘i endi Masha va Medved.

Terrorchi uchun o‘zbek pasporti!

Dunyoning qaysi burchagida diniy ekstremizm bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, o‘zbek izi chiqayotgani yangilik bo‘lmay qoldi. Insoniyatga qarshi jinoyat sodir etgan, ayollar va go‘daklarni o‘ldirgan, qul qilgan IShID jinoyatchilariga qalbaki pasport yasab beradigan o‘zbeklar guruhi Istanbulda faoliyat ko‘rsatmoqda.  Rasmiy vizalar va sayohat shtamplari bo‘lgan qalbaki pasportlarga ixtisoslashgan rivojlanayotgan onlayn sanoat “Islomiy davlat”ga aloqador odamlarga Suriyani tark etib, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Kanada va AQShga sayohat qilish imkoniyatini taklif qilmoqda. Turkiyada ekstremistik aloqaga ega o‘zbek tomonidan boshqariladigan ana shunday tarmoqlardan biri hozir turli davlatlarning pasportlari niqobi ostida 15 000 dollargacha bo‘lgan yuqori sifatli soxta pasportlarni sotmoqda.  Bu pasportlar bilan Yevropa va Amerikaga borgan terrorchilar yangi terror xujumlarini uyushtirish, odam o‘ldirish va saflariga yangi a'zolar qabul qilish tarmog‘iga asos solib ulgurdi.  Terrorchilarga soxta pasport yasayotgan Istambuldagi o‘zbeklar guruhi haqida Britaniyadagi «Gardian» nashri jurnalistik tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv natijalari esa dahshat. O‘zbek soxtakorlar guruhi islomiy terrorizmning yoyilishga hissa qo‘shmoqda.

Temur farishta bo‘lganmi?

«Haqiqat Frantsiyadan ulug‘» degan edi Balzak. Kecha erinmagan odam Turizm vazirligiga kesak otdi. Nima emish «vazirlik Temurning beozor farishtaligiga shak keltirgan emish» So‘nggi 30 yil ichida Amir Temurni Mama Tereza kabi qanotli malak qilib ko‘rsatish avj oldi. Karimov buyrug‘i bilan Amir Temurdan butun o‘zbek xalqi faxrlanib sevishi shart qilingan siymo yaratildi. Ammo nega, O‘zbekiston SSRning uch ta'sischisidan biri bo‘lgan Xorazm viloyati yoshlari  Amir Temurni sevishi kerak? Nega? 1388 yilda Temur Xorazm poytaxti Urganchni bosib olib vayron qilgani uchunmi? Temurning buyrug‘i bilan qarshilik ko‘rsatgan xorazmliklar qirib tashlanib, qoni daryo bo‘lib oqqani uchunmi? Xorazmdagi ayollar joriya, erkaklar qul qilinib Samarqand, Buxoro va Shahrisabz bozorlarida sotilgani uchunmi? Har safar Ko‘hna Urganchga borganda Temur vayron qilgan poytaxtni ko‘rib yig‘lagim keladi. Temur Urganchni astoydil vayron qildi. Amudaryo o‘zanini shaharga burib suv ostida qoldirdi. Shaharni xor qilish uchun qadim maydonlarga arpa ektirdi. Bir vaqtlar gullagan shahar 360 qabristondan iborat o‘lik shaharga aylandi. Bu qirg‘inga guvoh Alp-Arslon maqbarasi, Xorazmshoh Tekesh maqbarasining tili bo‘lsa so‘zlardi. Amir Temur turk dunyosidagi mashxur, buyuk o‘rganishga loyiq, ammo ziddiyatli sarkarda.  Uning markazlashgan davlat barpo  qilgani shoyon taxsinga loyiq. Ammo undan ikona yasab, avliyoga aylantirishning foydasidan zarari ko‘p.

Ayol huquqi

Britaniyalik ayol bir necha yillar davomida ish joyida kamsitilgani va erkak hamkasblariga qaraganda kamroq maosh olganidan shikoyat qildi. Uning da'vo qilishicha, bir paytlar stoliga jodugarning shlyapasini qoldirib ketganlar. Sud unga 2 million funt tovon puli tayinladi.

O‘zbekistonda ish joylarida ayollar huquqlari poymol etiladimi? Ularga maoshlar erkaklar bilan bir xil to‘lanadimi? Bilgichlar yozvorsin….

Mana yana aylanib sarlavhaga qo‘yilgan mazuga qaytdik. Xotin nimaga kerak yoki erkak nimaga kerak. Ruxshunos Nargiz Sattorovadan eshitsak.

Oh, Nargiz, Nargiz!

