Asosiy mavzular
14 mart 2022

Toshkent rossiyaliklar panohgohiga aylanyapti

Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda minglab rossiyaliklar gala-gala bo‘lib Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan sanktsiyalardan qochib, O‘zbekiston poytaxtiga ko‘chib kela boshlaganlar. 11 martning o‘zida Toshkent aeroportiga Moskvadan 6 ta samolyot uchib kelgan. Rossiyaning turli mintaqalaridan Toshkent aeroportiga kecha ja'mi 12 parvoz bo‘lgan. Ko‘chib kelayotgan rossiyaliklarning aksari o‘ziga to‘q oilalardir. Ularning ko‘pi harbiy xizmat yoshidagi informatsion texnologiyalar mutaxassislari, o‘rtahol tadbirkorlar va pensiya yoshidagi qariyalardir.

Bunday ko‘cha-ko‘chlar Toshkentda yangi qurilgan uylar narxining ba'zi hollarda ikki baravarga ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Toshkent Sitida qimattligi uchun huvillab yotgan kvartiralar allaqachon sotib bo‘lingan. Metr kvadrati nisbatan arzon – 500 dollar bo‘lgan kvartiralar narxi birdan 1000 dollargacha qimmatlagan. Shunda ham maklerlarning qo‘li qo‘liga tegmayotir. Ba'zi puldor rossiyaliklar birato‘la bir necha kvartira sotib olmoqda.

Aftidan, sanktsiyalarga yuz tutgan Rossiyadan o‘z pulini olib chiqishning yo‘li – bu O‘zbekistonga o‘xshagan Rossiyaga dushman kayfiyatda bo‘lmagan, Rossiya fuqarolaridan viza talab qilmaydigan mamlakatlarga bo‘lyapti, deydi o‘zbekistonlik tahlilchilardan biri.

Toshkent mehmonxona va hattoki xostellarida ham joy yo‘qligi aytilmoqda.

Ko‘plab rossiyaliklar birato‘la yil oxirigacha kira haqi to‘lab arenda kvartiralarga joylashmoqda.

Tungi Toshkentda jomadonini sudrab borayotgan ruslarni ko‘rish odatiy holga aylandi, deydi poytaxtda taksistlik qiluvchilardan biri.

Toshkentdagi restoranlar ham mushtariylarga to‘lib toshgan. Ularning aksari rossiyaliklardir.

Ayni paytda, Rossiyadan kelgan mutaxassislar O‘zbekiston migratsiya organlarida iliq kutib olinmoqda. Ularga ko‘p hollarda bir kunning o‘zida mehnat vizasi va ishlash uchun ruxsatnomalar tayyorlab berilmoqda.

Tag‘in o‘qing
15 yanvar 2016
Bizga yetib kelgan xabarga ko‘ra 11 yanvar kuni ertalab Toshkentning Chilonzor tuman hokimligida TIIB shaxsiy tarkibi ishtirokida majlis o‘tkazilib, ...
2 avgust 2021
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, «Qumtor» ishi bo‘yicha tergov qidiruvida bo‘lgan Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akaev 2 ...
24 sentyabr 2024
Rossiyada koronovirus, O‘zbekistonda esa qizamiqning yangi turi tarqaldi, er zulmiga chiday olmagan xotin o‘zini osdi va bu 600 sekund. +++ ...
16 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Adabiy hayotim ba'zan zid qutblarda jarayon etdi. Xususan, 1977-1979 yillarda Moskvada boshdan kechirganlarim o‘zimni, insonlarni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...