Nargiz Nargiz habar olmaysan hargiiz. Shundaychin qo‘shiq bo‘lardi Namongonda. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bir kunda bitta xind erkagi 17 minut uy ishiga qarasharkan. Bu vaqt ichida xind ayoli 290 minut uy ishlarini qilib tashlar  ekan. Bu statistika. Hech qanaqa kesatiq gap emas. Eng muhim ishni baribir erkaklar qiladi. Serialdagi o‘pishish sahnalarini poylab turib, portalga shikoyat yozish. Ana emchagi ko‘rindi deb er baqirsa bollari qani qani deydi. Bolaga kerakda emchak eng avvalo.

Qo‘rqinchli Tehron

Ëshligimda¸ mendan kattalarning qo‘lida Eron yozuvchisi Mushfiq Kozimiyning «Qo‘rqinchli Tehron» kitobini ko‘rganman.

«Bu asarni sen o‘qima, juda uyatsiz gaplar bor!» deb meni qo‘rqitishgan edi kattalar.

Kitobda Texron markazidan o‘tgan Vali Asr ko‘chasidagi fahsh va riyoga to‘la hayot aks etgan edi.

Mening go‘dak idrokimga bu kitobdagi ochiq sahnalar buzuq ta'sir qilishidan qo‘rqqan “kattalar” ning mehribonligi edi bu.

Ayni paytda ularning o‘zi bu kitobni chandon ishtiyoq bilan o‘qishar edi….

Shu kunlarda shuurimda yana “Qo‘rqinchli Tehron“ kalimasi yerlashdi.

O‘zbek telekanalida  namoyish qilingan mashxur bir filmda kimsasiz oroldagi aborigen qizning yupun kiyingani nafaqat muhozafakor kishilar, balki liberal ko‘z qarashdagi do‘stlarimiz tarafidan ham achchiq e'tiroz bilan qarshilandi.  Dod deyishdi. Faryod deb tirsaklarini tishlab tashashdi. Dunyoni fohisha bilan ta'minlayotgan qavm ikki sekundlik kadrni ko‘rib ag‘darilib tushibdi. Xo‘sh unda mana bu rasmni nima qilaylik? Ëqib yuboraylikmi? Urganch shaxrida joylashgan O‘zbekiston Zamonaviy San'ati Muzeyi to‘plamidan 1967-69 yillarida yaratilgan rassom Yevgeniy Melnikovning «Modilyani sharafiga» deb nomlangan asari bu? Muzey Urganch markazida, borib toshbo‘ron qilasizmi endi. 

Bugun dunyo tamadduni nimaligini bilmagan savodsiz, yo‘qotilgan avlod va ularni qo‘riqlayotgan muttaasiblar zamonaviy san'at, teatr va kino asarlariga qarshi chiqib, Afg‘oniston kabi rejim qurilishini istamoqda.  Vazirlik va Telekanal rahbarlari esa bu zombilarga yon berib orqaga chekinmoqda.

Bu haqiqatan ham, qo‘rqsa qo‘rqqulik manzara menga 1978 yilgi nafratga to‘la Eronni eslatdi.  Kino va boshqa zamonaviy san'atga bo‘lgan  nafrat Eronning butun muzofotiga yoyilgan edi.

1978 yilga kelib, bu nafrat katta norozilik to‘lqiniga aylandi. Butun illat fahsh kinolarda deb bilgan olomon «Reks» kinoteatriga o‘t qo‘ydi.

Kinoteatr ichidagi 500 tomoshabin kuyib kul bo‘ldi, zero eshiklar tashqaridan tambalangan edi.

Ana shundan keyin «proamrikon Eron», aksil-amrikon Eron Islom jumhuriyatiga aylandi.

Jug‘rofiy jihatdan Eron  ham Afg‘oniston ham bizdan uzoq emas¸ hatto Urganch bozorida Erondan keltirilgan tuxum va olma sotiladi.

Buxorodan 500 chaqirim yursangiz, Eronga borasiz, Termizdan ikki yuz qadam yursangiz Afg‘onistondasiz.

Bugun Eltuz telegram kanalida yozilgan sharxlarga  ko‘z yugurtirib, Eronu Afg‘oniston O‘zbekistonga nafaqat jug‘rofiy, balki ruhan ham yaqin¸ degan fikrga bordim.

Assalom O‘zbekiston, Juma Muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
10 oktyabr 2016
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik ...
18 dekabr 2022
Avtobus ketib bormoqda. Birdan avtobus ichida chiroq o‘chadi. G‘ala g‘ovur. Voy svet o‘chdi. Batareya ham muzday. Qalbimiz bo‘ldi kuzday.
28 noyabr 2020
Afu et meniTaqlid qilolmadim, kechir, Vatanim –Tosh kabi bardoshli bo‘lolmadim hech.Sapchib turgan esam, aybsitma meni,Afu et, axir men o‘lolmadim ...
13 fevral 2018
Prezident Mirziyoev 13 fevral kuni Davlat bojxona qo‘mitasi raisi general Muidjon Tohiriyni ishdan olib, o‘rniga Murodjon Azimovni tayinladi. O‘zbekiston ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...